1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tamaki xom ashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Tamaki xom ashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini takomillashtirish yoʻli bilan zamonaviy xalqaro talablarga javob beradigan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-sentabrdagi 190-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 9-son, 65-modda) bilan tasdiqlangan Tamaki xom ashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab uch oy oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 15-sentabr,
265-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 265-son qaroriga ILOVA
Tamaki xom ashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“mahalliy qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilaridan tamaki xom ashyosi sotib olishga avans berish agrotexnologiya tadbirlarini oʻz vaqtida amalga oshirish uchun kontrakt summasining kamida 50 foizi miqdorida taʼminlanishi kerak”;
uchinchi xatboshidagi “texnologik asbob-uskunalar” soʻzlaridan keyin “xom ashyoni dastlabki qayta ishlash (tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga berish uchun tamakini dastlabki tozalash va tayyorlash) sexining va ikkilamchi qayta ishlash — sigaret va boshqa tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish sexining” soʻzlari qoʻshilsin;
“Bunda import boʻyicha keltirilgan tamaki xom ashyosining yillik hajmi tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan umumiy yillik hajmning 80 foizidan oshmasligi kerak. Mahalliy qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilaridan tamaki xom ashyosi sotib olishga avans berish agrotexnologiya tadbirlarini oʻz vaqtida amalga oshirish uchun kontrakt summasining kamida 50 foizi miqdorida taʼminlanishi kerak”.
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha taklif qilinayotgan quvvatlarni ishga tushirishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi”;
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 37-son, 486-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)