1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.09.00 Oʻrta taʼlim]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
Qarori
Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi qoshidagi logopediya shoxobchasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 26-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2722]
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qaror qiladi:
1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi qoshidagi logopediya shoxobchasi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2015-yil 25-sentabr,
22-mh-son
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 25-sentabr,
36-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. ABDUHAKIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 25-sentabr,
39-QQ-son
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2015-yil 25-sentabrdagi 22-mh, 36, 39-QQ-son qaroriga ILOVA
Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi qoshidagi logopediya shoxobchasi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq, umumiy oʻrta taʼlim muassasasi qoshidagi logopediya shoxobchasining (bundan buyon matnda logopediya shoxobchasi deb yuritiladi) faoliyat yuritish tartibini belgilaydi.
1. Logopediya shoxobchasi umumiy oʻrta taʼlim muassasalari (bundan buyon matnda umumtaʼlim muassasasi deb yuritiladi) boshlangʻich sinf oʻquvchilarining fanlar boʻyicha oʻquv dasturlarini oʻzlashtirishlariga toʻsqinlik qiluvchi nutq nuqsonlarining oldini olish va ularni bartaraf etish, jismoniy va psixik rivojlanishidagi kamchiliklarni korreksiyalash, oʻquvchilarning ogʻzaki nutqidagi nuqsonlarini bartaraf etishda, ularning jismoniy, intellektual, maʼnaviy va axloqiy kamol topishida pedagoglar va oʻquvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga (bundan buyon matnda ota-onalar deb yuritiladi) yordam koʻrsatish uchun tashkil etiladi.
2. Logopediya shoxobchasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, ushbu Nizomga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
Logopediya shoxobchalarining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
3. Logopediya shoxobchasining vazifalari quyidagilardan iborat:
oʻquvchilarning fanlar boʻyicha oʻquv dasturlarini oʻzlashtirishlariga toʻsqinlik qiluvchi nutq nuqsonlarining oldini olish va ularni bartaraf etish;
murakkab nutq nuqsoniga ega boʻlgan, jismoniy va psixik rivojlanishida kamchiliklari boʻlgan oʻquvchilar bilan korreksion mashgʻulotlarni olib borish;
mashgʻulot jarayonida oʻquvchilarning nutq aʼzolarini tizimli ravishda kuzatib borish;
oʻquvchining oʻquv dasturlarini ongli ravishda tanlashi va oʻzlashtirishiga koʻmaklashish;
oʻquvchilar nutq nuqsonlarining oldini olish va ularni bartaraf etishga doir logopedik bilimlarni taʼlim jarayoni ishtirokchilari, oʻqituvchilar va aholi oʻrtasida targʻib qilish.
2-bob. Logopediya shoxobchasiga qabul qilinadigan oʻquvchilar roʻyxatini shakllantirish
4. Logopediya shoxobchasiga qabul qilinadigan oʻquvchilarni aniqlash va saralab olish uchun har yili sentabr oyining 3-sanasiga qadar umumtaʼlim muassasasi direktorining buyrugʻiga muvofiq ishchi guruh tuziladi.
5. Ishchi guruh kamida 5 nafardan iborat tarkibda quyidagicha tuziladi:
ishchi guruh raisi — umumtaʼlim muassasasining direktori;
ishchi guruh raisi oʻrinbosari — umumtaʼlim muassasasining psixologi (umumtaʼlim muassasasida psixolog boʻlmaganda boshqa shaxsga yuklatiladi);
ishchi guruh aʼzolari — umumtaʼlim muassasasi biriktirilgan logopediya shoxobchasi mudiri, boshlangʻich sinf oʻqituvchilari va umumtaʼlim muassasasiga biriktirilgan tibbiyot xodimi;
ishchi guruh kotibi — boshlangʻich sinf oʻqituvchilaridan biri.
