1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.06.00 Boshqa bojlar. Yagona boj toʻlovi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.07.00.00 Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali valyuta, tovarlar va transport mahsulotlarini olib oʻtish]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
JISMONIY ShAXSLAR TOMONIDAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA TOVARLAR OLIB KELINIShINI TARTIBGA SOLIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan
Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinishini yanada tartibga solish, ular tomonidan olib kelingan tovarlarning toʻliq hisobga olinishi va sotilishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, 2002-yil 1-avgustdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelishda jismoniy shaxslardan undiriladigan yagona boj toʻlovi belgilangan tartibga va tasdiqlangan stavkalarga muvofiq erkin almashtiriladigan valyutada toʻlanadi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda jismoniy shaxslar tomonidan olib kelinadigan tovarlardan undiriladigan yagona boj toʻlovini undirish tartibini va budjetga oʻtkazish mexanizmini bir hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, jismoniy shaxslar tomonidan tovarlar transport va transport-ekspeditorlik tashkilotlari orqali olib kelinganda bojxonada rasmiylashtirish belgilangan tartibda yagona boj toʻlovini toʻlagan holda bevosita tovar egasi boʻlgan jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Transport va transport-ekspeditorlik tashkilotlarining tashilayotgan yuklarni bojxonada rasmiylashtirishi taqiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 12-iyul,
248-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 13-son, 107-modda, 17-18-son, 142-modda)