toggle_night_mode
Hujjat 27.10.2015 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
Qarori
Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilarni saqlash, tashish, berish, qabul qilish, hisobga olish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-apreldagi 96-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi va 1991-yil 25-oktabrdagi 270-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi haqida”gi qarorlariga muvofiq, shuningdek oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilarni saqlash, tashish, berish, qabul qilish, hisobga olish va ulardan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilarni saqlash, tashish, berish, qabul qilish, hisobga olish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Madaniyat va sport ishlari vaziri B. AXMEDOV
Toshkent sh.,
2015-yil 29-iyun,
15-son
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 29-iyun,
9-son
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2015-yil 29-iyundagi 15 va 9-sonli qaroriga
ILOVA
Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilarni saqlash, tashish, berish, qabul qilish, hisobga olish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi
YOʻRIQNOMA
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-apreldagi 96-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi va 1991-yil 25-oktabrdagi 270-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi haqida”gi qarorlariga muvofiq oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilarni saqlash, tashish, berish, qabul qilish, hisobga olish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
pnevmatik sport quroli — siqilgan, suyultirilgan yoki qotirilgan gazsimon modda quvvati hisobiga yoʻnaltirilgan harakatga keluvchi snaryad yordamida nishonni masofadan uruvchi, sportning pnevmatik oʻqotish turlari boʻyicha oʻtkaziladigan mashgʻulot va musobaqalarda foydalanish uchun moʻljallangan qurol;
oʻqotar sport quroli — porox yoki boshqa modda quvvati hisobiga yoʻnaltirilgan harakatga keluvchi snaryad yordamida nishonni masofadan turib mexanik zarar yetkazuvchi, sportning oʻqotar oʻqotish turlari boʻyicha oʻtkaziladigan mashgʻulot va musobaqalarda foydalanish uchun moʻljallangan qurol;
oʻq-dorilar — oʻqotar va pnevmatik sport qurolidan otishga moʻljallangan oʻqlar (patronlar, oʻqchalar);
qurolxona — qurol va oʻq-dorilarni saqlash uchun moʻljallangan, texnik jihatdan mustahkamlangan hamda qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiyasi vositalari bilan jihozlangan inshoot (ombor, xona).
2. Mazkur Yoʻriqnoma oʻqotish sporti tashkilotlariga (sport va sport-texnik klublari, sport maktablari, Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashining hududiy boʻlinmalari hamda tashkilotlari va boshqalar) (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) nisbatan tatbiq etiladi.
2-bob. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilarni saqlash
3. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilar faqat qurolxonada saqlanishi kerak.
Agar tashkilotda qurolxona mavjud boʻlmasa, unga tegishli boʻlgan oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilar boshqa tashkilotga tegishli boʻlgan qurolxonada saqlanishi lozim.
4. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilarni fuqarolarning, shu jumladan tashkilot xodimlarining turar joylarida, shuningdek sport delegatsiyalari (jamoalari) joylashtirilgan joylarda (mehmonxonalar, yotoqxonalar, sport lagerlari va boshqalar) saqlash taqiqlanadi.
5. Oʻqotar sport quroli hamda unga oʻq-dorilar saqlanadigan qurolxonalar idoraviy va sport oʻqotar qurol hamda uning oʻq-dorilari saqlanadigan xonalarning muhandislik-texnik jihatdan mustahkamligi hamda qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiyasi vositalari bilan jihozlanishiga qoʻyiladigan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilar saqlanadigan qurolxonalar oʻqotar sport quroli hamda unga oʻq-dorilar saqlanadigan qurolxonalarga qoʻyiladigan talablarga javob berishi kerak. Pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilar saqlanadigan qurolxonalarning devorlari, shift toʻsinlari va poli ichkari tomondan butun maydon boʻyicha qoʻshimcha ravishda metall panjaralar bilan mustahkamlanishi (armatura bilan jihozlanishi) hamda ichki ishlar organlarining texnik qoʻriqlash punkti qoʻriqloviga topshirilishi talab etilmaydi.
6. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilar qurolxonaning ichida joylashtirilgan qulflanadigan va muhrlanadigan seyflar yoki metall shkaflar (yashiklar)da saqlanadi.
Qurollar oʻq-dorilardan alohida saqlanishi kerak.
7. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilar saqlanadigan seyf va metall shkaflar (yashiklar) devorlarining qalinligi 3 mm dan kam boʻlmasligi, kamida ikkita ichki (oʻyma) qulflar bilan jihozlangan hamda pol yoki devorga qotirilgan (payvandlangan) boʻlishi lozim, katta gabaritli (oʻlchamlari 1500x600x500 mm dan koʻp boʻlgan) va ogʻir (ogʻirligi 700 kg dan ortiq boʻlgan) seyf va metall shkaflar (yashiklar) bundan mustasno.
Seyf va metall shkaflar (yashiklar)ning eshiklari metalli ust-qoʻymalar (nakladka) yoki burchaklar bilan mustahkamlangan boʻlishi kerak.
8. Qurolxonada seyflar, metall shkaflar (yashiklar)ning soni, raqami va qaysi muhr bilan muhrlanishi koʻrsatilgan roʻyxat osilgan boʻlishi kerak.
9. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilarni oʻquv-koʻrgazma qurollari, sport anjomlari va boshqa buyumlar bilan birga saqlash taqiqlanadi.