6. Logopediya shoxobchasiga ogʻzaki nutq nuqsonlari va tovushlar talaffuzida kamchiliklari aniqlangan, tashxis natijalari quyidagicha boʻlgan oʻquvchilar qabul qilinadi:
I va III darajali nutqi toʻliq rivojlanmagan I sinf oʻquvchilari;
tovushlar talaffuzida kamchiliklari boʻlgan I — IV sinf oʻquvchilari;
nutq apparati aʼzolarining tuzilishi va harakatida nuqsonlari (rinolaliya, dizartriya, duduqlanish) boʻlgan I — IV sinf oʻquvchilari.
7. Nutqiy rivojlanishida kamchiligi boʻlgan oʻquvchilarning jismoniy va psixik holatlariga aniqlik kiritish maqsadida ular tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi mutaxassislari (nevropatolog, psixonevrolog, otolaringolog va boshqalar) tekshiruviga yuboriladi. Ushbu mutaxassislarning xulosalari logopediya shoxobchasida (oʻquvchining shaxsiy yigʻmajildida) saqlanadi.
8. Ishchi guruh tomonidan nuqsonlari aniqlangan oʻquvchilar roʻyxati umumtaʼlim muassasasi direktori tomonidan tasdiqlanadi va sentabr oyining 15-sanasigacha xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimiga taqdim qilinadi.
Oʻquv yili davomida ogʻzaki nutq nuqsoni va tovush talaffuzida kamchiliklari mavjud boʻlgan oʻquvchilar aniqlanganda, ular ishchi guruh tomonidan mazkur Nizomda belgilangan tartibda logopediya shoxobchasiga qabul qilinadi.
3-bob. Logopediya shoxobchalarini tashkil etish
9. Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimining Oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirishni va pedagogik-psixologik diagnostikasini metodik taʼminlash kichik guruhi umumtaʼlim muassasalari tomonidan taqdim etilgan oʻquvchilar roʻyxati asosida har yili sentabr oyining 25-sanasiga qadar tegishli tuman (shahar) boʻyicha logopediya shoxobchalarining soni va ularning joylashuv dislokatsiyasini ishlab chiqadi.
10. Logopediya shoxobchasi tegishli xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi mudirining buyrugʻi bilan tashkil etiladi.
11. Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi mudirining buyrugʻiga muvofiq, har bir logopediya shoxobchasiga bir yoki bir nechta yaqin masofada joylashgan umumtaʼlim muassasalari biriktiriladi.
Bir nechta umumtaʼlim muassasalari biriktirilgan logopediya shoxobchasi uning uchun joy ajratish imkoniyatiga ega boʻlgan hamda boshqa umumtaʼlim muassasalariga qatnash uchun qulay joylashgan umumtaʼlim muassasasida tashkil etiladi.
12. Logopediya shoxobchasi tashkil etilgan umumtaʼlim muassasasi rahbariyati tomonidan logopediya shoxobchasi uchun boshlangʻich sinflarga yaqin joyda tegishli sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga javob beradigan, umumiy maydoni 20 kv. metrdan kam boʻlmagan xona ajratiladi.
Logopediya shoxobchasi mazkur Nizomning 1-ilovasidagi talablarga muvofiq jihozlanadi.
4-bob. Logopediya shoxobchasida korreksion jarayonni tashkil etish
13. Logopediya shoxobchasida oʻquvchilarga korreksion — logopedik yordam koʻrsatiladi.
Oʻquv-korreksion mashgʻulotlar guruhli va yakka (individual) tartibda, umumtaʼlim muassasasi rahbariyati bilan kelishilgan jadval asosida darsdan tashqari vaqtda oʻtkaziladi.
14. Guruhlarga nuqsonlari oʻxshash boʻlgan bir xil yoshdagi oʻquvchilar qabul qilinadi. Bir xil yoshdagi oʻquvchilar soni kam boʻlgan hollarda, yoshidan qatʼi nazar, boshlangʻich sinf oʻquvchilari bir guruhga jamlanishi mumkin.
