toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga doir Konvensiyalar va Bayonnomaga qoʻshilish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Havo kemalarining qonunga xilof tarzda bosib olinishiga qarshi kurashish toʻgʻrisida 1970-yil 16-dekabrda Gaagada qabul qilingan Konvensiyaga qoʻshilinsin;
Fuqaro aviatsiyasining xavfsizligiga qarshi qaratilgan qonunga xilof tarzdagi xatti-harakatlarga qarshi kurashish toʻgʻrisida 1971-yil 23-sentabrda Monrealda qabul qilingan Konvensiyaga qoʻshilinsin;
Fuqaro aviatsiyasining xavfsizligiga qarshi qaratilgan qonunga xilof tarzdagi xatti-harakatlarga qarshi kurashish toʻgʻrisida 1971-yil 23-sentabrda Monrealda qabul qilingan Konvensiyani toʻldiruvchi xalqaro Fuqaro aviatsiyasiga xizmat koʻrsatuvchi aeroportlardagi qonunga xilof tarzdagi zoʻrlik xatti-harakatlariga qarshi kurashish haqida 1988-yil 24-fevralda Monrealda imzolangan Bayonnomaga qoʻshilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisi vazifasini bajaruvchi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1993-yil 29-dekabr,
1016-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 1-son, 25-modda)