1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.06 Urugʻchilik. Seleksiya. Tajriba xoʻjaliklari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
“Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 17-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1794-2]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 29-dekabrdagi PQ-2460-sonli “2016 — 2020-yillarda qishloq xoʻjaligini yanada rivojlantirish va isloh etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2008-yil 22-martdagi 41-sonli “Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1794, 2008-yil 17-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 16-son, 126-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. TEShAYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 12-fevral,
22-son
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2016-yil 12-fevraldagi 22-sonli buyrugʻiga ILOVA
“Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub boshoqli don ekinlari urugʻlarini yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”;
“1. Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub boshoqli don ekinlari urugʻlarini yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.”.
“Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub boshoqli don ekinlari urugʻlarini yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”;
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi hamda “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub boshoqli don ekinlari (bugʻdoy va arpa) urugʻlarini (bundan buyon matnda urugʻlik gʻalla deb yuritiladi) yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibini belgilaydi.”;
“Komissiya tarkibiga tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi (komissiya raisi), Fermerlar kengashi raisi, xizmat koʻrsatuvchi tegishli bank(lar) hamda irrigatsiya tizimi boshqarmasi rahbarlari, tumanda joylashgan “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi don mahsulotlari korxonasi rahbari (rahbar oʻrinbosari) yoki uning filiali rahbari, tuman “Davurugʻnazoratmarkaz” inspeksiyasi, oʻsimliklarni himoya qilish tuman otryadi, tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi hamda tuman “Davtexnazorat” inspeksiyasi vakillari, tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi hosiloti (agronomi) hamda boshqa tegishli korxona va tashkilotlar vakillari (rahbarlari) kelishuv asosida kiritilishi lozim.”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Komissiya kotibi etib, qoida tariqasida, tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi xodimi tayinlanadi.”;
g) 6-band quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Bunda tanlovda ishtirok etishni istagan xoʻjalikda urugʻlik gʻalla yetishtirish uchun ajratiladigan yer maydoni — suvli yerlarda 10 gektardan, lalmi yerlarda esa, 20 gektardan kam boʻlmasligi lozim (tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi maʼlumotnomasiga asosan aniqlanadi).”;
“17. Birinchi bosqichda tanlovda ishtirok etuvchilarning arizalari toʻliqligi va mazmuni jihatidan tekshirilgandan soʻng, ikkinchi bosqichda talabgorlarning imkoniyatlari asoslanganligi oʻrganib chiqilib, reyting ballari qoʻyiladi va yakuniy qaror qabul qilinadi.
Tanlovda ishtirok etuvchilarni tanlashning ikkinchi bosqichi quyidagi koʻrsatkichlar asosida baholanadi:
a) xoʻjaliklar yer maydonining tuproq unumdorligi — tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi maʼlumotnomasiga asosan 4 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumotnomaning asli taqdim etiladi;
b) xoʻjaliklarning (suvli yerlaridagi) oqar suv taʼminoti — irrigatsiya tizimi boshqarmasi maʼlumotnomasiga asosan 0 balldan 10 ballgacha baholanadi (lalmi yerlar bundan mustasno). Bunda komissiyaga maʼlumotnomaning asli taqdim etiladi;
v) xoʻjaliklarning suvli yer maydoni tuprogʻining shoʻrlanganlik darajasi — tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi maʼlumotnomasiga asosan 0 balldan 10 ballgacha baholanadi (lalmi yerlar bundan mustasno). Bunda komissiyaga maʼlumotnomaning asli taqdim etiladi;
g) xoʻjaliklarning suvli yer maydoni tuprogʻi tarkibidagi fosfor, kaliy va gumusning miqdori — tuproq tarkibidagi fosfor, kaliy va gumusning mavjud miqdorini tasdiqlovchi maʼlumotga (agrokimyoviy xaritanomaga) asosan 0 balldan 5 ballgacha baholanadi (lalmi yerlar bundan mustasno). Bunda komissiyaga maʼlumotnomaning (agrokimyoviy xaritanomaning) asli yoki xoʻjalik rahbari tomonidan tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi;
d) soʻnggi 3 yil ichida gʻalla maydonlari kasalliklarga chalinmaganligi va zararkunandalar bilan zararlanmaganligi, shuningdek begona oʻtlar tarqalmaganligi — tuman oʻsimliklarni himoya qilish otryadi maʼlumotnomasiga asosan 0 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumotnomaning asli taqdim etiladi;
e) xoʻjalik rahbarining mutaxassisligi va maʼlumoti — maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatga asosan 4 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning asli koʻrsatilgan holda uning xoʻjalik rahbari tomonidan tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi.
