toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021
Hujjat 19.10.2015 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
Tarbiyalash (patronat) uchun oilalarga beriladigan yetim bolalarni kiyim-bosh, poyabzal bilan taʼminlash hamda bolani oʻz tarbiyasiga olgan tutingan ota-onalarga har oylik nafaqa toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 14-oktabrda 1189-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2 dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi boʻyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan..
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-martdagi 52-son “Xalq taʼlimi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligining 2002-yil 21-oktabrdagi 87, 121-son qarori (roʻyxat raqami 1189, 2002-yil 18-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 22-son) bilan tasdiqlangan Tarbiyalash (patronat) uchun oilalarga beriladigan yetim bolalarni kiyim-bosh, poyabzal bilan taʼminlash hamda bolani oʻz tarbiyasiga olgan tutingan ota-onalarga har oylik nafaqa toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2015-yil 25-sentabr,
21-mh-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 25-sentabr,
84-son
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligining 2015-yil 25-sentabrdagi 21-mh va 84-son qaroriga
ILOVA
Tarbiyalash (patronat) uchun oilalarga beriladigan yetim bolalarni kiyim-bosh, poyabzal bilan taʼminlash hamda bolani oʻz tarbiyasiga olgan tutingan ota-onalarga har oylik nafaqa toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 2 — 5-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Tutingan ota-onalar oilaga tarbiyaga olingan bolani joriy yil uchun zarur boʻlgan kiyim-bosh va poyabzal bilan taʼminlash maqsadida bola oilaga tarbiyaga olingan kundan boshlab bir hafta muddat ichida, keyingi yil uchun esa, joriy yilning 15-dekabrigacha mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda tuzilgan buyurtmani (bundan buyon matnda buyurtma deb yuritiladi) tegishli xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlariga beradi. Buyurtmada bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi, yoshi, jinsi, mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan norma va roʻyxatga asosan kelgusi mavsumlarni hisobga olgan holda zarur boʻlgan barcha kiyim-bosh va poyabzal (ularning turi (nomi), soni, oʻlchami) va ularning bozor konyunkturasidan kelib chiqqan holda oʻrtacha narxi toʻliq koʻrsatiladi.
Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari joriy yil uchun taqdim etilgan buyurtmalarni qabul qilib olgan kundan boshlab uch kun ichida, keyingi yil uchun taqdim etilgan buyurtmalarni esa, joriy yilning 25-dekabrigacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalariga (bundan buyon matnda xalq taʼlimi boshqarmalari deb yuritiladi) topshirishi lozim.
3. Kiyim-bosh va poyabzal uchun qilinadigan xarajatlar miqdori xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari taqdim etgan buyurtmaga muvofiq xalq taʼlimi boshqarmalarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari bilan kelishilgan hisob-kitoblari asosida belgilanadi.
4. Bolalarga beriladigan kiyim-bosh va poyabzal uchun zarur mablagʻ bolaning qaysi tarbiya yoki davolash muassasalari yoxud aholini ijtimoiy himoyalash muassasalardan olinishidan qatʼi nazar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tegishli qarorlari asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan ajratiladi va xalq taʼlimi boshqarmalari orqali beriladi.
5. Oilaga tarbiyaga olingan bola uchun kiyim-bosh va poyabzal sotib olishga ajratilgan mablagʻlar tutingan ota-onalarga naqd pul shaklida yoki ularning bank plastik kartasiga pul oʻtkazish yoʻli bilan beriladi.
Tarbiyalash uchun oilalarga beriladigan yetim bolalarga kiyim-bosh va poyabzal sotib olish uchun ajratilgan mablagʻlardan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.”.
2. 6-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. 7 va 8-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Tarbiyaga olingan bolaga zarur kiyim-bosh va poyabzal sotib olish uchun ajratilgan mablagʻlar tutingan ota-onalarga ular tomondan taqdim etilgan buyurtmaga asosan bola tarbiyaga olingan kundan boshlab bir oy muddat ichida beriladi.
8. Tutingan ota-onalar oilaga tarbiyaga olingan bola uchun sotib olingan kiyim-bosh va poyabzal boʻyicha hisobotni mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda tayyorlaydi va uni har yilning 10-yanvarigacha xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlariga taqdim etadi. Bunda hisobotga kiyim-bosh va poyabzalni sotib olganligini tasdiqlovchi hujjatlar (kassa cheki yoxud tovarga haq toʻlanganligini tasdiqlaydigan chekka tenglashtirilgan hujjat) ilova qilinadi.
Hisobotlar xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan tasdiqlanib, tegishli xalq taʼlimi boshqarmalariga yuboriladi.”.
4. 10 — 12 bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Bolaning qaysi tarbiya yoki davolash muassasalari yoxud aholini ijtimoiy himoyalash muassasalardan olinishidan qatʼi nazar, tutingan ota-onalarga oʻz tarbiyasiga olgan har bir bola uchun eng kam ish haqining 3 baravari miqdorida har oylik nafaqa toʻlanadi. Mazkur xarajatlar uchun sarflanishi koʻzda tutilgan mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori asosida xalq taʼlimi boshqarmalari orqali beriladi.
11. Tutingan ota-onalarga har oylik nafaqa toʻlash hamda bolalarni kiyim-bosh va poyabzal bilan taʼminlash xarajatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining zaxira jamgʻarmalaridan budjet tizimi budjetlari xarajatlar tasnifining tegishli moddasi boʻyicha mablagʻ bilan taʼminlanadi va buxgalteriya hisobida ham shu modda boʻyicha aks ettiriladi.
12. Xalq taʼlimi boshqarmalari tomonidan har oyning 10-sanasigacha tutingan ota-onalarga oylik nafaqalar naqd pul shaklida yoki ularning bank plastik kartasiga pul oʻtkazish yoʻli bilan beriladi.”.
5. 13 va 14-bandlardagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi, Sogʻliqni saqlash, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklari, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmalari” degan soʻzlar “xalq taʼlimi boshqarmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 15-band “Toshkent shahar” degan soʻzlardan keyin “hokimliklarining” degan soʻz bilan toʻldirilsin.
7. 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Ushbu Nizomning matni belgilangan tartibda xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlarida, shuningdek tarbiya va davolash muassasalari hamda aholini ijtimoiy himoyalash muassasalarida barchaga koʻrinadigan joyga osib qoʻyilishi lozim.
Bolani oilaga tarbiyaga olayotgan tutingan ota-onalar bilan shartnoma tuzilayotganda ularga mazkur Nizom talablari tushuntirilishi shart.”.
8. 1, 2 va 3-ilovalar tegishlicha mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1, 2 va 3-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
9. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2015-yil 25-sentabr
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. ABDUHAKIMOV
2015-yil 25-sentabr
Tarbiyalash (patronat) uchun oilalarga beriladigan yetim bolalarni kiyim-bosh, poyabzal bilan taʼminlash hamda bolani oʻz tarbiyasiga olgan tutingan ota-onalarga har oylik nafaqa toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga
1-ILOVA
“Tarbiyalash (patronat) uchun oilalarga beriladigan yetim bolalarni kiyim-bosh, poyabzal bilan taʼminlash hamda bolani oʻz tarbiyasiga olgan tutingan ota-onalarga har oylik nafaqa toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

