Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Muddatli harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 5 yilligi munosabati bilan:
1. Belgilab qoʻyilsinki, muddatli harbiy xizmatchilar va kursantlar har oylik pul taʼminoti miqdorlari mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan foizlarda belgilanadi va uning oshishiga qarab oʻzgartirib boriladi.
2. 1997-yil 1-yanvardan boshlab muddatli harbiy xizmatchilar va kursantlar har oylik pul taʼminotining eng kam miqdorlari Yagona tarif setkasidagi eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida belgilansin, yoki muddatli harbiy xizmatchilar va kursantlarning hozirdagi vaqtda amalda boʻlgan pul taʼminoti miqdorlari oʻrtacha 1,5-marta oshirilsin.
Muddatli harbiy xizmatchilar va kursantlarning pul taʼminoti miqdorlari oshirilishi bilan bogʻliq xarajatlar recpublika davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda:
— mazkur Farmonni oʻz boʻlinmalariga yetkazsinlar;
— muddatli harbiy xizmatchilar va kursantlarga mazkur Farmonda belgilangan har oylik pul taʼminoti oshirilishini hisobga olgan holda ular oʻz vaqtida qayta hisoblab chiqilishini va toʻlanishini taʼminlasinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda Yagona tarif
setkasiga muddatli harbiy xizmatchilar mehnatiga haq toʻlash boʻyicha oʻzgartirishlar kiritsin.