1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari;
2.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ma’lumotlar uzatish milliy tarmog‘ini tashkil etish va jahon axborot tarmoqlaridan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida” 1999-yil 5-fevraldagi 52-son qarorining 13-bandini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining quyidagi qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin:
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2020-y., 09/20/1/4262-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 16-martdagi 140-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 3-son, 16-modda) bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi to‘g‘risidagi Nizom”ning 4-bandi o‘n sakkizinchi xatboshidan so‘ng quyidagi mazmundagi yangi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA), Davlat matbuot qo‘mitasi va “UzRAK” ma’lumotlarni uzatish davlat tarmog‘ini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasi bilan birgalikda O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayoti to‘g‘risidagi axborotning Internet tarmog‘ida tarqatilishini muvofiqlashtiradi”.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 3-iyuldagi 241-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2002-y., 13-son, 104-modda)
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 11-mart,
108-son
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1999-y., 3-son, 12-modda; 2002-y., 13-son, 104-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2020-y., 09/20/1/4262-son)