10. Oʻqotar va pnevmatik sport qurolini tozalash-moylash materiallari (moy, ishqorlar va hokazo) ular uchun ajratilgan maxsus joylarda qurol va oʻq-dorilardan alohida saqlanadi.
11. Qurolxona, oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilar saqlanadigan seyf va metall shkaflar (yashiklar)ning ikkita kalitlar toʻplami boʻlishi kerak. Kalitlarning birinchi toʻplami tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan qurol va oʻq-dorilarning but saqlanishi uchun masʼul shaxsda (bundan buyon matnda saqlash uchun masʼul shaxs deb yuritiladi), ikkinchisi esa, tashkilot rahbarida muhrlangan qutiga joylashtirilgan holda qulflanadigan seyf yoki metall shkafda saqlanishi lozim.
12. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilarning quruq holda saqlanishi taʼminlanishi kerak.
3-bob. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilarni tashish
13. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilar avtomobil, temir yoʻl va havo transportida tashilishi mumkin.
Qurol va oʻq-dorilarni shahar jamoat transportida va ot-aravalarda tashish taqiqlanadi.
14. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilarni tashishda tashkilot rahbari tomonidan ularni tashish uchun masʼul shaxs (bundan buyon matnda tashish uchun masʼul shaxs deb yuritiladi) tayinlanadi.
Oʻqotish mashgʻulotlari va musobaqalari joyiga borgan holda oʻtkazilgan vaqtda oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilarni tashish uchun tashkilot rahbari tomonidan tayinlanadigan oʻqotish rahbari (bundan buyon matnda oʻqotish rahbari deb yuritiladi) masʼul hisoblanadi.
15. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilar belgilangan joyga (tashkilot, ichki ishlar organi, qurol taʼmirlash tashkiloti) yetkazilganda ular tashish uchun masʼul shaxs tomonidan darhol tegishli qurolxonaga topshirilishi lozim.
16. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilar oʻqotish mashgʻulotlari va musobaqalari oʻtkaziladigan joyga yetkazilganda qurol va oʻq-dorilar oʻqotish rahbari tomonidan vaqtinchalik saqlab turish uchun tegishli qurolxonaga darhol topshirilishi kerak.
Agar oʻqotish mashgʻulotlari yoki musobaqalari bir kundan oshmaydigan muddatda (shu kunning oʻzida) oʻtkazilishi moʻljallanayotgan boʻlsa, yetkazilgan qurol va oʻq-dorilar qurolxonaga topshirilmasdan oʻqotish rahbari tomonidan doimiy qarov ostida saqlanadi hamda mashgʻulotlar yoki musobaqalar yakunlanishi bilan ular doimiy saqlanadigan qurolxonaga qaytarib yetkaziladi va topshiriladi.
17. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilar ular uchun moʻljallangan maxsus qutilarda gʻilof kiydirilgan holda tashiladi. Bunda qurol oʻqsizlantirilgan boʻlishi hamda oʻq-dorilardan alohida joylashtirilishi kerak.
18. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilar avtomobil transportida tashilganda, ular avtomobil transportining qulflanadigan kuzovi (bagaj otseki)da tashiladi. Bunda qurol va oʻq-dorilarning begona shaxslar tomonidan koʻzdan kechirilishi imkoniyati istisno etilishi kerak.
19. Avtomobil transportida oʻqotar sport quroli va unga oʻq-dorilarni tashishda tashish uchun masʼul shaxsga tashkilot rahbari tomonidan qoʻshimcha ravishda qoʻriqlovchi shaxs biriktiriladi.
Agar oʻqotar sport qurollari soni oʻnta va undan ortiq boʻlsa yoki ularga oʻq-dorilar soni besh yuzta va undan ortiq boʻlsa, ular ichki ishlar organlari (idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati)ning qurollangan ikki nafar xodimi qoʻriqlovi ostida tashilishi kerak. Qurollar va oʻq-dorilar ikki va undan ortiq avtomobil transportida tashilsa, uch nafar qurollangan xodim boʻlishi lozim.
20. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilarni temir yoʻl transportida tashishda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-apreldagi 109-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transportida yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalari hamda 2011-yil 30-noyabrdagi 314-sonli qarori bilan tasdiqlangan Temir yoʻl vokzallarida (stansiyalarida) yoʻlovchilar va boshqa shaxslarni, qoʻl yukini, bagajni koʻzdan kechirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga rioya etilishi kerak.
21. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilarni havo transportida tashishda Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-iyuldagi 256-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasini gʻayriqonuniy aralashuv harakatlaridan aviatsiya xavfsizligi jihatidan himoyalashni taʼminlash Milliy dasturi hamda Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalari “Xavfli yuklarni havo transportida tashish qoidalari” (OʻzR AQ-198) (roʻyxat raqami 1721, 2007-yil 25-sentabr) talablariga rioya etilishi lozim.
4-bob. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilarni berish va qabul qilish
22. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilar ulardan foydalanuvchi oʻquvchi, sportchi, trener (trener-oʻqituvchi) yoki instruktorga (bundan buyon matnda foydalanuvchi deb yuritiladi) oʻqotish mashgʻulotlarida yoki musobaqalarda foydalanish yoxud qurolni tozalash-moylash uchun beriladi.
23. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilar ular saqlanadigan qurolxonalardan saqlash uchun masʼul shaxs tomonidan beriladi va qabul qilinadi hamda ushbu haqidagi tegishli maʼlumotlar mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq shaklda yuritiladigan jurnalda (bundan buyon matnda jurnal deb yuritiladi) qayd qilinadi.
