1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3671-son qarori, “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Qishloq xoʻjaligida bozor islohotlarini chuqurlashtirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni hamda yer va suvdan foydalanishning yangi tizimlarini joriy etish, qishloq va suv xoʻjaligi viloyat va tuman boshqaruv organlarining rolini va masʼuliyatini oshirish, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 15-noyabrdagi 443-son qarorini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati tuzilmasi hamda xodimlarning 210 nafardan iborat (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) cheklangan soni 1 va 1a-ilovalarga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan faoliyati muvofiqlashtiriladigan tashkilotlar va korxonalar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda qishloq va suv xoʻjaligi viloyat va tuman boshqarmalarining namunaviy tuzilmalari 3, 4, 5 va 5a-ilovalarga muvofiq;
Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi va Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi tuzilmasi 6 va 7-ilovalarga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tizimiga kiruvchi davlat korxonalarini mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish jadvali 8-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 8-ilova berilmaydi.
2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
qishloq xoʻjaligida dehqonchilik, suvdan foydalanish va agrotexnologiyalarning ilgʻor tizimlarini chuqur oʻrganishga va joriy etishga asoslangan yagona texnika siyosatini amalga oshirish;
qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish va ular amalga oshirilishining, qishloqda mulkchilik va xoʻjalik yuritish turli shakllarini rivojlantirishning, ijara va xoʻjalik ichki pudrat munosabatlarining monitoringini olib borish;
dehqonchilik va chorvachilik uchun dehqonchilikning yangi tizimlari, yuqori samarali agrotexnologiyalar, qishloq xoʻjaligi texnikasining zamonaviy turlari joriy etilishini taʼminlash;
jahon va ichki bozorlar konyunkturasini hisobga olgan holda ekin maydonlari tarkibini takomillashtirish, seleksiya, urugʻchilik va qishloq xoʻjaligi ekinlarini navlar boʻyicha joylashtirish ishlarini tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, doimiy monitoringni amalga oshirish va ularga rioya etilishini nazorat qilish;
naslchilik ishlarini tashkil etish, chorvachilikda veterinariya xizmatlari va boshqa servis xizmatlari tizimini rivojlantirish;
suv resurslari muhofaza qilinishini va ulardan oqilona foydalanilishini taʼminlash, davlat suv kadastrini yuritish, suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanishni tashkil etish, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
oʻrmon fondi kengaytirilishini va undan oqilona foydalanilishini taʼminlash, oʻrmon haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish;
seleksiya, urugʻchilik, naslchilik va ilgʻor texnologiyalar sohasida xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganishni hisobga olgan holda ilmiy-tadqiqot ishlarini va eksperimental ishlarni muvofiqlashtirish;
qishloq xoʻjaligi uchun mutaxassislarni oʻqitish, tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari zimmasiga:
qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligi va ularni navlar boʻyicha joylashtirishni tashkil etish, ekinlarning oqilona tarkibini va muayyan tuproq-iqlim sharoitlariga mos keladigan yangi agrotexnologiyalarni joriy etish;
qishloqda iqtisodiy islohotlar joriy etilishini tashkil etish va ularning amalga oshirilishi monitoringini olib borish, qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining huquqlari va mustaqilligi kengaytirilishiga koʻmaklashish;
chorvachilik samaradorligini oshirish va ozuqa ishlab chiqarishni rivojlantirish ishlarini tashkil etish;
gidrotexnika inshootlari, kanallar, suv omborlari va nasos stansiyalaridan foydalanish, melioratsiya va irrigatsiya ishlarini bajarish, suvdan oqilona foydalanish va tuproq unumdorligini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
qishloqda bozor va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish yuklansin.
4. Tugatilayotgan yoki boshqa idoralarga berilayotgan hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tarkibidan chiqarilayotgan tashkilotlar va korxonalar roʻyxatiga 9-ilovaga muvofiq rozilik berilsin.
* 9-ilova berilmaydi.
5. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining:
Oʻzbekiston Veterinariya sanitariyasi va akaralogiya ilmiy-tadqiqot institutini Markaz ixtiyoriga berish;
ilmiy-tadqiqot muassasalarining hududiy boʻlinmalarini (filiallar, tajriba stansiyalari, tayanch punktlar, tajriba xoʻjaliklari va boshqalar) Markazning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻlimlari ixtiyoriga berish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin. Belgilansinki, koʻrsatib oʻtilgan boʻlinmalar seleksiya, texnologiya va agrotexnika tadqiqotlarini oʻtkazish uchun tajriba maydoni boʻlib xizmat qiladi, yuridik jihatdan mustaqil hisoblanadi hamda ilmiy-metodik ishlar yuzasidan boʻlimlarga hisobot beradi.
6. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilinadigan qarorlari yer va suvdan foydalanish turlaridan, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tashkil etish shakllaridan qatʼi nazar, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, korxonalar va muassasalar, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga vazirning uch nafar oʻrinbosari, shu jumladan ikki nafar birinchi oʻrinbosari boʻlishiga ruxsat etilsin, ulardan biri Suv xoʻjaligi departamentining boshligʻi hisoblanadi.
Belgilansinki, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining bosh direktori va Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga koʻra vazir oʻrinbosarlari hisoblanadilar, Suv xoʻjaligi departamenti boshligʻining oʻrinbosari esa ijtimoiy va maishiy xizmat koʻrsatilishi darajasi boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hayʼatining tarkibi 15 kishidan iborat etib belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziriga zarurat boʻlganda markaziy apparat tuzilmasiga xodimlarning shtatdagi soni va ish haqi fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Viloyatlar va tumanlar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari viloyatlar va tumanlar qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari boshliqlari hisoblanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi va Suv xoʻjaligi departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-martdagi 160-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi, Suv xoʻjaligi departamenti, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori.
qishloq va suv xoʻjaligi viloyat va tuman boshqarmalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin, ularni joylarga yetkazsin va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda tumanlar hokimliklari bilan birgalikda ularning tuzilmalarini mazkur qarorga muvofiqlashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I. H. Joʻrabekov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari T. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.
2001-yil 17-yanvar
32-son
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 17-yanvardagi 32-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining markaziy apparati tuzilmasi
Investitsiyalar va suv xoʻjaligi kompleksini moliyaviy taʼminlash boshqarmasi
11
Suv xoʻjaligi kompleksi infratuzilmasini tashkil etishni takomillashtirish boshqarmasi
9
Suv xoʻjaligida taʼmirlash — qurish ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish boshqarmasi
10
Loyihalarni ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi
7
Suv xoʻjaligi departamenti boʻyicha jami:
75
Kotibiyat
2
Axborot-taxlil boshqarmasi
4
Kadrlar va oʻquv yurtlari boshqarmasi
11
Yuridik boshqarma
4
Maxsus boʻlim
4
Xalqaro aloqalar boshqarmasi
5
Ishlar boshqarmasi
12
Nazorat inspeksiyasi
3
Matbuot xizmati
2
Hammasi:
210 kishi
* Izoh: Suv xoʻjalik departamenti boshligʻiga, Suv xoʻjaligi departamenti boshligʻi oʻrinbosariga va xodimlariga (26 kishi) ish haqi budjet mablagʻlari hisobiga toʻlanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-martdagi 160-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 6-son, 35-modda; )
9. “Elitanasl” IIB huzuridagi Respublika chorvadorlar ilgʻor tajriba maktabi
10. Veterinariya bosh davlat boshqarmasi va uning boʻlinmalari
11. Respublika mehnat boʻyicha normativ-tadqiqot stansiyasi
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar suv xoʻjaligidan foydalanish tashkilotlari
13. “Oʻzsuvnazorat” respublika suv inspeksiyasi
14. “Oʻzsuvtaʼmirfoydalanish” respublika birlashmasi
15. Markaziy texnologiya va dispetcherlik xizmati
16. Respublika suv xoʻjaligi kengashi (Irrigatsiya va drenaj boʻyicha milliy qoʻmita)
17. Suv xoʻjaligini muvofiqlashtirish davlatlararo komissiyasining ilmiy-axborot markazi
18. Respublika bogʻbonlar maktabi
19. Toshkent Davlat agrar universiteti
20. Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti
21. Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti
22. Andijon qishloq xoʻjaligi instituti
23. Litseylar
24. Toshkent Davlat agrar universiteti huzuridagi gimnaziya
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 17-yanvardagi 32-son qaroriga 10-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1996-yil 26-noyabrdagi 419-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 11-son, 33-modda) 2-bandining uchinchi xatboshi, 8 va 18-bandlari.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyatini tashkil etish masalalari” haqida 1997-yil 12-martdagi 136-son qarori 1-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1996-yil 26-noyabrdagi 419-son va “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyatini tashkil etish masalalari” haqida 1997-yil 12-martdagi 136-son qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1997-yil 4-noyabrdagi 502-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hayʼati aʼzolarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1999-yil 4-maydagi 215-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2000-yil 20-martdagi 98-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 3-son, 13-modda) 2-bandining ikkinchi xatboshi, shuningdek mazkur qarorga 3-ilova.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2000-yil 20-martdagi 98-son qaroriga 1-ilovaga qoʻshimchalar kiritish haqida” 2000-yil 16-maydagi 191-son qarori.