Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining
20-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2002-yil 12-fevralda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida davlat chegaralaridan oʻtkazish punktlari toʻgʻrisidagi
Bitim tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.R. Yunusov va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita raisi M.I. Oʻtaganov Oʻzbekiston Respublikasining ushbu hujjatda nazarda tutilgan majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.