1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.01.00.00 Moliyaviy tizimning umumiy qoidalari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.01.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan choralar;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.10.00 Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash]
[TSZ:
1.Moliya / Umumiy masalalar;
2.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Terrorizm va diniy ekstremizm bilan kurash]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA VA TERRORIZMNI MOLIYALASHTIRISHGA QARSHI KURASHISH TOʻGʻRISIDA
Ushbu Qonunning maqsadi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.01.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan choralar]
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar — jinoyat sodir etish natijasida olingan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk, shuningdek bunday mol-mulkdan foydalanish orqali olingan har qanday foyda yoki naf, xuddi shuningdek toʻliq yoki qisman boshqa mol-mulkka aylantirilgan yoxud oʻzgartirilgan yoki qonuniy manbalar hisobidan olingan mol-mulkka qoʻshilgan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish — mulk (pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk) jinoiy faoliyat natijasida topilgan boʻlsa, uni oʻtkazish, mulkka aylantirish yoxud almashtirish yoʻli bilan uning kelib chiqishiga qonuniy tus berishdan, shuningdek bunday pul mablagʻlarining yoki boshqa mol-mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, koʻchirish usulini, pul mablagʻlariga yoki boshqa mol-mulkka boʻlgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki ularning kimga qarashliligini yashirishdan yoxud sir saqlashdan iborat boʻlgan, jinoiy jazolanadigan ijtimoiy xavfli qilmish;
pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻxtatib qoʻyish — pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni oʻtkazishni, konversiyalashni, tasarruf etishni yoxud koʻchirishni taqiqlash;
operatsiyalarni toʻxtatib turish — mijozning pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni koʻchirish, konversiyalash, oʻzga shaxslarga egalik qilish va foydalanish uchun berish, shuningdek yuridik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi topshiriqnomalari ijrosini toʻxtatib turish;
terrorizmni moliyalashtirish — terrorchilik tashkilotining mavjud boʻlishini, faoliyat koʻrsatishini, moliyalashtirilishini, terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishni yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishni taʼminlashga, terrorchilik harakatini tayyorlash va sodir etishga, terrorchilik tashkilotlariga yoxud terrorchilik faoliyatiga koʻmaklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablagʻ-vositalarni, resurslarni berishga yoki yigʻishga, boshqa xizmatlar koʻrsatishga qaratilgan, jinoiy jazolanadigan ijtimoiy xavfli qilmish.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 1553-moddasi.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlarga quyidagilar kiradi:
maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat;
(4-moddaning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 22-apreldagi OʻRQ-212-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 210-modda)
mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar;
(4-moddaning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 22-apreldagi OʻRQ-212-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 210-modda)
5-modda. Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.02.00 Pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar va ularni amalga oshirayotgan tashkilotlar]
Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat — pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar taqdim etadigan axborotni tekshirish va ushbu Qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish boʻyicha maxsus vakolatli davlat organi tomonidan qabul qilinadigan chora-tadbirlar majmui.
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 22-apreldagi OʻRQ-212-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 210-modda)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.01.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan choralar]
Ichki nazorat pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni aniqlashga doir faoliyatidir.
Ichki nazorat amalga oshirilayotganda zarur axborotni rasmiylashtirish, uning maxfiyligini taʼminlash tartibi, kadrlarni tayyorlash va oʻqitishga doir malaka talablari, shuningdek maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni aniqlash mezonlari va ularning alomatlari belgilanadi.
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun ichki nazorat qoidalari tegishli nazorat qiluvchi, litsenziyalovchi va roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar tomonidan maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda, bunday organlar boʻlmagan holda esa, maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi;
Ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat mazkur qoidalarni tasdiqlagan organlar, shuningdek maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
(6-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 22-apreldagi OʻRQ-212-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 210-modda)
7-modda. Mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.02.00 Pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar va ularni amalga oshirayotgan tashkilotlar]
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar:
ichki nazorat qoidalarida belgilangan hollarda xoʻjalik, fuqaroviy huquqiy munosabatlar aniqlanganda;
ichki nazorat qoidalarida belgilangan hollarda pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq bir martalik operatsiyalar amalga oshirilganda;
shubhali operatsiyalar amalga oshirilganda;
mijozning shaxsi toʻgʻrisida avval olingan maʼlumotlarning toʻgʻriligiga nisbatan shubhalar mavjud boʻlganda, mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha mustaqil chora-tadbirlar koʻrishlari shart.