Xoʻjalik rahbari bir nechta mutaxassislikka va maʼlumotga ega boʻlsa, uning mutaxassisligi va maʼlumoti uchun qoʻyiladigan balllarning nisbatan yuqorirogʻi inobatga olinadi;
j) xoʻjalik rahbarining qishloq xoʻjaligi sohasidagi ish staji (faqat urugʻchilik sohasidagi ish staji inobatga olinadi) — mehnat daftarchasiga asosan 2 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga mehnat daftarchasining asli koʻrsatilgan holda uning xoʻjalik rahbari tomonidan tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi;
z) talabgorning bank hisobvaragʻida majburiyatlardan holi boʻlgan pul mablagʻlari mavjudligi — bank tomonidan berilgan maʼlumotnoma (bank rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan imzolangan va bank muhri bilan tasdiqlangan) asosida 4 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumotnomaning asli taqdim etiladi;
i) talabgorning texnika vositalari bilan taʼminlanganligi (ularning turi va texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib) — texnika vositalari texnik pasportlari va “Davtexnazorat” inspeksiyasi maʼlumotnomasiga asosan 0 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga texnika vositalari texnik pasport (lar)ining asli koʻrsatilgan holda u (lar)ning xoʻjalik rahbari tomonidan tasdiqlangan nusxasi va “Davtexnazorat” inspeksiyasi maʼlumotnomasining asli taqdim etiladi.
Texnika vositalarini baholashda texnik pasportda texnika vositasining sozligini tasdiqlovchi belgi mavjud boʻlgan texnika vositalari inobatga olinadi.
Texnika vositalarini baholashda ular uchun qoʻyilgan ballar yigʻindisi 10 balldan oshmasligi lozim;
k) talabgor tomonidan soʻnggi 3 yil ichida gʻalla sotish boʻyicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarining bajarilganligi — shartnoma tuzgan korxonasi tomonidan berilgan maʼlumotnoma asosida 4 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumotnomaning asli taqdim etiladi.
Talabgorning har bir koʻrsatkichi boʻyicha tegishli ballni berish masalasi komissiya aʼzolari tomonidan suvli va lalmi yerlar uchun mazkur Nizomning tegishlicha 2 va 3-ilovalarida nazarda tutilgan koʻrsatkichlar asosida koʻpchilik ovoz bilan hal etiladi va har bir koʻrsatkich boʻyicha bitta ball beriladi.
Suvli va lalmi yerlar boʻyicha toʻplangan ballarni qoʻshib hisoblash taqiqlanadi.”;
“21. Komissiyaning yakuniy yigʻilishi bayoni va unga ilova qilingan hujjatlar tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga va viloyatlar qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalariga hamda Boshoqli don ekinlari urugʻchiligi respublika markazining hududiy boʻlimlariga yuboriladi.
22. Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun talabgorlarni tanlash va tanlov oʻtkazish boʻyicha hujjatlar komissiya kotibi tomonidan yuritiladi.
23. Komissiyaning talabgorlarni tanlash va tanlov oʻtkazish bilan bogʻliq barcha hujjatlari alohida yigʻmajildlarda saqlanadi. Mazkur hujjatlar urugʻchilik xoʻjaliklarining barchasi roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng 2 hafta mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga va viloyatlar qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari arxiviga, Boshoqli don ekinlari urugʻchiligi respublika markazining hududiy boʻlimlariga topshiriladi.
24. Har bir yigʻmajildda quyidagi hujjatlar tikilishi lozim:
a) tuman hokimining tanlov oʻtkazish komissiyasi tarkibini tasdiqlash va tanlovni eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qarori nusxasi;
b) tanlovga talabgor tomonidan taqdim etilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar;
v) har bir komissiya aʼzosi tomonidan toʻldirilgan tanlov varaqalari;
g) tanlov yakuni boʻyicha qoʻyilgan ballar hisob-kitobi;
d) tanlov oʻtkazish yakunlari boʻyicha komissiyaning bayonnomalari;
e) talabgorlarni tanlash va tanlov oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa hujjatlar.