‎‎‎‎‎‎Oilaga tarbiyaga olingan bolaga kiyim-bosh va poyabzal olish uchun ‎‎
‎BUYuRTMA
‎ ‎

‎‎____________________________________
‎(oilaga tarbiyaga olingan bolaning F.I.O.)
‎____________________________________
‎(bolaning yoshi)
‎____________________________________
‎(bolaning jinsi)

T/r‎

‎‎Kiyim-bosh va poyabzalning nomi

‎‎Soni (dona, juft, komplekt)‎

Kiyim-bosh va poyabzalning oʻlchami‎‎

Kiyim-bosh va poyabzalning oʻrtacha narxi

1.‎

2.‎

3.‎

‎‎Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi mudiri

‎‎__________________________________
‎(F.I.O.)
‎____________________
‎(imzo)

__________________________________
‎(tutingan ota (ona)ning F.I.O.)
‎__________________________________
‎___________________

M.Oʻ.‎

‎‎(imzo)

‎‎20____ yil “___” _________________

‎‎20___ yil “___” ________________

‎‎Manzil: _______________________________
‎______________________________________
‎______________________________________
‎______________________________________
‎‎Manzil: ______________________________ ‎_____________________________________ ‎_____________________________________ ‎_____________________________________
‎Bank nomi:____________________________
‎Hisobvaraq raqami:____________________
‎____________________________________”.‎‎
Tarbiyalash (patronat) uchun oilalarga beriladigan yetim bolalarni kiyim-bosh, poyabzal bilan taʼminlash hamda bolani oʻz tarbiyasiga olgan tutingan ota-onalarga har oylik nafaqa toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga
2-ILOVA
“Tarbiyalash (patronat) uchun oilalarga beriladigan yetim bolalarni kiyim-bosh, poyabzal bilan taʼminlash hamda bolani oʻz tarbiyasiga olgan tutingan ota-onalarga har oylik nafaqa toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Oilaga tarbiyaga olingan bolaga kiyim-bosh va poyabzal berish
NORMASI VA ROʻYXATI

T/r

Kiyim-bosh va poyabzalning turi (nomi)

Oʻlchov birligi

3 yoshgacha boʻlgan har bir bolaga

Maktabgacha yoshdagi har bir bolaga (3 6 (7) yosh)

Maktab yoshidagi har bir bolaga (6 (7) 17 yosh)

soni

foydalanish muddati (yil)

soni

foydalanish muddati (yil)

soni

foydalanish muddati (yil)

1.