24. Saqlash uchun masʼul shaxs tomonidan oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilarni foydalanuvchilarga berish uchun mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasiga muvofiq shaklda tasdiqlanadigan oʻqotar va pnevmatik sport qurollarini biriktirish qaydnomasi asos boʻlib hisoblanadi.
Qurollar faqat qaydnomada koʻrsatilgan shaxslarga, oʻqotish mashgʻulotlari va musobaqalari joyiga borgan holda oʻtkazilgan taqdirda esa, oʻqotish rahbariga beriladi.
Mazkur qaydnoma saqlash uchun masʼul shaxs tomonidan har yili 1-yanvar holatiga tuziladi va tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Qaydnomada koʻrsatilgan shaxslar oʻzgargan taqdirda, u yangitdan tuzilishi va qayta tasdiqlanishi kerak.
25. Oʻqotish mashgʻulotlari yoki musobaqalari joyiga borgan holda oʻtkazilgan taqdirda oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilar zarur miqdorda oʻqotish rahbariga beriladi va bu haqda jurnalda tegishli yozuvlar qayd qilinadi.
Oʻqotish mashgʻulotlari va musobaqalari oʻtkaziladigan joyda qurollar va oʻq-dorilar foydalanuvchilarga mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladigan tarqatish-qabul qilish qaydnomasi (bundan buyon matnda tarqatish-qabul qilish qaydnomasi deb yuritiladi) asosida oʻqotish rahbari tomonidan tarqatiladi va qabul qilib olinadi.
Oʻqotish mashgʻulotlari yoki musobaqalari yakunlangandan soʻng qurol va oʻq-dorilar (foydalanilmay qolgan va foydalanishda otilmay qolgan (osechka) oʻq-dorilar) foydalanuvchilar tomonidan oʻqotish rahbariga topshiriladi.
Qurol va oʻq-dorilar (foydalanilmay qolgan va ishlatishda otilmay qolgan (osechka) oʻq-dorilar) oʻqotish rahbari tomonidan ular saqlanadigan qurolxonaga tarqatish-qabul qilish qaydnomasi bilan birga topshiriladi va bu haqda jurnalga tegishli yozuvlar qayd qilinadi.
5-bob. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilarni hisobga olish
26. Tashkilotga foydalanishga qabul qilingan (kirim qilingan) hamda uning hisobida mavjud boʻlgan oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilarning hisobi doimiy ravishda olib borilishi shart.
27. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilarni hisobga olish bilan birga, ularning hisobdan chiqarilishi va hisobda mavjud boʻlgan qurollar va oʻq-dorilarning harakati bilan bogʻliq maʼlumotlar ham umumlashtirib boriladi.
Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilarning hisobi saqlash uchun masʼul shaxs tomonidan olib boriladi.
28. Tashkilotga foydalanishga qabul qilingan oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilar darhol qurolxonaga saqlash uchun topshirilishi va tegishli kirim hujjati (schyot-faktura, yuk xati) asosida har bir tashkilotda yuritiladigan oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilarni hisobga olish kitobida (bundan buyon matnda kitob deb yuritiladi) hisobga olinishi lozim.
29. Kitob uch qismdan iborat boʻladi va saqlash uchun masʼul shaxs tomonidan yuritiladi.
30. Kitobning birinchi qismida oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilarning jamlanma hisobi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi va u mazkur Yoʻriqnomaning 4a-ilovasiga muvofiq shakldagi jadval koʻrinishida har bir qurol (aniq bir turdagi, nomdagi, marka, model va kalibrdagi) hamda unga oʻq-dorilar boʻyicha alohida rasmiylashtiriladi.
Kitobning mazkur qismi qurol va unga oʻq-dorilar hisobga olingan hamda (yoki) hisobdan chiqarilgan vaqtdagi ularni hisobda mavjud boʻlgan jami miqdorini aniqlash uchun yuritiladi. Bunda hisobda mavjud boʻlgan qurol va unga oʻq-dorilarning jami miqdori aniq bir sanada hisobga olingan va (yoki) hisobdan chiqarilgan qurol hamda unga oʻq-dorilarning miqdorini ularning mavjud miqdoridan ayirish va (yoki) unga qoʻshish orqali aniqlanadi.
31. Kitobning ikkinchi qismida oʻqotar va (yoki) pnevmatik sport qurolining individual hisobi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi va u mazkur Yoʻriqnomaning 4b-ilovasiga muvofiq shaklda yuritiladi.
Kitobning mazkur qismida har bir qurol boʻyicha uning hisobga olingan sanasi, tashkilotga qachon va qayerdan kelib tushganligi, hisobga olish uchun asos boʻlgan kirim hujjatining (schyot-faktura, yuk xati) raqami va sanasi, qurolga oid individual maʼlumotlar, qurolning hisobdan chiqarilishi va uni taʼmirlash uchun yuborilishi, shuningdek uning texnik holati va yaroqlilik toifasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettiriladi.
32. Kitobning uchinchi qismida oʻqotar va pnevmatik sport quroliga oʻq-dorilarning hisobi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi va u mazkur Yoʻriqnomaning 4v-ilovasiga muvofiq shaklda yuritiladi.
Kitobning mazkur qismida oʻq-dorilarning hisobga olingan sanasi, tashkilotga qachon va qayerdan kelib tushganligi, hisobga olish uchun asos boʻlgan kirim hujjatining (schyot-faktura, yuk xati) raqami va sanasi, ularning turi, kalibri, ishlab chiqarilgan yili va partiyasi, miqdori hamda hisobdan chiqarilishi, shuningdek ularning yaroqlilik holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettiriladi.
