toggle_night_mode
Hujjat 01.01.2006 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA VA TERRORIZMNI MOLIYALASHTIRISHGA QARSHI KURASHISH TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish mulk (pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk) jinoiy faoliyat natijasida topilgan boʻlsa, uni oʻtkazish, mulkka aylantirish yoxud almashtirish yoʻli bilan uning kelib chiqishiga qonuniy tus berishdan, shuningdek bunday pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, koʻchirish usulini yoxud pul mablagʻlariga yoki boshqa mol-mulkka boʻlgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki ularning kimga qarashliligini yashirishdan yoxud sir saqlashdan iborat boʻlgan, jinoiy jazolanadigan ijtimoiy xavfli qilmishdir.
Terrorizmni moliyalashtirish terrorchilik faoliyatini pul mablagʻlari, moddiy-texnika vositalari va boshqa vositalar bilan taʼminlashdan iborat boʻlgan, jinoiy jazolanadigan ijtimoiy xavfli qilmishdir.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
II. JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA VA TERRORIZMNI MOLIYALASHTIRISHGA QARSHI KURASHISHNI TASHKIL ETISH
Keyingi tahrirga qarang.
4-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlar
Keyingi tahrirga qarang.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlarga quyidagilar kiradi:
Keyingi tahrirga qarang.
majburiy nazorat;
Keyingi tahrirga qarang.
ichki nazorat;
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirish chogʻida yuridik va jismoniy shaxslarni identifikatsiyalash.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5-modda. Majburiy nazorat
Majburiy nazorat ushbu Qonunga muvofiq taqdim etiladigan axborot (hujjatlar) asosida pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar ustidan nazorat qilish boʻyicha maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatdir.
Keyingi tahrirga qarang.
6-modda. Ichki nazorat
Ichki nazorat pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning qonun hujjatlariga muvofiq majburiy nazorat qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni aniqlashga doir faoliyatidir.
Ichki nazorat amalga oshirilayotganda zarur axborotni rasmiylashtirish, uning maxfiyligini taʼminlash tartibi, kadrlarni tayyorlash va oʻqitishga doir malaka talablari, shuningdek pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilot faoliyatining xususiyatlarini hisobga olgan holda majburiy nazorat qilinishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni aniqlash mezonlari va ularning alomatlari belgilanadi.
Ichki nazorat qoidalari maxsus vakolatli davlat organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishgan holda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7-modda. Identifikatsiyalash
Identifikatsiyalash pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan majburiy nazoratni amalga oshirish maqsadida yuridik yoki jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ular taqdim etgan hujjatlar asosida aniqlashdir.
Identifikatsiyalash quyidagi maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi:
jismoniy shaxsga nisbatan — familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, doimiy va vaqtinchalik yashash joyi, pasportining (tugʻilganlik haqidagi guvohnomasining) seriyasi va tartib raqami;
yuridik shaxsga nisbatan — firma nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), shuningdek pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyada uning nomidan ish koʻruvchi jismoniy shaxsni identifikatsiyalashga oid maʼlumotlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8-modda. Maxsus vakolatli davlat organi
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan maxsus vakolatli davlat organi pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar oʻtkazilishi ustidan ushbu Qonunda belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
9-modda. Maxsus vakolatli davlat organining vakolatlari
Maxsus vakolatli davlat organi:
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi organlarning ishini muvofiqlashtiradi;
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha ushbu Qonunga muvofiq ravishda olinadigan axborotlar tahlil qilinishini amalga oshiradi;
majburiy nazoratni amalga oshiradi;
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
yetarlicha asoslar boʻlgan taqdirda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga aloqador pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar haqidagi materiallarni jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi tegishli organlarga yuboradi hamda shu bilan bir vaqtda pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarga ushbu Qonunning 13 va 14-moddalarida koʻrsatilgan operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisida koʻrsatmalar yoʻllaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
10-modda. Maxsus vakolatli davlat organi qarorlarining majburiyligi
Maxsus vakolatli davlat organining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalariga doir qarorlari vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir.
Keyingi tahrirga qarang.
III. PUL MABLAGʻLARI YOKI BOSHQA MOL-MULK BILAN BOGʻLIQ OPERATSIYALAR VA ULARNI AMALGA OSHIRUVCHI TASHKILOTLAR
11-modda. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar
Yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkka nisbatan oʻz mulkiy huquqlari va majburiyatlarini belgilashga, oʻzgartirish yoxud tugatishga qaratilgan harakatlari pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalardir.
12-modda. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar quyidagilardir:
banklar, kredit uyushmalari va boshqa kredit tashkilotlari;
investitsiya fondlari, depozitariylar va boshqa turdagi investitsiya institutlari;
birjalar;
sugʻurtalovchilar;
lizing xizmati yoki boshqa moliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar;
pochta aloqasi tashkilotlari;
lombardlar;
lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni oʻtkazuvchi tashkilotlar;
notarial idoralar (notariuslar).
