Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida uy-joy-kommunal xizmatlarning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy-kommunal xizmatlarning oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashiga bosqichma-bosqich oʻtish munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1996-yil 30-iyuldagi 271-son
qaroriga quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
5-ilovaning
2-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Uy ichidagi tarmoqlarga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha xarajatlar miqdorini hisoblab chiqarish va uni toʻlash kommunal- uy-joydan foydalanish tashkilotlari bilan, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, kommunal xizmatlar koʻrsatuvchilar oʻrtasidagi shartnoma bilan aniqlanadi”;
5-ilovaning
II boʻlimi nomidagi “qoplash” soʻzidan keyin “normativ” soʻzi qoʻshilsin va davomi matn boʻyicha.