Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Xususiy, kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash va uning iqtisodiy bazasini mustahkamlash, uni iqtisodiy oʻsish va aholi farovonligining muhim omiliga aylantirish, shuningdek Toshkent viloyati misolida tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashning yangi shakllarini sinab koʻrish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Toshkent viloyatining oʻz faoliyatini boshlayotgan tadbirkorlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar kompleksi ilovaga
* muvofiq;
tijorat banklarining tadbirkorlarga imtiyozli shartlarda kredit berish uchun maxsus kredit jamgʻarmasi tashkil etish boʻyicha tashabbusi maʼqullansin.
Toshkent viloyati hokimligi Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Dehqon va fermer xoʻjaliklar uyushmasi, tijorat banklari va boshqa bozorga oid tuzilmalar bilan birgalikda Toshkent viloyati tadbirkorlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga doir maʼqullangan chora-tadbirlar kompleksining belgilangan muddatda bajarilishini taʼminlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar koʻrsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, “Paxta-bank”, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda 2000-yil 1-iyulgacha Toshkent viloyatining kamida 100 fermer xoʻjaligiga 10 ming AQSh dollariga teng miqdorgacha xorijiy valyutada yoki milliy valyutada mikrokreditlar ajratilishini taʼminlasinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Adliya vazirligi, tijorat banklari fermer xoʻjaliklariga, xususiy tadbirkorlarga hamda kichik biznesning boshqa subyektlariga tijorat banklari tomonidan milliy va xorijiy valyutada mikrokreditlar berishning soddalashtirilgan
tartibini bir hafta muddatda ishlab chiqsinlar va amaliyotga kiritsinlar.
tadbirkorlik faoliyati subyektlarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi ular tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat amalga oshirilishi va koʻrsatib oʻtilgan subyektlarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi sifatida qoʻshimcha ravishda roʻyxatdan oʻtkazmasdan vakolatli banklarda valyuta hisob raqamlari ochish uchun asos hisoblanadi;
valyuta hisob raqamlari ochilgan tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisidagi axborot, oyning 5-kunidan kechikmay, har oyda vakolatli banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligiga taqdim etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi vakolatli banklar bilan birgalikda koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni taqdim etish shaklini bir hafta muddatda belgilasin.
5. Ushbu qaror bilan maʼqullangan chora-tadbirlar kompleksining bajarilishini taʼminlash uchun shaxsan javobgarlik Toshkent viloyati hokimi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi zimmasiga yuklansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻn kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.