33. Oʻqotar yoki pnevmatik sport quroli tashkilot tomonidan berib yuborilishi, yoʻqotilishi (talon-toroj qilinishi) yoki yaroqsiz holga kelishi oqibatida, tegishlicha chiqim hujjati (schyot-faktura, yuk xati), surishtiruv yoki dastlabki tergov organining tegishli qarori yoxud qurol va unga oʻq-dorilarning yaroqlilik holatini oʻrganish natijalari boʻyicha dalolatnoma asosida hisobdan chiqariladi. Bu haqda hisobdan chiqarishning sababi va uni tasdiqlovchi hujjat haqida maʼlumotlar koʻrsatilgan holda kitobning ikkinchi qismida qayd qilib qoʻyilishi lozim.
34. Oʻq-dorilar tashkilot tomonidan berib yuborilishi, oʻtkazilgan oʻqotish mashgʻulotlari va (yoki) musobaqalarda sarflanishi, yoʻqotilishi (talon-toroj qilinishi) yoxud yaroqsiz holga kelishi oqibatida, tegishlicha chiqim hujjati (schyot-faktura, yuk xati), oʻqotish mashgʻuloti va (yoki) musobaqada sarflangan oʻq-dorilarni hisobdan chiqarish boʻyicha dalolatnoma, surishtiruv yoki dastlabki tergov organining tegishli qarori yoxud qurol va unga oʻq-dorilarning yaroqlilik holatini oʻrganish natijalari boʻyicha dalolatnoma asosida hisobdan chiqariladi. Bu haqda hisobdan chiqarishning sababi va uni tasdiqlovchi hujjat haqida maʼlumotlar koʻrsatilgan holda kitobning uchinchi qismida qayd qilib qoʻyilishi lozim.
35. Qurolxonada saqlanayotgan qurol va oʻq-dorilarning texnik va yaroqlilik holatini aniqlash hamda qurollarning yaroqlilik toifasini belgilash uchun tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan kamida uch kishidan, shu jumladan komissiya raisidan iborat tarkibda Qurol va oʻq-dorilarning texnik va yaroqlilik holatini aniqlash komissiyasi tuziladi.
Zarur hollarda komissiya ish faoliyatiga boshqa tashkilotlarning mutaxassislari hamda hududiy ichki ishlar organining masʼul xodimi taklif etilishi mumkin.
36. Qurol va oʻq-dorilarning texnik va yaroqlilik holatini aniqlash komissiyasi tomonidan yiliga kamida bir marta qurollarning texnik holati va yaroqlilik toifasi hamda oʻq-dorilarning yaroqlilik holati oʻrganiladi.
Bunda taʼmirlashga muhtoj boʻlgan qurol yoxud yaroqsiz holga kelgan qurol yoki oʻq-dorilar aniqlanganda ular boʻyicha tegishlicha mazkur Yoʻriqnomaning 5 va 6-ilovalariga muvofiq shaklda dalolatnomalar rasmiylashtiriladi.
Dalolatnomada tegishlicha qurolni taʼmirlashga yuborish yoki yaroqsiz holga kelganligi sababli qurol yoki oʻq-dorilarni hisobdan chiqarish va yoʻq qilish uchun yuborish boʻyicha xulosa qilinadi.
Mazkur dalolatnomalar komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi va tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
37. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli taʼmirlash uchun yuborilganda uning taʼmirlashga yuborilganligi va taʼmirlashdan qaytarilganligi haqida kitobning ikkinchi qismida tegishli yozuv qayd qilinadi.
Taʼmirlash uchun yuborilgan qurol hisobdan chiqarilmaydi.
38. Yaroqsiz holga kelgan deb xulosa qilingan va hisobdan chiqarilgan qurol va (yoki) oʻq-dorilar ularni yoʻq qilish uchun hududiy ichki ishlar organiga yuboriladi.
39. Oʻtkazilgan oʻqotish mashgʻulotlari va (yoki) musobaqalarda sarflangan oʻq-dorilar (foydalanilgan hamda foydalanishda otilmay qolgan (osechka) oʻq-dorilar) boʻyicha mazkur Yoʻriqnomaning 7-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Dalolatnomada sarflanganligi sababli hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan oʻq-dorilarning miqdori koʻrsatiladi.
Mazkur dalolatnoma saqlash uchun masʼul shaxs tomonidan jurnalda qayd qilingan maʼlumotlarga asoslangan holda tuziladi va u tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
40. Tashkilotda hisobga olingan (balansda) mavjud boʻlgan oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilar yiliga kamida bir marta inventarizatsiyadan oʻtkazilishi shart.
41. Inventarizatsiyani oʻtkazish uchun tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan kamida uch nafar aʼzodan, shu jumladan komissiya raisidan iborat tarkibda Qurol va oʻq-dorilarni inventarizatsiyadan oʻtkazish komissiyasi tuziladi.
Uning tarkibiga saqlash uchun masʼul shaxs va tashkilot buxgalteriyasi xodimi majburiy ravishda kiritiladi. Zarur hollarda komissiya ish faoliyatiga hududiy ichki ishlar organining masʼul xodimi taklif etilishi mumkin.
42. Inventarizatsiyani oʻtkazishda buxgalteriya hisobida koʻrsatilgan hamda kitobda hisobga olingan oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilar ularning faktik mavjudligi bilan solishtirib chiqiladi va natijasi boʻyicha dalolatnoma tuziladi.
Dalolatnoma komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi va tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
43. Inventarizatsiya natijasida tafovut (qurol yoxud unga oʻq-dorilar kamomadi (yoʻqolganligi) yoki ortiqcha mavjudligi) aniqlanganda tashkilot rahbari bu haqda hududiy ichki ishlar organiga va idoraviy mansub boʻlgan tashkilotga (agar mavjud boʻlsa) xabar berilishini taʼminlashi shart.
6-bob. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilardan foydalanish
44. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilardan faqat oʻqotish mashgʻulotlari yoki musobaqalarida foydalaniladi.
45. Har bir tashkilot tomonidan oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilardan xavfsiz foydalanish qoidalari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi kerak.
46. Foydalanuvchilar oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilardan xavfsiz foydalanish qoidalari bilan tanishtirilgandan soʻng ulardan foydalanishga ruxsat beriladi.
47. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilar foydalanish uchun olinganda foydalanuvchi tomonidan jurnalning yoxud tarqatish-qabul qilish qaydnomasining tegishli katagiga imzo qoʻyiladi.
