Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Kengashining
Ulugʻ Vatan urushi yillaridagi mehnat fronti qatnashchilarining moddiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash maqsadida Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Kengashi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari va Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi, vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlar, kolxozlar va sovxozlarning rahbarlari sovetlar va kasaba uyushmalari qoʻmitalari, mehnat kollektivlari ishtirokida Ulugʻ Vatan urushi yillaridagi mehnat fronti qatnashchilariga quyidagi imtiyozlarni joriy qilsinlar:
vrachlar retsepti boʻyicha sotib olinadigan dorilar qiymatini 50 foiz kamaytirish;
bogʻdorchilik shirkatlariga qabul qilishda ustun darajada huquq berish;
telefon oʻrnatish, kvartiralar olish va ularni remont qilishda ustun darajada huquq berish;
pensiyaga chiqishda ishlagan davrida birkitib qoʻyilgan poliklinikalardan foydalanish huquqini saqlab qolish.
Mehnat veteranlariga ilgari ishlagan korxonalarida, tashkilotlarida va muassasalarida, kolxoz va sovxozlarda ilgari foydalanib kelingan barcha imtiyozlarni saqlagan holda, otaliq qilishni oʻrnatish.
2. 1-punktning
ikkinchi va
uchinchi xatboshlarida nazarda tutilgan imtiyozlarni berish boʻyicha xarajatlar mahalliy budjetlar mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.
3. Koʻrsatilgan imtiyozlar 1991-yilning 1-yanvaridan joriy qilinsin.