Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon qoʻmitasini Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasiga aylantirish toʻgʻrisida” 2000-yil 7-fevraldagi PF–2536-son
Farmonini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi respublika oʻrmon xoʻjaligini davlat tomonidan boshqarish organi funksiyalarini amalga oshiradi, oʻrmonlarning saqlanishi, qayta barpo etilishi, muhofaza qilishini hamda oʻrmon fondi yerlaridan samarali foydalanilishi uchun javob beradi, respublika boshqa idoralarining foydalanilmaydigan yerlarda tabiatni muhofaza etuvchi va dalalarni ihota qiluvchi daraxtzorlar barpo etish hamda ulardan foydalanish boʻyicha faoliyatini tashkil etadi va muvofiqlashtirib boradi.
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi markaziy apparati hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash ularga qarashli korxonalar ajratmalari hisobiga amalga oshiriladi.
3. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga koʻra vazir oʻrinbosari hisoblanadi va Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasiga boshliqning ikki nafar oʻrinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻlishiga ruxsat etilsin, ular lavozimga Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri tomonidan tayinlanadilar.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi:
bir oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi hamda viloyatlar oʻrmon xoʻjaligi boshqarmalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda Moddiy texnika taʼminoti boʻyicha respublika oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarish birlashmasini belgilangan tartibda xoʻjalik hisobidagi firmaga aylantirish masalasini bir oy muddatda koʻrib chiqsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 17-iyuldagi 192-son
qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi hamda Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi bilan birgilikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida 15 kun muddatda takliflar kiritsin.
7. Mazkur qarorning bajaralishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.M. Olimjonov zimmasiga yuklansin.