48. Oʻqotar va pnevmatik sport qurolidan faqat maxsus jihozlangan muhandislik-texnik inshooti (tir, stend, oʻqotish maydoni)da foydalanishga ruxsat beriladi.
49. Oʻqotish mashgʻulotlari yoki musobaqalari jarayonida oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilarni oʻqotish chizigʻi, oʻtish yoʻllari va boshqa joylarda foydalanuvchining qarovisiz qoldirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
50. Oʻqotish mashgʻulotlari yoki musobaqalari jarayonida oʻqotar va pnevmatik sport qurolini oʻqlash hamda undan nishonga otish va qurol bilan bogʻliq boshqa harakatlarni bajarish faqatgina trener (trener-oʻqituvchi, instruktor)ning ruxsati bilan hamda uning nazorati ostida amalga oshiriladi.
51. Quyidagi hollarda oʻqotar va pnevmatik sport qurolidan foydalanish taqiqlanadi:
kunning kechki va tungi vaqtlarida, yaxshi koʻrinmaydigan sharoitlarda;
foydalanuvchi mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki odamning aql-irodasiga taʼsir etuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida boʻlganda;
qurol nosoz boʻlganda.
52. Oʻqotar va pnevmatik sport qurolidan foydalanishda uni otish yoʻnalishidan (nishon) tashqari boshqa tomonlarga qaratishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qurolni odam(lar)ga qaratish va oʻqtalish taqiqlanadi.
53. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilar (foydalanilmagan hamda foydalanishda otilmay qolgan (osechka) oʻq-dorilar) oʻqotish mashgʻuloti yoki musobaqasi yakunlanganidan soʻng foydalanuvchi tomonidan qurolxonaga, oʻqotish mashgʻuloti yoki musobaqa joyiga borib oʻtkazilgan paytda esa, oʻqotish rahbariga darhol topshirilishi shart.
54. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli foydalanuvchi tomonidan uni tozalash-moylash uchun olinishi mumkin. Bunda jurnalning tegishli qismida uning tozalash-moylash uchun olinganligi koʻrsatiladi va foydalanuvchi tomonidan imzo qoʻyiladi.
Qurolni tozalash-moylash ishlari bu uchun ajratilgan maxsus joylarda va tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan jadval asosida amalga oshiriladi.
55. Foydalanuvchi foydalanish uchun olingan qurol va oʻq-dorilarning butligini taʼminlashi hamda ulardan xavfsiz foydalanish qoidalariga rioya etishi shart.
7-bob. Yakuniy qoidalar
56. Qurolxonada saqlanayotgan oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilar bir nechta tashkilotga tegishli boʻlsa, ular boʻyicha jurnal va kitob har bir tashkilot tomonidan alohida yuritiladi.
57. Jurnal va kitob hududiy ichki ishlar organida hisobga qoʻyilgan boʻlishi kerak.
58. Saqlash uchun masʼul shaxs almashganda jurnal va kitob yangidan tayinlangan shaxsga qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida topshirilishi shart.
Mazkur dalolatnoma tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
59. Jurnal va kitobning titul varagʻi qalin material (karton)dan ishlangan boʻlishi va unda tashkilot hamda u idoraviy mansub boʻlgan tashkilotning (agar mavjud boʻlsa) nomi, shuningdek u qachon yuritilishi boshlangani va tugatilgani koʻrsatilishi zarur.
Jurnal va kitobning titul varagʻi mazkur Yoʻriqnomaning 8-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
60. Jurnal va kitob betlari izchil ketma-ketlikda raqamlangan va ip oʻtkazib tikilgan boʻlishi kerak.
Jurnal va kitobning oxirgi betida uning nechta betdan iborat ekanligi koʻrsatilishi va ushbu maʼlumot tashkilot rahbarining imzosi hamda muhri, shuningdek hududiy ichki ishlar organi masʼul xodimining imzosi va muhri bilan tasdiqlanishi lozim.
Jurnal va kitobning oxirgi varagʻi mazkur Yoʻriqnomaning 9-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
61. Jurnal va kitobdagi yozuvlar koʻk yoki qora rangli sharikli ruchka bilan aniq yozilishi shart. Yozuvni qayd qilishda oʻchirish va tuzatishlarga yoʻl qoʻyilmaydi. Xato yozilganda u matnni oʻqish imkoniyatini beradigan holda ingichka chiziq bilan oʻchirilib, uning tepasidan toʻgʻirlangan yozuv kiritiladi va tegishli yozuv kiritilgan satrning izoh qismida “tuzatildi” deb yozib qoʻyiladi hamda matnni toʻgʻirlagan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.
62. Jurnal va kitob toʻliq toʻldirilguncha yuritiladi.
63. Jurnal va kitobning butligi va toʻgʻri toʻldirilishiga saqlash uchun masʼul shaxs javobgar hisoblanadi.
64. Jurnal va kitob qurolxonaning ichida joylashtirilgan qulflanadigan seyf yoki metall shkaf (yashik)da saqlanadi.
65. Mazkur Yoʻriqnoma talablarini buzgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
66. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi, Oʻzbekiston oʻqotish sporti federatsiyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan kelishilgan.
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
2015-yil 15-iyun
Mudofaa vaziri K. BERDIYEV
2015-yil 16-iyun
Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi raisi R. NIYAZOV
2015-yil 16-iyun
Oʻzbekiston oʻq otish sporti federatsiyasi raisi R. EMINJANOV
2015-yil 18-iyun
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A. RAMATOV
2015-yil 22-iyun
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK bosh direktori V. TYAN
2015-yil 22-iyun
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻi V. ISMOILOV
2015-yil 25-iyun
Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilarni saqlash, tashish, berish, qabul qilish, hisobga olish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
1-ILOVA

