toggle_night_mode
Hujjat 11.01.2016 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzurida Taʼlim muassasalarida elektron taʼlimni joriy etish markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2012-yil 25-iyuldagi 228-son qaroriga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 27-iyundagi PQ-1989-son qarorini bajarish yuzasidan, oliy taʼlim muassasalarida “Elektron taʼlim” milliy tarmogʻi faoliyatini takomillashtirish va boshqarish, shuningdek axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada faol joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzurida Taʼlim muassasalarida elektron taʼlimni joriy etish markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2012-yil 25-iyuldagi 228-son qaroriga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.Y. Xodiyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 6-yanvar,
4-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 6-yanvardagi 4-son qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzurida Taʼlim muassasalarida elektron taʼlimni joriy etish markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2012-yil 25-iyuldagi 228-son qaroriga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. 2-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
“Taʼlim” axborot tizimlari majmuasining oliy taʼlim qismini ishlab chiqish, joriy etish va qoʻllab-quvvatlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining rasmiy veb-saytini takomillashtirish”.
2. 5-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Markazni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy taʼlim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazining Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo koʻchasi, 3-uy manzilidagi binosiga ijara toʻlovisiz joylashtirsin”.
3. Ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Taʼlim muassasalarida elektron taʼlimni joriy etish markazining
TUZILMASI
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 1-son, 6-modda)