15. Guruhli va yakka (individual) tartibda olib boriladigan mashgʻulotlarning davomiyligi bolalarda uchraydigan nutq nuqsonlarining ogʻir yoki yengil darajasiga koʻra quyidagicha belgilanadi:
nutqi toʻliq rivojlanmagan 8 — 10 nafar I sinf oʻquvchilariga guruhli tarzda 40 — 45 daqiqadan, bir oʻquv yili davomida haftasiga ikki martadan;
tovush talaffuzida kamchiliklari boʻlgan 8 — 10 nafar I — IV sinf oʻquvchilariga guruhli tarzda 40 — 45 daqiqadan, bir oʻquv yili davomida haftasiga uch martadan;
nutq apparati aʼzolarining tuzilishi va harakatida nuqsonlari (rinolaliya, dizartriya, duduqlanish) boʻlgan I — IV sinf oʻquvchilari bilan yakka (individual) tartibda 15 daqiqadan, nutq nuqsoni bartaraf etilgunga qadar haftasiga uch martadan.
16. Nutq nuqsonlari bartaraf etilgan oʻquvchilar logopediya shoxobchasi mudirining ishchi guruh bilan kelishilgan xulosasiga asosan oʻquv yilining 15 — 25-may kunlari logopediya shoxobchasi oʻquvchilari safidan chiqariladi.
5-bob. Logopediya shoxobchasida pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish
17. Logopediya shoxobchasida oʻqituvchi-logoped lavozimida oliy maʼlumotli oʻqituvchi-logopedlar va defektologlar faoliyat yuritishi mumkin.
18. Oʻqituvchi-logoped shtat birliklari logopediya shoxobchasiga biriktirilgan umumtaʼlim muassasalarida mavjud har 25 ta boshlangʻich sinfga 1,0 birlik (20 ta boshlangʻich sinfga 0,8 birlik, 30 ta boshlangʻich sinfga 1,2 birlik) hisobidan haftalik ish yuklamasi 18 oʻquv soatidan oshmagan holda, mazkur Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan meʼyorlarga koʻra belgilanadigan oʻquvchilar guruhlari va haftalik mashgʻulotlar soatlaridan kelib chiqib kiritiladi.
19. Oʻqituvchi-logopedlarni ishga qabul qilish hamda ular bilan mehnat shartnomalarini bekor qilish xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimining tavsiyasiga asosan logopediya shoxobchasi joylashgan umumtaʼlim muassasasi direktorining buyrugʻi bilan mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Oʻqituvchi-logopedlarning mehnatiga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi va mehnat taʼtiliga haq toʻlash uchun zarur mablagʻlar logopediya shoxobchasi joylashgan umumtaʼlim muassasasining xarajatlar smetasida nazarda tutiladi.
20. Oʻqituvchi-logopedlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
mazkur Nizom va umumtaʼlim muassasasining ichki tartib-qoidalariga rioya etish;
mazkur Nizomning 2-ilovasida koʻrsatilgan namunaviy yillik ish reja asosida yillik shaxsiy ish reja, oʻquv yiliga taqvimiy-mavzuyiy reja, mashgʻulotlar jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun umumtaʼlim muassasasining pedagogik kengashiga taqdim etish;
nutqiy rivojlanishida muammolari boʻlgan oʻquvchilarning artikulyatsion aʼzolarini, nutq nuqsonlarini tekshirish natijasiga koʻra mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq nutq xaritasini va sinf jurnalini yuritish;
oʻquvchilarning fanlar boʻyicha oʻquv dasturlarini oʻzlashtirishlariga toʻsqinlik qiluvchi nutq nuqsonlarining oldini olish, ulardagi mavjud nutq nuqsonining turini va ifodalanish darajasini aniqlash;
mashgʻulotlar oʻtkazish uchun guruhlar tashkil qilish, kundalik mashgʻulotlar ishlanmasini tayyorlash, guruhli va yakka (individual) tartibda mashgʻulotlar oʻtkazish orqali artikulyatsion organlardagi nuqsonlarni toʻgʻrilash, nutq nuqsonlari natijasida kelib chiqqan psixik buzilishlarni korreksiyalash;
umumtaʼlim muassasasi oʻqituvchilari va ota-onalarga nutqiy rivojlanishida muammolari boʻlgan oʻquvchilarga yordam koʻrsatishning maxsus usullarini qoʻllash boʻyicha maslahatlar berish;
oʻz kasbiy malakasini muntazam ravishda oshirib borish, uslubiy birlashmalar faoliyatida va boshqa metodik ishlarda ishtirok etish.
