1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida” 2002-yil 30-maydagi PF-3079-son Farmonini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.09.00.00 Imtiyozlar / 06.09.04.00 Pensionerlarga imtiyozlar;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.17.00.00 Harbiy xizmatchilar maqomi. Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish / 15.17.04.00 Xizmatni alohida sharoitlarda oʻtaganlik bilan bogʻliq imtiyozlar]
1. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-maydagi PF-3079-son Farmonida nazarda tutilgan imtiyozlar mazkur Farmon qabul qilingan sanada yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtaganligi toʻgʻrisida belgilangan tartibda berilgan tasdiqnomaga ega boʻlgan shaxslarga, ular pensiya yoshiga yetganda tatbiq etiladi.
Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagani toʻgʻrisidagi tasdiqnomaga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslarni:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.13.00 Sanatoriya-kurort davolanish]
sanatoriy-kurortga har yilgi bepul yoʻllanmalar bilan taʼminlash, tibbiy maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda ishlayotganlar uchun ish joyi boʻyicha Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining ijtimoiy sugʻurta budjeti mablagʻlari hisobiga, ishlamayotganlar uchun esa bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari orqali davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
LexUZ sharhi
2-bandning ikkinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-avgustdagi 234-sonli qaroriga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Mazkur xatboshining rus tilidagi matniga qarang.
LexUZ sharhi
2-bandning ikkinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qaroriga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Mazkur xatboshining rus tilidagi matniga qarang.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.05 Protez-ortopediya yordami]
bepul protez-ortopediya buyumlari (tishni protezlashdan tashqari) va eshitish apparatlari bilan taʼminlash belgilangan tartibda berilgan tibbiy xulosalarga binoan amalga oshiriladi.
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.02.00 Kompensatsiya va boshqa ijtimoiy toʻlovlar / 06.07.02.03 Boshqa kompensatsiya toʻlovlari;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.09.00.00 Imtiyozlar / 06.09.01.00 Nogironlar uchun imtiyozlar]
3. Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi nogironligi boʻlgan shaxs shaxslarga sogʻlomlashtirish uchun har yili bir yoʻla beriladigan moddiy yordam:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
ishlamayotgan nogironligi boʻlgan shaxslarga — yashash joyidagi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari tomonidan;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
ishlayotgan nogironligi boʻlgan shaxslarga — asosiy ish joyidan toʻlanadi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.03.00 Tibbiy koʻriklar. Kasbiy kasalliklar. Mehnat jarohatlari;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.09.00 Ayrim toifadagi fuqarolarning pensiya taʼminoti;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.11.00 Harbiy-vrachlik ekspertizasi]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi radiatsiyadan zarar koʻrgan sobiq harbiy xizmatchilardagi rivojlangan kasalliklar sabablarini va ularning professional xarakterini aniqlash metodini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin. Shu asosda yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan shaxslarning pensiya yoshi surishtirib aniqlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan shaxslarning imtiyozlardan foydalanish huquqini beruvchi guvohnomasi shaklini bir hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda ushbu guvohnomalarning tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari orqali berilishini amalga oshirsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga 2-ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-iyuldagi 204-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 30-son, 387-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik boʻyicha nafaqalar toʻlash chegarasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2002-yil 28-fevraldagi 71-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 2-son, 12-modda) 1-bandining ikkinchi xatboshidagi “xavfli oʻsmalar bilan bogʻliq kasalliklarga chalingan xodimlarga” soʻzlaridan keyin “yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi nogiron xodimlarga” soʻzlari qoʻshilsin.