‎‎Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilarni berish va qabul qilish
‎JURNALI

T/r‎‏

‎‏‎‏Qurol va unga oʻq-dorilarni foydalanish uchun olgan shaxsning F.I.O.‎

Foydalanish uchun olingan qurol va unga oʻq-dorilar, foydalanish maqsadi‎‎

Qurol va unga oʻq-dorilar olingan sana va vaqt ‎‎

Qurol va unga oʻq-dorilarni foydalanishga olgan shaxsning imzosi ‎‏

Qaytarib topshirilgan qurol va unga oʻq-dorilar ‎‎‎

Qurol va unga oʻq-dorilar qaytarib topshirilgan sana va vaqt ‎‏‎

Qurol va unga oʻq-dorilarni qabul qilib olgan shaxs (saqlash uchun masʼul shaxs)ning imzosi‎‏‎

Izoh‎‏

qurolning turi, nomi, markasi, modeli va kalibri‎‏

qurolning zavod seriyasi va raqami ‎‏

qurolga oʻq-dorilar soni (dona) ‎‏

foydalanish maqsadi (mashgʻulot, musobaqa, tozalash-moylash) ‎‏

sana (kun, oy, yil)‎‎‏

‎vaqt (soat, daqiqa)

qurolning turi, nomi, markasi, modeli va kalibri‎‎‏

qurolning zavod seriyasi va raqami ‎‏

oʻq-dorilar (dona)‎‎

foydalanilmay qolgan‎

foydalanishda otilmay qolgan (osechka)‎

sana (kun, oy, yil)‎

vaqt (soat, daqiqa) ‎

1‎

2‎

3

4‎

5‎

6‎

7

8‎

9

10

‎11

12‎

‎13

‎14

15

16

Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilarni saqlash, tashish, berish, qabul qilish, hisobga olish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
2-ILOVA

“TASDIQLAYMAN”
‎________________________
‎(tashkilot rahbarining F.I.O.)
‎_______________________
‎___________
‎(imzo)
‎20 ____ yil “____”_____________ ‎‎

M.Oʻ.‎

‎‎_________________________________________________________ da
‎(tashkilot nomi)

‎‎Oʻqotar va pnevmatik sport qurolini biriktirish
‎QAYDNOMASI

T/r‎‏

‎‎Qurol biriktirilgan foydalanuvchining F.I.O.‏

Biriktirilgan qurol‎‎

Qurol biriktirilgan foydalanuvchining imzosi‏

Izoh‎‏

turi, nomi, markasi va modeli ‎‎

kalibri‎‎

zavod seriyasi va raqami‎

1‎‎

2‎‎

3‎

4‎

5‎‎

6‎

‎Qaydnomani tuzuvchi: ____________________________ __________ 20 __ yil “__”_________

‎‎‎‎(saqlash uchun masʼul shaxsning F.I.O.) (imzo)‎‎

Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilarni saqlash, tashish, berish, qabul qilish, hisobga olish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
3-ILOVA

‎‎Oʻqotish mashgʻulotlari yoki musobaqalari oʻtkazilgan joyda oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilarni foydalanuvchilarga tarqatish-qabul qilish
‎QAYDNOMASI

________________________________________________________________________________‎‎‎

(tashkilot nomi)‎

________________________________________________________________________________‎‎‎‎

(oʻqotish mashgʻulotlari yoki musobaqalari oʻtkazilgan joyning nomi va manzili)‎‎‎

‎‎________________________________________________________________________________‎
20____ yil “____”_______________ ‎‎

‎‏T/r‎

‎‏‎‏Qurol va unga oʻq-dorilarni foydalanish uchun olgan shaxsning F.I.O.

Foydalanish uchun olingan qurol va unga oʻq-dorilar‎‎

Qurol va unga oʻq-dorilar olingan vaqt

Qurol va unga oʻq-dorilarni foydalanishga olgan shaxsning imzosi ‎‏

Qaytarib topshirilgan qurol va unga oʻq-dorilar ‎‎

Qurol va unga oʻq-dorilar qaytarib topshirilgan vaqt

Qurol va unga oʻq-dorilarni qabul qilib olgan shaxs (oʻqotish rahbari)ning imzosi‎‏

Izoh‎‏

‎‏qurolning turi, nomi, markasi, modeli va kalibri

qurolning zavod seriyasi va raqami ‎‏

qurolga oʻq-dorilar soni (dona) ‎‏

vaqt (soat / daqiqa) ‎‏

qurolning turi, nomi, markasi, modeli va kalibri ‎‏

qurolning zavod seriyasi va raqami ‎‏

‎‎oʻq-dorilar (dona)

foydalanilmay qolgan ‎

foydalanishda otilmay qolgan (osechka)‎

vaqt (soat / daqiqa) ‎

‎1

‎2

‎3

‎4

‎5

‎6

‎7

‎8

‎9

10‎

11‎

12‎

‎13

Oʻqotish rahbari: ___________________________________________________________________________________ ____________________ 20____ yil “____” ___________________

‎‎(lavozim va F.I.O.)