Yigʻmajildga reyting ballarini berish uchun asos boʻlgan barcha hujjatlar tikilishi shart.”;
oʻn ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“xoʻjalikda urugʻchilik boʻyicha agronom yoki agronomning boʻlishini taʼminlaydi (xoʻjalik rahbarining mutaxassisligi (maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatga asosan) urugʻchilik boʻyicha agronom yoki agronom boʻlgan hollar bundan mustasno);”;
“foydalanishga ruxsat etilgan kimyoviy preparatlar bilan qayta ishlangan (zararsizlantirilgan) urugʻlik donni ekadi;
yiliga kamida ikki marta nav va tur tozaligi boʻyicha dala koʻrigini oʻtkazib, begona nav va turlardan tozalash ishlarini tashkillashtiradi.”;
z) 1 va 4-ilovalarning belgisidagi “urugʻlik gʻalla” degan soʻzlar “boshoqli don ekinlari urugʻlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin:
i) 2 va 3-ilovalar tegishlicha mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
3. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va Oʻzbekiston Fermerlar Kengashi bilan kelishilgan.
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
2016-yil 11-fevral
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi S. ARABOV
2016-yil 2-fevral
“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi E. QUDRATOV
2016-yil 3-fevral
Oʻzbekiston Fermerlar kengashi raisi S. TURDIYEV
2016-yil 3-fevral
“Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 1-ILOVA
“Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub boshoqli don ekinlari urugʻlarini yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlashda talabgorlarning suvli yerlari boʻyicha imkoniyatlarini baholaydigan
REYTING BALLARI
T/r
Baholanadigan imkoniyatlar (holatlar)
Reyting koʻrsatkichlari
Reyting ballar
Asoslash uchun taqdim etilgan hujjat(lar)
1.
Tuproq unumdorligi
(bonitet ball)
60 ball
va undan yuqori
10 ball
Tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi maʼlumotnomasi
50 balldan
60 ballgacha
8 ball
40 baldan
50 ballgacha
4 ball
2.
Oqar suv taʼminoti
yaxshi
10 ball
Irrigatsiya tizimi boshqarmasi maʼlumotnomasi
oʻrtacha
5 ball
yomon
0 ball
3.
Tuprogʻining shoʻrlanganlik darajasi (foizda)
shoʻrlanmagan
10 ball
Tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi maʼlumotnomasi
kam shoʻrlangan (0,3 — 0,5)
6 ball
oʻrtacha shoʻrlangan (0,6 — 1,0)
4 ball
kuchli shoʻrlangan (1 dan yuqori)
0 ball
4.
Tuprogʻi tarkibidagi fosforning miqdori
(mg / 1 kg)
juda koʻp
(60 va undan koʻp)
5 ball
Tuproq tarkibidagi fosforning mavjud miqdorini tasdiqlovchi maʼlumotnoma
(agrokimyoviy xaritanoma)
koʻp
(46-60)
4 ball
oʻrtacha
(31-45)
3 ball
kam
(16-30)
2 ball
juda kam
(0-15)
0 ball
5.
Tuprogʻi tarkibidagi kaliyning miqdori
(mg / 1 kg)
juda koʻp
(400 va undan koʻp)
5 ball
Tuproq tarkibidagi kaliyning mavjud miqdorini tasdiqlovchi maʼlumotnoma
(agrokimyoviy xaritanoma)
koʻp
(301-400)
4 ball
oʻrtacha
(201-300)
3 ball
kam
(101-200)
2 ball
juda kam
(0-100)
0 ball
6.
Tuprogʻi tarkibidagi gumusning miqdori
(foizda)
juda koʻp
(1.61 va undan koʻp)
5 ball
Tuproq tarkibidagi gumusning mavjud miqdorini tasdiqlovchi maʼlumotnoma
(agrokimyoviy xaritanoma)
koʻp
(1.21-.160)
4 ball
oʻrtacha
(0.81-1.20)
3 ball
kam
(0.41-0.80)
2 ball
juda kam
(0-0.40)
0 ball
7.
Soʻnggi 3 yil ichida gʻalla maydonlari kasalliklarga chalinmaganligi va zararkunandalar bilan zararlanmaganligi,
shuningdek ularda begona oʻtlar tarqalmaganligi
soʻnggi 3 yilda kuzatilmagan
10 ball
Tuman oʻsimliklarni himoya qilish otryadi maʼlumotnomasi
soʻnggi 2 yilda kuzatilmagan
5 ball
soʻnggi 1 yil davomida kuzatilgan
1 ball
soʻnggi 3 yil davomida kuzatilgan
0 ball
8.
Xoʻjalik rahbarining mutaxassisligi
urugʻchilik boʻyicha agronom
10 ball
Maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjat
agronom
9 ball
iqtisodchi
8 ball
huquqshunos
7 ball
injener, hisobchi
5 ball
mexanik, zootexnik, veterinar va boshqa mutaxassislar
4 ball
9.
Xoʻjalik rahbarining maʼlumoti
oliy
10 ball
Maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjat
oʻrta maxsus
5 ball
10.
