1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.02 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 40-bandiga qoʻshimchalar kiritish haqida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-sonli “Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulkning iqtisodiyotdagi ulushi va ahamiyatini koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-apreldagi PQ-2340-son qaroriga muvofiq, shuningdek mulkning ayrim turlariga mulk huquqini rasmiylashtirish masalalarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 1-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 1-son, 1-modda) bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 40-bandiga quyidagi mazmundagi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“Korxonaga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi order asosida mazkur xususiylashtirilgan korxonaning quyidagi koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqi (qonunga muvofiq xususiylashtirilmaydigan obyektlar bundan mustasno) davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi:
xususiylashtirilgan korxonalardagi davlat mulkini xususiylashtirishda aniqlanmagan koʻchmas mulk;
xususiylashtirishda tasarruf etish huquqisiz foydalanishga berilgan, korxona hududida joylashgan koʻchmas mulk”.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlarining normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — Moliya vaziri R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 11-yanvar,
6-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 2-son, 13-modda)