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha koʻriladigan chora-tadbirlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi shart:
tegishli hujjatlar asosida mijozning va qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirishni;
taʼsis hujjatlari asosida mulk va boshqaruv tuzilishini oʻrganish orqali mulkdorni yoki yuridik shaxs boʻlgan mijozni nazorat qiluvchi shaxsni identifikatsiyalashni;
mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida, doimiy asosda oʻrganishni.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 22-apreldagi OʻRQ-212-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 210-modda)
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan maxsus vakolatli davlat organi pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar oʻtkazilishi ustidan ushbu Qonunda belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi.
9-modda. Maxsus vakolatli davlat organining vakolatlari
Maxsus vakolatli davlat organi:
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi organlarning ishini muvofiqlashtiradi;
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha ushbu Qonunga muvofiq ravishda olinadigan axborotlar tahlil qilinishini amalga oshiradi;
yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga aloqador pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar haqidagi materiallarni jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi tegishli organlarga yuboradi;
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni, agar bunday operatsiyalar toʻgʻrisidagi oʻzi olgan xabar tekshirish natijalariga koʻra asosli deb topilgan boʻlsa, ikki ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish haqida koʻrsatmalar yoʻllaydi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborotni, shu jumladan avtomatlashtirilgan axborot, maʼlumotnoma tizimlaridan hamda maʼlumotlar bazalaridan soʻraydi va bepul oladi;
(9-moddaning toʻrtinchi—oltinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 22-apreldagi OʻRQ-212-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 210-modda)
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
10-modda. Maxsus vakolatli davlat organi qarorlarining majburiyligi
Maxsus vakolatli davlat organining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalariga doir qarorlari vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir.
III. PUL MABLAGʻLARI YOKI BOSHQA MOL-MULK BILAN BOGʻLIQ OPERATSIYALAR VA ULARNI AMALGA OSHIRUVCHI TASHKILOTLAR
11-modda. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.02.00 Pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar va ularni amalga oshirayotgan tashkilotlar]
Yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkka nisbatan oʻz mulkiy huquqlari va majburiyatlarini belgilashga, oʻzgartirish yoxud tugatishga qaratilgan harakatlari pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalardir.
12-modda. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.02.00 Pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar va ularni amalga oshirayotgan tashkilotlar]
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar quyidagilardir:
pul oʻtkazmalari, toʻlovlar va hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi tashkilotlar;
lombardlar;
lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni oʻtkazuvchi tashkilotlar;
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar;
koʻchmas mol-mulkning oldi-sotdisi bilan bogʻliq operatsiyalarda xizmatlar koʻrsatuvchi va ishtirok etuvchi shaxslar;
mijozlar nomidan bitimlar tayyorlash va ularni amalga oshirishda notarial idoralar (notariuslar), advokatlik tuzilmalari (advokatlar) hamda auditorlik tashkilotlari;
13-modda. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq, maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.03.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan axborot]
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan ichki nazoratni oʻtkazish davomida shubhali deb topilgan sodir etilayotgan va tayyorlanayotgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi kerak.
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq, tayyorlash, sodir etish jarayonida boʻlgan yoki sodir etib boʻlingan, ichki nazorat qoidalarida belgilangan mezonlar va belgilarga muvofiq jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi toʻgʻrisida shubha paydo boʻlgan operatsiya shubhali operatsiya, deb topiladi.
Agar pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxs boʻlsa, bunday operatsiyalar ham maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi kerak.
14-modda. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq, alohida hollarda maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.02.00 Pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar va ularni amalga oshirayotgan tashkilotlar]
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar, shu operatsiyalarning taraflaridan biri:
terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori boʻlgan yoxud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoki amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs ekanligi haqida belgilangan tartibda olingan axborot mavjud boʻlsa, ushbu Qonunga muvofiq maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi va toʻxtatib turilishi kerak.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.02.00 Pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar va ularni amalga oshirayotgan tashkilotlar]
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar:
ichki nazorat tizimlarini tashkil qilishi va joriy etishi;
identifikatsiyalash tartib-taomillarini amalga oshirishi va mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrishi, shu jumladan mijoz va uning mulkdorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni verifikatsiyalashi hamda muntazam yangilab borishi;
mulkdorlar va mijozlarni nazorat qiluvchi shaxslarni identifikatsiyalashi hamda ularning shaxsini tekshirish boʻyicha imkon qadar choralar koʻrishi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish boʻyicha oʻz tavakkalchiliklarini aniqlash hamda baholash choralarini koʻrishi, ushbu tavakkalchiliklarni hujjatlar bilan qayd etishi va ularni kamaytirish yuzasidan choralar koʻrishi;
mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, hisobvaraq ochishni, operatsiyani amalga oshirishni, amaliy munosabatlarga kirishishni rad etishi va mavjud amaliy munosabatlarni tugatishi, shuningdek shubhali operatsiya toʻgʻrisidagi xabarni maxsus vakolatli davlat organiga yuborishi;
shubhali operatsiyalar toʻgʻrisidagi xabarlarni, shu jumladan ularni amalga oshirishga boʻlgan urinishlar toʻgʻrisidagi xabarlarni ular aniqlangan kundan keyingi bir ish kunidan kechiktirmay maxsus vakolatli davlat organiga belgilangan tartibda yuborishi;
operatsiya ishtirokchilarini terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxati bilan solishtirishi;
terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyasini kechiktirmasdan va oldindan xabar qilmasdan toʻxtatib turishi, bundan yuridik yoki jismoniy shaxsning hisobvaragʻiga tushgan pul mablagʻlarini hisobga kiritish boʻyicha operatsiyalar mustasno, va (yoki) pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyishi, shuningdek shubhali operatsiya toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organiga xabar yuborishi shart.
Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish, pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish, ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
(15-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
16-modda. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni bajarishni rad etish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.02.00 Pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar va ularni amalga oshirayotgan tashkilotlar]
Identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan hujjatlarni taqdim etmagan yuridik yoki jismoniy shaxslarga pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar mazkur operatsiyalarni bajarishni rad etadi, yuridik yoxud jismoniy shaxs hisobvaragʻiga tushgan pul mablagʻlarini hisobga kiritish operatsiyalari bundan mustasno.
17-modda. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq chet el valyutasidagi operatsiya
Agar pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiya chet el valyutasida amalga oshirilayotgan boʻlsa, uning milliy valyutadagi miqdori qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.05 Foydalanish cheklangan boshqa axborotlar]
IV. JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA VA TERRORIZMNI MOLIYALASHTIRISHGA QARSHI KURASHISH BILAN BOGʻLIQ AXBOROT
18-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq axborotni taqdim etish
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq axborotni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish, shuningdek pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarni terrorchilik yoxud boshqa jinoiy faoliyatda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoxud jismoniy shaxslar haqida xabardor qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.01 Davlat siri;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.02 Xizmat va tijorat siri;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.03 Bank siri (shuningdek, 07.21.16.00 ga qarang)]
Yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalari toʻgʻrisidagi axborotni yoxud boshqa maʼlumotlarni maxsus vakolatli davlat organiga belgilangan tartibda taqdim etish tijorat, bank siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni buzish hisoblanmaydi.
(18-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 22-apreldagi OʻRQ-212-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 210-modda)
19-modda. Maʼlumotlarning maxfiyligini va saqlanishini taʼminlash
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.01 Davlat siri;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.02 Xizmat va tijorat siri;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.03 Bank siri (shuningdek, 07.21.16.00 ga qarang)]
Maxsus vakolatli davlat organi va uning xodimlari oʻzlariga maʼlum boʻlib qolgan tijorat, bank siri yoki boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarning maxfiyligini va saqlanishini taʼminlashlari shart.
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning, maxsus vakolatli davlat organining hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi boshqa organlarning xodimlari yuridik va jismoniy shaxslarni ularga nisbatan oʻtkazilayotgan nazoratdan xabardor qilishga haqli emas.
(19-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 22-apreldagi OʻRQ-212-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 210-modda)
20-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq axborotdan erkin foydalanishni cheklash hamda bunday axborotni tarqatmaslik
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar, maxsus vakolatli davlat organi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi boshqa organlar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq axborotdan erkin foydalanishni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda cheklaydilar hamda bunday axborotning tarqatilmasligini taʼminlaydilar.
21-modda. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek identifikatsiyalash maʼlumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarni saqlash
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek identifikatsiyalash maʼlumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar mobaynida, lekin bunday operatsiyalar amalga oshirilganidan yoki mijozlar bilan amaliy ish munosabatlari toʻxtatilganidan keyin kamida besh yil mobaynida saqlashlari shart.
(21-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 22-apreldagi OʻRQ-212-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 210-modda)
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.11.00.00 Jinoyatchilikka va terrorizmga qarshi xalqaro kurash / 19.11.03.00 Xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashning boshqa masalalari]
22-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlik
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlik Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari hamda xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Maxsus vakolatli davlat organi zarur axborot taqdim etish toʻgʻrisida chet davlatlarning vakolatli organlariga soʻrovlar yuborish va chet davlatlar vakolatli organlarining soʻrovlariga javob qaytarish huquqiga ega.
(22-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 22-apreldagi OʻRQ-212-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 210-modda)
23-modda. Nizolarni hal qilish
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
24-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.