1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining
buyrugʻi
Transfer-agent faoliyati toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 23-dekabrda 1872-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2008-yil 28-oktabrdagi 2008-29-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1872, 2008-yil 21-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 47-son, 469-modda) bilan tasdiqlangan Transfer-agent faoliyati toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bosh direktor B. ATAXANOV
Toshkent sh.,
2015-yil 2-dekabr,
2015-21-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2015-yil 2-dekabrdagi 2015-21-son buyrugʻiga ILOVA
Transfer-agent faoliyati toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, transfer-agent faoliyatini yuritish tartibini belgilaydi.”.
“Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi (Markaziy depozitariy) — depo hisobvaraqlari boʻyicha emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni saqlashning, bunday qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olishning va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar harakatining yagona tizimini taʼminlovchi davlat depozitariysi;”.
uchinchi xatboshidagi “tegishli depozitariyga” degan soʻzlar “Markaziy depozitariy yoki investitsiya vositachisiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “depozitariyga” degan soʻz “Markaziy depozitariy yoki investitsiya vositachisiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“shartnomani tuzish uchun, shartnomaga taalluqli boʻlgan, shuningdek investor ega boʻlgan qimmatli qogʻozlarni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni Markaziy depozitariyga yoki investitsiya vositachisiga taqdim etish;”.
5. 12-banddagi “depozitariylar” degan soʻz “Markaziy depozitariy va investitsiya vositachilari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 13-banddan “depozitariylarga” degan soʻz chiqarib tashlansin.
“Transfer-agent investor yoki qimmatli qogʻozlar egasining oldida yetkazilgan zararlar doirasida qonun hujjatlariga muvofiq quyidagilar uchun mulkiy javobgar boʻladi:”;
“qimmatli qogʻozlar bozorida hiyla-nayrang ishlatganlik va insayder axborotdan foydalanganlikning sud tomonidan aniqlangan faktlari uchun, shuningdek qimmatli qogʻozlar, qimmatli qogʻozlarning emitentlari, qimmatli qogʻozlarga doir narxlar toʻgʻrisida qasddan buzib koʻrsatilgan axborot taqdim etish, shu jumladan reklamada shunday axborot taqdim etish orqali investorni yoki qimmatli qogʻozlar egasini qimmatli qogʻozlarni sotib olishga yoki sotishga undaganlik uchun;
investorlar yoki qimmatli qogʻozlarning egalari bilan tuzilgan shartnomalar shartlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik, shuningdek investor yoki qimmatli qogʻozlarning egasi bilan tuzilgan shartnomada kelishilganidan farq qiladigan shartlar asosida bitim tuzganlik uchun.”.
“28. Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun transfer-agentga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralari qoʻllaniladi.”.
9. 29-bandning birinchi xatboshisidagi “Qimmatli qogʻozlar” degan soʻzlar “Qimmatli qogʻozlar bozori” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.