13-modda. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq, majburiy nazorat qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar, agar ularning summasi operatsiya bajarilayotgan kundagi holatga koʻra belgilangan eng kam ish haqining toʻrt ming baravariga teng yoki undan ortiq boʻlsa hamda quyidagi turlarda amalga oshirilayotgan boʻlsa, majburiy nazorat qilinishi kerak:
ikkita yoki undan ortiq hisobvaraqlar ochish;
bir kunda yoki bir necha kun mobaynida odatdagi koʻlamga nomuvofiq miqdorda operatsiyalar bajarish;
pul mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga egasining nomi yashirin holda ochilgan hisobvaraqqa oʻtkazish va pul mablagʻlarining Oʻzbekiston Respublikasiga egasining nomi yashirin holda ochilgan hisobvaraqdan kelib tushishi;
bank omonatlariga pul mablagʻlarini naqd holda kiritish;
pul mablagʻlarini naqd holda hisobvaraqdan olish, hisobvaraqdan oʻchirish yoki hisobvaraqqa kiritish, agar bu yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatining xususiyati taqozosi boʻlmasa;
pul mablagʻlarini jismoniy shaxs taqdim qiluvchiga pul beriladigan hujjatlar boʻyicha olishi;
jismoniy shaxs qimmatli qogʻozlarni naqd pulga olishi;
jismoniy shaxs yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) pul mablagʻlarini naqd holda kiritishi;
uchinchi shaxslar foydasiga omonat (depozit) ochib, unga pul mablagʻlarini naqd holda joylashtirish;
chet el valyutasini naqd pulga sotib olish yoki sotish;
bir qimmatdagi banknotni boshqa qimmatdagi banknotga almashtirish;
mol-mulkni saqlash uchun maxsus xonalarni yoki ularda turgan seyflarni ijaraga olish uchun bank bilan shartnoma tuzish;
kredit (zayom) berish yoki olish;
qimmatli qogʻozlar, qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar, zargarlik buyumlari yoki boshqa qimmatli narsalarni lombardga qoʻyish;
sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta tovoni (sugʻurta puli) toʻlash yoki sugʻurta mukofoti olish;
lotereya yoki tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar oʻynalganda yutuq olish.
14-modda. Alohida hollarda pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq, majburiy nazorat qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar
Ushbu Qonunning 13-moddasiga muvofiq belgilanganidan kamroq summadagi pul mablagʻlari yoki mol-mulk bilan bogʻliq operatsiya, shu operatsiyaning taraflaridan biri:
terrorchilik yoki boshqa jinoiy faoliyatda ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
terrorchilik yoki boshqa jinoiy faoliyatni amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori boʻlgan yoki uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
terrorchilik yoki boshqa jinoiy faoliyatni amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoki tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs ekanligi haqida belgilangan tartibda olingan axborot mavjud boʻlsa, majburiy nazorat qilinishi kerak.
15-modda. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq, majburiy nazorat qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning majburiyatlari
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq, majburiy nazorat qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar quyidagilarni bajarishlari shart:
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirish chogʻida yuridik va jismoniy shaxsni identifikatsiyalash;
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni, yuridik yoki jismoniy shaxs hisobvaragʻiga tushgan pul mablagʻlarini hisobga kiritish boʻyicha operatsiyalarni istisno etganda, bu operatsiya bajarilishi lozim boʻlgan sanadan eʼtiboran ikki ish kuniga toʻxtatib turish hamda bunday operatsiya haqida operatsiya toʻxtatib turilgan kunning oʻzida maxsus vakolatli davlat organini xabardor qilish. Operatsiyani toʻxtatib turish toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organining koʻrsatmasi boʻlmasa, koʻrsatilgan muddat oʻtgach, pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilot toʻxtatib turilgan operatsiyani bajarishga kirishaveradi;
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar amalga oshirilishi haqida shu operatsiya bajarilishi lozim boʻlgan kunning oʻzida maxsus vakolatli davlat organiga axborot (hujjatlar) taqdim etish;
oʻz ichki nazorat tizimini joriy etish.
Keyingi tahrirga qarang.
16-modda. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni bajarishni rad etish
Identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan hujjatlarni taqdim etmagan yuridik yoki jismoniy shaxslarga pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar mazkur operatsiyalarni bajarishni rad etadi, yuridik yoxud jismoniy shaxs hisobvaragʻiga tushgan pul mablagʻlarini hisobga kiritish operatsiyalari bundan mustasno.
17-modda. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq chet el valyutasidagi operatsiya
Agar pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiya chet el valyutasida amalga oshirilayotgan boʻlsa, uning milliy valyutadagi miqdori qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA VA TERRORIZMNI MOLIYALASHTIRISHGA QARSHI KURASHISH BILAN BOGʻLIQ AXBOROT
Keyingi tahrirga qarang.
18-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq axborotni taqdim etish
Keyingi tahrirga qarang.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq axborotni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish, shuningdek pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarni terrorchilik yoxud boshqa jinoiy faoliyatda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoxud jismoniy shaxslar haqida xabardor qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
19-modda. Maʼlumotlarning maxfiyligini va saqlanishini taʼminlash
Maxsus vakolatli davlat organi va uning xodimlari oʻzlariga maʼlum boʻlib qolgan tijorat, bank siri yoki boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarning maxfiyligini va saqlanishini taʼminlashlari shart.
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning, maxsus vakolatli davlat organining hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi boshqa organlarning xodimlari yuridik va jismoniy shaxslarni ularga nisbatan oʻtkazilayotgan majburiy nazoratdan xabardor qilishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
20-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq axborotdan erkin foydalanishni cheklash hamda bunday axborotni tarqatmaslik
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar, maxsus vakolatli davlat organi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi boshqa organlar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq axborotdan erkin foydalanishni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda cheklaydilar hamda bunday axborotning tarqatilmasligini taʼminlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
21-modda. Identifikatsiyalash maʼlumotlarini saqlash
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar identifikatsiyalash maʼlumotlarini qonun hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida saqlashlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
V. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
22-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlik
Keyingi tahrirga qarang.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlik Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari hamda xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
23-modda. Nizolarni hal qilish
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
24-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 26-avgust,
660-II-son