(imzo)‎

Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilarni saqlash, tashish, berish, qabul qilish, hisobga olish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
4a-ILOVA

‎‎Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilarning hisobini yuritish
‎KITOBI
‎(kitobning birinchi qismi)
‎Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilarning jamlanma
‎ HISOBI

T/r‎‏

Yozuv kiritilgan sana

____________________________
‎‎‎(qurolning turi, nomi, markasi, modeli va kalibri)

____________________________
(qurolga oʻq-dorilar (partiya, kalibri)‎‎‎

hisobga olingan ‎

hisobdan chiqarilgan‎

hisobda mavjud‎

hisobga olingan ‎

hisobdan chiqarilgan‎

hisobda mavjud

1

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilarni saqlash, tashish, berish, qabul qilish, hisobga olish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
4b-ILOVA

Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilarning hisobini yuritish
‎KITOBI

‎‎(kitobning ikkinchi qismi)
‎Oʻqotar va pnevmatik sport qurolining individual
‎HISOBI

‎‏
‎‏T/r

‎‏Qurol hisobga olingan sana

Qurol qaysi tashkilotdan kelib tushganligi va sanasi‎‏

‎‏Kelib tushgan qurolning kirim hujjati (schyot-faktura, yuk xati) sanasi va raqami

Hisobga olingan qurolga oid individual maʼlumotlar‎‎

Qurolning hisobdan chiqarilishiga oid maʼlumotlar‎‎

Qurolning taʼmirlash uchun yuborilganligi haqida maʼlumot‎‎

Qurolning texnik holati va yaroqlilik toifasi‎‏

Izoh‎‏

turi, nomi, markasi va modeli ‎‏

kalibri‎‏‎

ishlab chiqarilgan yili‎‏

zavod seriyasi va raqami‎‏

hisobdan chiqarilishi sababi (berib yuborilishi, yoʻqotilishi (talon-toroj qilinishi) yoki yaroqsiz holga kelishi)‎‏

hisobdan chiqarish uchun asos boʻlgan hujjat, uning raqami va sanasi ‎‏

hisobdan chiqarilgan sana ‎‏

taʼmirlash uchun yuborilganligi‎‎

taʼmirlashdan qaytarilganligi‎‎‎

yuborilgan tashkilot nomi, yuborilgan sana ‎

yuk xatining raqami va sanasi ‎

qaytarilgan sana‎

yuk xatining raqami va sanasi ‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎

13‎

14‎

15‎

16‎

Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilarni saqlash, tashish, berish, qabul qilish, hisobga olish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
4v-ILOVA

‎‎Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilarning hisobini yuritish
‎KITOBI
‎(kitobning uchinchi qismi)
‎Oʻqotar va pnevmatik sport quroliga oʻq-dorilarning
‎HISOBI

T/r‎‏

Oʻq-dorilar hisobga olingan sana‎‏

Oʻq-dorilar qaysi tashkilotdan kelib tushganligi va sanasi‎‏

Kelib tushgan oʻq-dorilarning kirim hujjati (schyot-faktura, yuk xati) sanasi va raqami‎

Hisobga olingan oʻq-dorilarga oid maʼlumotlar ‎‎

Oʻq-dorilarning hisobdan chiqarilishiga oid maʼlumotlar‎‎

Oʻq-dorilarning yaroqlilik holati

Izoh‎
miqdori (dona)‎

turi‎

kalibri‎

ishlab chiqarilgan yili va partiyasi

miqdori (dona)

hisobdan chiqarilishi sababi (berib yuborilishi, sarflanishi, yoʻqotilishi (talon-toroj qilinishi) yoki yaroqsiz holga kelishi)‎

hisobdan chiqarish uchun asos boʻlgan hujjat, uning raqami va sanasi‎‎

hisobdan chiqarilgan sana ‎‎

‎1

‎2

‎3

‎4

‎5

‎6

7‎

8‎

9‎

‎10

11‎

12‎

Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilarni saqlash, tashish, berish, qabul qilish, hisobga olish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
5-ILOVA

‎‎“TASDIQLAYMAN”

‎‎_____________________________
‎(tashkilot rahbarining F.I.O.)
‎_____________________________
‎_____________________________
‎(imzo)
‎20____ yil “____”______________

‎‎M.Oʻ.

‎‎Oʻqotar va pnevmatik sport qurollarining texnik holatini oʻrganish natijalari boʻyicha
‎DALOLATNOMA

‎‎20____ yil “____” ____________

_____________ shahri‎‎

(joy nomi)‎

‎‎Qurol va oʻq-dorilarning texnik va yaroqlilik holatini aniqlash komissiyasi tomonidan _____________________________________________ da hisobda mavjud boʻlgan oʻqotar va

‎‎(tashkilot nomi)

pnevmatik sport qurollarining texnik holati oʻrganib chiqilib, quyidagilar aniqlandi:

T/r‎

Qurolning turi, nomi, markasi va modeli, ishlab chiqarilgan yili hamda zavod seriyasi va raqami ‎

Qurolning hisobga olingan sanasi ‎

Qurolning texnik holati haqida qisqacha tavsif‎

Qurolning taʼmirlanishga muhtojligini bildiruvchi sabab (lar)‎

Qurolni taʼmirlash darajasi (qisman, oʻrtacha yoki toʻlaligicha) va uning qisqacha tavsifi ‎

Izoh‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

‎‎Yuqoridagilardan kelib chiqib, komissiya tomonidan jadvalda koʻrsatilgan taʼmirlanishga muhtoj deb topilgan qurollarni taʼmirlashga yuborilishi taklif etiladi.