Kurtka-kombinezon

Dona

1

2

2.

Kurtka

Dona

1

2

1

2

3.

Palto

Dona

1

2

4.

Oʻgʻil bolalar kostyumi

Dona

1

2

1

2

1

2

5.

Maktab formasi (oʻgʻil bola uchun qora shim, oq koʻylak, qiz bola uchun kofta va yubka)

Komplekt

1

1

6.

Oʻgʻil bolalar koʻylagi

Dona

2

1

2

1

2

1

7.

Qiz bolalar koʻylagi (shoyi va ip gazlama bluzka)

Dona

2

1

2

1

2

1

8.

Qiz bolalar xalati

Dona

1

1

1

1

9.

Sviter (Djemper)

Dona

1

2

1

2

10.

Yozgi bayram koʻylagi

Dona

1

1

1

1

11.

Qishki bosh kiyim

Dona

1

1

1

1

1

12.

Qiz bolalar trikosi

Dona

1

1

1

1

13.

Kolgotka

Dona

2

1

2

1

2

1

14.

Ichki kiyim toʻplami ( oʻgʻil va qiz bolalar uchun)

Dona

2

1

2

1

2

1

15.

Sport kostyumi

Komplekt

1

1

1

1

16.

Keda yoki krossovka

Juft

1

1

17.

Paypoq, golf

Juft

2

1

2

1

18.

Tufli, sandalet

Juft

1

1

1

1

19.

Tapochka

Juft

1

1

1

1

1

1

20.

Etik yoki botinka

Juft

1

1

1

1

1

1

21.

Qiz bolalar uchun siynaband

Dona

1

1

Tarbiyalash (patronat) uchun oilalarga beriladigan yetim bolalarni kiyim-bosh, poyabzal bilan taʼminlash hamda bolani oʻz tarbiyasiga olgan tutingan ota-onalarga har oylik nafaqa toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga
3-ILOVA
“Tarbiyalash (patronat) uchun oilalarga beriladigan yetim bolalarni kiyim-bosh, poyabzal bilan taʼminlash hamda bolani oʻz tarbiyasiga olgan tutingan ota-onalarga har oylik nafaqa toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

‎‎“T A S D I Q L A Y M A N”
‎__________________________________
‎__________________________________
‎(xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi mudirining F.I.O.)
‎______________________
‎(imzo)
‎20__ yil “___” ________

‎‎Oilaga tarbiyaga olingan bola uchun 20___ yilda sotib olingan
‎kiyim-bosh va poyabzal boʻyicha
‎HISOBOT

‎‎Men, ________________________________________, 20___ yil “____” ______________da

‎‎(tutingan ota (ona)ning F.I.O.)

‎‎________________________________________________________________ bilan tuzilgan

‎‎(vasiylik va homiylik organining nomi)

‎‎____-sonli shartnomaga asosan voyaga yetmagan ____________________________________ ni

‎‎‎‎(oilaga tarbiyaga olingan bolaning F.I.O.)

‎‎oilaga tarbiyaga olganman.
‎‎Hisobot davrida tarbiyamda boʻlgan ___________________________________________ uchun

‎‎(oilaga tarbiyaga olingan bolaning F.I.O.)

‎‎quyidagi kiyim-bosh va poyabzallarni sotib oldim.

T/r‎

Kiyim-bosh va poyabzalning turi (nomi)‎

Soni
‎(dona, juft, komplekt) ‎‎

Olingan kiyim-bosh va poyabzalning narxi (soʻm) ‎‎

1.‎

2.‎

3.‎

‎‎Kiyim-bosh va poyabzal sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar (kassa cheki yoxud tovarga haq toʻlanganligini tasdiqlaydigan chekka tenglashtirilgan hujjatlar)ni ilova qilinmoqda.

‎‎________________________________
‎(tutingan ota (ona)ning F.I.O.)

‎‎____________
‎(imzo)

‎‎____________
‎(sana)

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 41-son, 532-modda)