Xoʻjalik rahbarining qishloq xoʻjaligi sohasidagi ish staji
15 yil
va undan yuqori
10 ball
Mehnat daftarchasi
10 yildan
15 yilgacha
8 ball
5 yildan
10 yilgacha
6 ball
3 yildan
5 yilgacha
4 ball
1 yildan
3 yilgacha
2 ball
11.
Talabgorning bank hisobvaragʻidagi majburiyatlardan holi boʻlgan pul mablagʻlari
eng kam ish haqining
200 barobari
va undan yuqori miqdorda
10 ball
Bank tomonidan berilgan maʼlumotnoma
eng kam ish haqining
150 barobaridan 200 barobarigacha miqdorda
8 ball
eng kam ish haqining
100 barobaridan 150 barobarigacha miqdorda
6 ball
eng kam ish haqining
100 barobaridan kam boʻlsa
4 ball
12.
Talabgorning texnika vositalari bilan taʼminlanganligi
haydov traktori
2 ball
Texnika vositalari texnik pasporti, “Davtexnazorat” inspeksiyasi maʼlumotnomasi
gʻalla ekish seyalka (moslamasi)
2 ball
transport traktori
(OVX-600)
(2 ta tirkama bilan)
2 ball
er tekislagich, greyder, chizel
(mola, borona komplektda)
2 ball
gʻalla oʻrish kombayni
2 ball
13.
Soʻnggi 3 yil ichida gʻalla sotish boʻyicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarining bajarilganligi
soʻnggi 3 yil
ichida bajargan
10 ball
Shartnoma tuzilgan korxona tomonidan berilgan maʼlumotnoma
soʻnggi 2 yil
ichida bajargan
6 ball
soʻnggi 1 yil
ichida bajargan
2 ball
”.
“Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 2-ILOVA
“Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub boshoqli don ekinlari urugʻlarini yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlashda talabgorlarning lalmi yerlari boʻyicha imkoniyatlarini baholaydigan
REYTING BALLARI
T/r
Baholanadigan imkoniyatlar (holatlar)
Reyting koʻrsatkichlari
Reyting ballar
Asoslash uchun taqdim etilgan hujjat(lar)
1.
Tuproq unumdorligi
(bonitet ball)
40 ball
va undan yuqori
10 ball
Tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi maʼlumotnomasi
30 balldan
40 ballgacha
8 ball
20 balldan
30 ballgacha
4 ball
2.
Xoʻjalik rahbarining mutaxassisligi
urugʻchilik boʻyicha agronom
10 ball
Maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjat
agronom
9 ball
iqtisodchi
8 ball
huquqshunos
7 ball
injener, hisobchi
5 ball
mexanik, zootexnik, veterinar va boshqa mutaxassislar
4 ball
3.
Xoʻjalik rahbarining maʼlumoti
oliy
10 ball
Maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjat
oʻrta maxsus
5 ball
4.
Xoʻjalik rahbarining qishloq xoʻjaligi sohasidagi ish staji
15 yil
va undan yuqori
10 ball
Mehnat daftarchasi
10 yildan
15 yilgacha
8 ball
5 yildan
10 yilgacha
6 ball
3 yildan
5 yilgacha
4 ball
1 yildan
3 yilgacha
2 ball
5.
Talabgorning bank hisobvaragʻidagi majburiyatlardan holi boʻlgan pul mablagʻlari
eng kam ish haqining
150 barobari
va undan yuqori miqdorda
10 ball
Bank tomonidan berilgan maʼlumotnoma
eng kam ish haqining
100 barobaridan 150 barobarigacha miqdorda
8 ball
eng kam ish haqining
50 barobaridan 100 barobarigacha miqdorda
6 ball
eng kam ish haqining
50 barobaridan kam boʻlsa
4 ball
6.
Talabgorning texnika vositalari bilan taʼminlanganligi
haydov traktori
2 ball
Texnika vositalari texnik pasporti, “Davtexnazorat” inspeksiyasi maʼlumotnomasi
gʻalla ekish seyalka (moslamasi)
2 ball
transport traktori
(OVX-600)
(2 ta tirkama bilan)
2 ball
er tekislagich, greyder, chizel
(mola, borona komplektda)
2 ball
gʻalla oʻrish kombayni
2 ball
7.
Soʻnggi 3 yil ichida gʻalla sotish boʻyicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarining bajarilganligi
soʻnggi 3 yil
ichida bajargan
10 ball
Shartnoma tuzilgan korxona tomonidan berilgan maʼlumotnoma
soʻnggi 2 yil
ichida bajargan
6 ball
soʻnggi 1 yil
ichida bajargan
2 ball
”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 7-son, 70-modda)