1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.23.00.00 Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Prezidentining
Farmoni
ALIShER NAVOIYNING 550 YILLIGINI NIShONLASh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Buyuk shoir, mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi nishonlanishi munosabati bilan mehnatkashlar va jamoalarning takliflarini inobatga olib:
— 1991-yil Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasida Alisher Navoiy yili deb eʼlon qilinsin;
— yubiley tantanalari shu yilning sentyabr oyida oʻtkazilsin.
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 29-yanvar,
PF-139-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 3-son, 45-modda)