1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.07.00 Radiatsiya xavfsizligi (shuningdek, 11.02.02.00 ga qarang)]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Umumiy masalalar]
Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Markaziy Osiyo uchun kimyoviy, biologik, radiologik va yadroviy materiallar boʻyicha ilgʻor tajriba markazlarining Mintaqaviy kotibiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi oʻrtasida kimyoviy, biologik va yadro materiallari taʼsiri paydo boʻlishi xavflarini minimallashtirish boʻyicha hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.02.00 Radiatsiyaviy xavfsizlik (shuningdek, 16.04.07.00ga qarang);
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]
2015-yil 18-may kuni Bryussel shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va BMTning Jinoyatchilik va odil sudlov masalalari boʻyicha Mintaqalararo ilmiy-tekshirish instituti oʻrtasida Markaziy Osiyo boʻyicha Kimyoviy, biologik, radiologik va yadroviy materiallar boʻyicha ilgʻor tajriba markazlari mintaqaviy kotibiyatini taʼsis etish va ishga tushirish boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumi imzolangandi (keyingi oʻrinlarda— Memorandum);
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.08.00.00 Xalqaro tashkilotlar va ittifoqlar / 19.08.01.00 Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT). BMT tizimiga kiruvchi tashkilotlar: (Jahon meteorologiya tashkiloti (VMO), Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (VOZ), Jahon intellektual mulk tashkiloti (VOIS), Jahon pochta ittifoqi (VPS), Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (MAR), Xalqaro moliya korporatsiyasi (MFK), Xalqaro taraqqiyot va rivojlanish banki (MBRR), Investitsiya kafolatlari boʻyicha koʻp tomonlama agentlik (MAIG), Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (MVF), Xalqaro dengiz tashkiloti (IMO), Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO), Xalqaro mehnat tashkiloti (MOT), Xalqaro elektr aloqa ittifoqi (MSE), Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi (MFSR), YuNESKO, Xalqaro rivojlanish boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti (YuNIDO), BMT ning oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO))]
Memorandumga muvofiq, va BMTning Jinoyatchilik va odil sudlov masalalari boʻyicha Mintaqalararo ilmiy-tekshirish instituti tegishli moliyaviy bitim tuzish orqali Markaziy Osiyo boʻyicha Kimyoviy, biologik, radiologik va yadroviy materiallar boʻyicha ilgʻor tajriba markazlari (keyingi oʻrinlarda -mintaqaviy kotibiyat) mintaqaviy kotibiyatini yuritish va uning muvofiq ravishda faoliyat olib borishi bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni qoplashga moliyaviy mablagʻlar taqdim etadi.
2. Mintaqaviy kotibiyat rahbari lavozimiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisi, Milliy koordinator lavozimiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi davlat qoʻmitasining Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamentining Kimyoviy va bakteriologik qurollarni taqiqlash toʻgʻrisidagi konvensiyaning ijrosini nazorat qilish boʻyicha bosh mutaxassis (zimmalariga Mintaqaviy kotibiyat Nizomidan kelib chiqadigan vazifalarni yuklagan holda) tayinlansin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
3. Davlat tashkilotlarining Mintaqaviy kotibiyat bilan oʻzaro xarakatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi davlat qoʻmitasi tomonidan taʼminlanadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi Davlat qoʻmitasi va OʻzByuroKES vakolatli vazirlik va muassasalar bilan birgalikda bir oy muddatda Memorandumga muvofiq ravishda kimyoviy, biologik, radiologik va yadro materiallari boʻyicha milliy ishchi va milliy ekspertlar guruhlari tarkibini belgilash vazifasi yuklansin.
5. Mintaqaviy kotibiyatni quyidagi manzil boʻyicha joylashtirilsin: Toshkent sh., Mirzo Ulugʻbek tumani, Ziyolilar koʻchasi, № 1-uy.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi]
Mintaqaviy kotibiyatni joylashtirish uchun bino ijarasi bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi davlat qoʻmitasi taʼminoti uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi davlat qoʻmitasi bildirishnomalari boʻyicha kimyoviy, biologik va yadro materiallari taʼsirini kamaytirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi chet ellik mutaxassislarga konsullik yigʻimlari va boshqa toʻlovlarni undirmasdan kirish vizalarini rasmiylashtirishni taʼminlash;
Mintaqaviy kotibiyat, shuningdek, uning Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlmagan xodimlari va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasida oʻrnatilgan tartibda akkreditatsiya qilish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.03.00 Davlat boji boʻyicha imtiyozlar;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi davlat qoʻmitasining bildirishnomalari boʻyicha kimyoviy, biologik va yadro materiallari taʼsirini kamaytirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi chet ellik mutaxassislarga davlat boji undirmay, koʻp martalik vizalarni rasmiylashtirish, berish va uzaytirish, shuningdek, yashash joyi boʻyicha vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish va vaqtinchalik propiskani uzaytirishni taʼminlasin.
8. Ushbu qarorning bajalishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari G.I. Ibragimovga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV