1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.84.00 (Кучини йукотган) Chet ellik fuqarolarni oʻquv muassasalariga oʻqishga qabul qilish;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining
buyrugʻi
“Xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasida davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 22-iyulda 1992-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 29-maydagi 1-mh-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasi davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga xorijiy fuqarolar tomonidan oʻqishga kirish uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1992-4, 06.06.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-martdagi 52-son “Xalq taʼlimi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2009-yil 6-iyuldagi 180-son “Xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasida davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1992, 2009-yil 5-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 32-33-son, 365-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2015-yil 21-iyul,
18-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 21-iyuldagi 18-mh-son buyrugʻiga ILOVA
“Xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasida davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga xorijiy fuqarolar tomonidan oʻqishga kirish uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”;
“1. Oʻzbekiston Respublikasi davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga xorijiy fuqarolar tomonidan oʻqishga kirish uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.”.
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga xorijiy fuqarolar tomonidan oʻqishga kirish uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”;
“1. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-avgustdagi 169-son “Xorijiy fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish va oʻqitish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga (bundan buyon matnda maktab deb yuritiladi) xorijiy fuqarolar tomonidan oʻqishga kirish uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.”;
“bola ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoxud notarial tasdiqlangan ishonchnoma orqali belgilangan vakillarning bolani maktabga qabul qilish toʻgʻrisidagi arizasi;”;
g) 7-banddagi “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimiga” degan soʻzlar “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
d) 8-banddagi “xalq taʼlimi boʻlimlari” degan soʻzlar “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. VAXABOV
2015-yil 20-iyul
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
2015-yil 20-iyul
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
2015-yil 20-iyul
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2015-yil 20-iyul
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 29-son, 391-modda)