Komissiya raisi‎‎

______________________‎‎

_________‎

‎‎

(F.I.O.)‎‎

(imzo)‎

Komissiya aʼzolari:‎‎

______________________‎‎

_________‎ ‎

(F.I.O.)‎‎

(imzo)‎

______________________‎‎

‎_________‎

(F.I.O.)‎‎

(imzo)‎

______________________‎‎

‎_________‎

(F.I.O.)‎‎

(imzo)‎

Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilarni saqlash, tashish, berish, qabul qilish, hisobga olish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
6-ILOVA

“TASDIQLAYMAN” ‎‎

________________________________
‎(tashkilot rahbarining F.I.O.)
‎________________________________
‎________________________________
‎(imzo)
‎20____ yil “____”______________ ‎‎

M.Oʻ.‎‎

Oʻqotar va pnevmatik sport quroli va unga oʻq-dorilarning yaroqlilik holatini oʻrganish natijalari boʻyicha
‎DALOLATNOMA ‎‎

20___ yil “___” __________‎‎

___________ shahri‎‎

(joy nomi)‎‎

‎‎Qurol va oʻq-dorilarning texnik va yaroqlilik holatini aniqlash komissiyasi tomonidan _____________________________________________ da hisobda mavjud boʻlgan oʻqotar va

(tashkilot nomi)‎‎

pnevmatik sport qurollari hamda ularga oʻq-dorilarning yaroqlilik holati oʻrganib chiqilib, quyidagilar aniqlandi:‎‎

T/r‎

Qurolning turi, nomi, markasi va modeli, ishlab chiqarilgan yili hamda zavod seriyasi va raqami (oʻq-dorilarning turi, kalibri, ishlab chiqarilgan yili va partiyasi hamda ularning miqdori)‎

Qurol (oʻq-dorilar)ning hisobga olingan sanasi ‎

Qurol (oʻq-dorilar)ning yaroqsiz holga kelganligini bildiruvchi sabab (lar)‎

Qurolning yaroqlilik toifasi (oʻq-dorilarning yaroqlilik holati) boʻyicha qisqacha tavsifi‎

Izoh‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

‎‎Yuqoridagilardan kelib chiqib, komissiya tomonidan jadvalda koʻrsatilgan yaroqsiz holga kelgan deb topilgan qurol (oʻq-dorilar)ning hisobdan chiqarilishi va yoʻq qilish uchun yuborilishi taklif etiladi.

Komissiya raisi‎

______________________‎

____________‎

(F.I.O.)‎

‎(imzo)

Komissiya aʼzolari:‎

____________________‎‎‎‎

____________‎ ‎

(F.I.O.)‎‎

(imzo)‎

____________________‎‎‎‎

‎____________‎

‎‎(F.I.O.)

(imzo)‎

____________________‎‎‎‎

‎____________‎

‎‎(F.I.O.)

(imzo)‎

Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilarni saqlash, tashish, berish, qabul qilish, hisobga olish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
7-ILOVA

‎‎“TASDIQLAYMAN”

‎‎__________________________
‎(tashkilot rahbarining F.I.O.)
‎__________________________
‎__________________________
‎(imzo)
‎20__ yil “__”______________

‎‎Oʻqotish mashgʻuloti va (yoki) musobaqalarda sarflangan oʻq-dorilarni hisobdan chiqarish boʻyicha
‎DALOLATNOMA

20____ yil “____” ____________

______________________ shahri‎‎

(joy nomi)‎

Men, ________________________________________________________________________

‎‎(saqlash uchun masʼul shaxsning F.I.O.)

‎‎__________________________________________________________________________ da
‎(tashkilot nomi)

hisobda mavjud boʻlgan, oʻqotish mashgʻuloti va (yoki) musobaqalarda foydalanuvchilarga berilgan va ular tomonidan sarflangan oʻq-dorilarning miqdorini oʻrganib chiqib, quyidagilarni aniqladim:

T/r‎

Qurolning turi, nomi, markasi va modeli ‎

Foydalanuvchiga berilgan qurolga oʻq-dorilarning jami miqdori (dona) ‎

Berilgan oʻq-dorilarning sarflangan jami miqdori (dona) ‎

Izoh‎

1‎

2‎

3‎

4‎

Yuqoridagilardan kelib chiqib, jadvalda koʻrsatilgan sarflangan oʻq-dorilarni hisobdan chiqarishni taklif etaman.

Dalolatnomani tuzuvchi‎‎:‎‎

____________________‎

____________‎

(saqlash uchun masʼul shaxsning F.I.O.) ‎

(imzo) ‎

Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilarni saqlash, tashish, berish, qabul qilish, hisobga olish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
8-ILOVA
Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda ularga oʻq-dorilarni berish va qabul qilish jurnali (Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda ularga oʻq-dorilarning hisobini yuritish kitobi) titul varagʻining
SHAKLI
Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilarni saqlash, tashish, berish, qabul qilish, hisobga olish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
9-ILOVA
Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda ularga oʻq-dorilarni berish va qabul qilish jurnali (Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda ularga oʻq-dorilarning hisobini yuritish kitobi) oxirgi varagʻining
SHAKLI
Keyingi tahrirga qarang.