21. Oʻquvchilarning guruhlarga qatnashish davomatini qayd etib borish uchun sinf jurnali yuritiladi hamda har bir guruhga maxsus sahifalar ajratiladi.
Yakka (individual) tartibda mashgʻulotlar olib boriladigan oʻquvchilar uchun sinf jurnalida alohida sahifalar ajratiladi hamda ular ham guruhli mashgʻulotlar kabi toʻldiriladi.
Jurnalning oxirgi betlarida logopediya shoxobchasiga qabul qilingan har bir oʻquvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, sinfi, uy manzili, logopediya shoxobchasiga qabul qilingan vaqti, nutqiy yoki umumiy rivojlanishidagi kamchiliklari, logopediya shoxobchasidan chiqarilgan vaqti, umumiy va nutqiy rivojlanish holati, oʻquv fanlarini oʻzlashtirishidagi kamchilik va muammolarini bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar kiritib boriladi.
22. Logopediya shoxobchasiga oʻqituvchi-logopedlardan biri, shoxobchada bitta oʻqituvchi-logoped boʻlgan taqdirda esa, uning oʻzi mudirlik qiladi.
23. Logopediya shoxobchasi mudiri xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimining Oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirishni va pedagogik-psixologik diagnostikasini metodik taʼminlash kichik guruhiga oʻquv yili davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 15-sanasiga qadar quyidagi hisobotlarni topshiradi:
oʻqituvchi-logopedlar yillik shaxsiy ish rejasining bajarilish holati;
oʻquvchilar kontingentining oʻzgarish dinamikasi;
oʻquvchilarning nutq nuqsonlarini bartaraf etish koʻrsatkichlari.
6-bob. Yakuniy qoidalar
24. Mazkur Nizomda belgilangan talablar asosida yangi logopediya shoxobchasi tashkil etilishi lozim boʻlgan tuman (shahar)larda (birinchi navbatda nutqida nuqsoni boʻlgan oʻquvchilar kontingenti eng yuqori joylarda) har oʻquv yilida bittadan, Nukus shahri va viloyatlar markazlarida esa ikkitadan logopediya shoxobchasi tashkil etiladi.
25. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri R. AZIMOV
2015-yil 25-sentabr,
Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi qoshidagi logopediya shoxobchasi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Logopediya shoxobchasi taʼminlanishi lozim boʻlgan jihozlar
ROʻYXATI
T/r
Zarur oʻquv anjomlari nomi
Miqdori
1.
Yakka holda shugʻullanish uchun deraza yoniga osilgan 50x100 sm. li devoriy koʻzgu
1 dona
2.
Elektr yoritqich (devoriy koʻzgu uchun)
1 dona
3.
Oʻquvchilar soniga qarab 9x12 sm. li koʻzgu
10 dona
4.
Oʻquvchilar uchun parta
5 dona
5.
Sinf doskasi
1 dona
6.
Oʻqituvchi-logoped uchun stol, stul
1 komplekt
7.
Koʻrgazmali qurollar uchun shkaf
2 dona
8.
Stul
10 dona
9.
Logopedik zond, shpatel
1 komplekt
10.
Kesma harf va boʻgʻinlar jamlanmasi
10 dona
11.
Devoriy harf kassasi
1 komplekt
12.
Oʻquvchilarning ogʻzaki va yozma nutqini tekshirishda ishlatiladigan koʻrgazmali materiallar
oʻquvchilar sonidan kelib chiqqan holda
13.
Predmetli, mazmunli va seriyali koʻrgazmali rasmlar
oʻquvchilar sonidan kelib chiqqan holda
14.
Daftar va oʻquv qoʻllanmalar
oʻquvchilar sonidan kelib chiqqan holda
15.
Turli maqsadda ishlatiladigan didaktik oʻyinchoqlar
oʻquvchilar sonidan kelib chiqqan holda
16.
Metodik adabiyotlar
oʻquvchilar sonidan kelib chiqqan holda
17.
Sochiq va sovun
oʻquvchilar sonidan kelib chiqqan holda
Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi qoshidagi logopediya shoxobchasi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Logopediya shoxobchasi oʻqituvchi-logopedining
NAMUNAVIY YILLIK ISH REJASI
T/r
Yoʻnalishlar va ish turlari
Ish yuklamasi (soat)
Umumiy yillik ish yuklamasi
1548
1.
Oʻquv-tarbiya jarayoni
896
Oʻquvchilarning hujjatlari bilan ishlash, oʻquvchilar nutqini tekshirish, guruhlar tuzish, xulosa yozish
(1–15-sentabr, 16–31-may).
72
Logopedik mashgʻulot soatlari
540
Oʻquvchilar daftarlarini tayyorlash, yozma ishlarini tekshirish.
152
Ota-onalarga masalahatlar berish.
34
Oʻquvchilar bilan yakka tartibda ishlash.
98
2.
Oʻquv-tarbiya jarayonining metodik taʼminoti
520
Guruhli va yakka (individual) tartibda olib boriladigan mashgʻulotlar rejalarini tuzish, logopedik mashgʻulotlarga tayyorgarlik koʻrish.
418
Logopedlar va boshlangʻich sinf oʻqituvchilari bilan oʻzaro dars mashgʻulotlarini kuzatish.
34
Pedagogik kengashlarda, uslubiy birlashmalar yigʻilishlarida, shahar (tuman) seminarlari, konferensiyalar, treninglarda ishtirok etish, bilim darajasini oshirib borish, ochiq mashgʻulotlar va darsdan tashqari tadbirlar oʻtkazish va ularda ishtirok etish.
34
Tarqatma va didaktik jihozlar tayyorlash, test tuzish va taqdimotlar tayyorlash, logopediya shoxobchasini jihozlash ishlarini bajarish.
Logopedik guruhlarga olingan bolalarning nutq xaritalarini toʻldirish.
34
Boshlangʻich sinf oʻqituvchilari, psixolog, maktab va tuman tibbiyot xodimlari, maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlari bilan hamkorlikda ishlar olib borish, tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyalar faoliyatida, umumtaʼlim muassasasining jamoat ishlarida ishtirok etish.
36
*Izoh: oʻqituvchi-logopedning ish vaqti yil davomida 43 ish haftasi, haftalik 36 soatni tashkil qiladi. Oʻquv jarayoni yiliga 34 hafta, oʻquv dars soatlari haftasiga 18 soatdan olib boriladi.
Artikulyatsion apparatning anatomik tuzilishi va harakatchanligini tekshirish:
lablar
til
jagʻlar
tishlar
qattiq tanglay
yumshoq tanglay
4.
Tovushlar talaffuzini tekshirish:
soʻz boshida
soʻz oʻrtasida
soʻz oxirida
5.
Fonematik oʻquvi, tovushlar differensiatsiyasi:
B-P
D-T
S-3
Z-J
S-Sh
R-L
M-N
G-K
G-Gʻ
K-Q
X-H
6.
Murakkab boʻgʻinli soʻzlarni talaffuz qilish:
7.
Umumiy motorika holatini tekshirish:
harakat koordinatsiyasi
mayda qoʻl muskullari harakati
8.
Lugʻat boyligi:
predmetlarni nomlash
9.
Oʻqish texnikasini egallash darajasi:
harflab, boʻgʻinlab, sidirgʻasiga oʻqish
10.
Duduqlanishning namoyon boʻlishi:
sabablari
turi
11.
Oʻqituvchi-logopedning xulosasi:
20__ yil “____” ____________
Oʻqituvchi-logoped
___________
________________________________
(imzo)
(F.I.O.)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 43-son, 550-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 18.11.2021-y., 10/21/2722-1/1067-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)