toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.11.2016
Hujjat 01.06.2015 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 26-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2262-3]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 5-oktabrdagi 78, 2016-34 va 341-V-sonli “Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2836, 03.11.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-dekabrdagi 357-son “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq pensiyalarni toʻlashga xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2011-yil 9-avgustdagi 47, 2011-25 va 23/2-son qarori (roʻyxat raqami 2262, 2011-yil 9-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 37-son, 383-modda) bilan tasdiqlangan Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 7-may,
39-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 7-may,
2015-16-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2015-yil 7-may,
320-V-3-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 7-maydagi 39, 2015-16, 320-V-3-sonli qaroriga
ILOVA
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Yagona ijtimoiy toʻlovni toʻlash uchun mablagʻlar toʻlovchilar tomonidan tegishli tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga xizmat koʻrsatuvchi banklarda ochilgan 20205 balans hisobvaragʻining quyidagi shartli hisobvaraqlar raqamlariga (keyingi oʻrinlarda ShHR deb yuritiladi) oʻtkaziladi:
600 — fermer xoʻjaliklari uchun;
700 –mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun;
777 — mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻzda tutilmagan boshqa toʻlovchilar uchun.”.
birinchi xatboshidagi “777 ShHRga” degan soʻzlar “600, 700 va 777 ShHRga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“a” kichik banddagi “881 ShHRga” degan soʻzlar “601, 701 va 881 ShHRga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“b” kichik bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “779 ShHRga” degan soʻzlar “602, 702 va 779 ShHRga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“v” kichik bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “780 ShHRga” degan soʻzlar “603, 703 va 780 ShHRga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 7-banddagi “777 ShHR” degan soʻzlar “600, 700 va 777 ShHR” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Qonunning 12-moddasi “b” bandiga asosan tayinlangan pensiyalarni toʻlashga xarajatlarni qoplash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
yuridik shaxslar Pensiya jamgʻarmasining xarajatlarini qoplashga zarur boʻlgan summalarning minimal miqdorini har yili hisobot yilining 15-yanvariga qadar oʻtkazadilar;
yuridik shaxslar tomonidan xodim Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga yetguniga qadar Qonunning 12-moddasi “b” bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni toʻlashga ketgan oldingi yil uchun Pensiya jamgʻarmasining haqiqiy xarajatlarini toʻliq qoplash, Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilgan qoplashga zarur boʻlgan summalarning minimal miqdorini chegirib qolgan holda, hisobot yilining 1-fevraliga qadar amalga oshiriladi.
Yuridik shaxslar hisob-kitobni mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha hisobot yilining 1-fevralidan kechiktirmasdan tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga taqdim etadi.
Yuridik shaxslar tomonidan Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilgan qoplashga zarur boʻlgan summalarning minimal miqdorini chegirib qolgan holda aniqlangan Qonunning 12-moddasi “b” bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni toʻlashga ketgan oldingi yil uchun Pensiya jamgʻarmasining haqiqiy xarajatlarini qoplanishi lozim boʻlgan summa hisob-kitobning 041 qatorida koʻrsatiladi.
Qonunning 12-moddasi “v” — “j” bandlariga muvofiq tayinlangan pensiyalar boʻyicha xarajatlarni qoplash mazkur bandda koʻrsatilgan tartibda amalga oshiriladi.”.
5. 11-bandning rus tilidagi matnida “sotsialnogo obespecheniya” degan soʻzlar “sotsialnoy zaщiti naseleniya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Qonunning 14-moddasiga muvofiq muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarni toʻlashga boʻlgan xarajatlarni qoplash boʻyicha hisob-kitobi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha hisobot davridan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan taqdim etiladi.
Mablagʻlar toʻlovi har oyda, keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan amalga oshiriladi.”.
7. 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Qonunning 15-moddasiga muvofiq mehnatda shikastlanish yoki kasb kasalliklari oqibatida tayinlangan pensiyalar toʻlovi boʻyicha xarajatlarni qoplash hisob-kitoblari tuman (shahar) davlat soliq xizmati organiga oʻsib boruvchi yakun boʻyicha, mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda yuridik shaxslar tomonidan har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 25-sanasidan kechiktirmasdan taqdim etiladi.
Mablagʻlar toʻlovi har oyda, keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmasdan amalga oshiriladi.”.
8. 19-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Yuridik shaxslar keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmasdan yuridik shaxs soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlariga yuridik shaxslar xarajatlarini toʻlashga Pensiya jamgʻarmasidan mablagʻlarni olish uchun oylik talabnomalarni mazkur Nizomning 4-ilovasidagi shakl boʻyicha (keyingi oʻrinlarda — talabnoma deb yuritiladi) taqdim etadilar. Tugallanmagan buxgalteriya balansiga ega tashkilotlar boʻyicha talabnomalar bosh tashkilotlar tomonidan ular soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlariga taqdim etadi.”.
9. 29-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“29. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari belgilangan tartibda oʻzlarining yuqori turuvchi organlariga choraklik hisobotlar taqdim etadilar.
Pensiya jamgʻarmasi hududiy boʻlinmalari belgilangan tartibda Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatiga oylik yigʻma hisob-kitoblar va hisobotlarni taqdim etadilar.”.
10. 1 va 3-ilovalar mazkur oʻzgartirishlarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
11. 4, 4g va 5-ilovalardagi “18” raqami “25” raqami bilan oʻzgartirilsin.
12. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. ABDUHAKIMOV
2015-yil 7-may
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2015-yil 7-may
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlarga
1-ILOVA
“Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
STIR

0‎

2‎

‎‎-varaq

‎‎
‎Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti
‎toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasi “b” — “j” bandlariga muvofiq
‎tayinlangan pensiyalar toʻlovi xarajatlarini qoplash boʻyicha
‎ HISOB-KITOB

Koʻrsatkichlar‎‎‎

Satr kodi‎‎

Oʻlchov birligi‎‎

Yillik summa‎‎

“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunning 12-moddasi “b” — “j” bandlari boʻyicha tayinlangan pensiyalarni oldingi yil uchun toʻlashga hisoblangan xarajatlarni qoplash summasi‎‎

010‎‎

soʻm‎‎

‎‎

Oʻtkazilishi lozim boʻlgan minimal summa (hisob-kitobning 023-satri x 0,03 x 0,6)‎‎

020‎‎

soʻm‎‎

‎‎

“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunning 12-moddasi “b” — “j” bandlarida nazarda tutilgan ishchi oʻrinlar soni‎‎

021‎‎

birlik‎‎

‎‎

Oldingi yildagi maʼlumotlar boʻyicha koʻrsatilgan ishlarda band boʻlgan xodimlarning oʻrtacha yillik soni‎‎

022‎‎

birlik‎‎

“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunning 12-moddasi “b” �� “j” bandlarida nazarda tutilgan ishchi oʻrinlarida band boʻlgan barcha xodimlarga toʻlangan yillik ish haqi summasi‎‎

023‎‎

soʻm‎‎

‎‎

Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan‎‎

030

soʻm‎‎

‎‎

Lozim:‎‎

040‎‎

soʻm‎‎

‎‎

qoʻshimcha toʻlanishi**‎‎

041‎‎

soʻm‎‎

‎‎

kamaytirilishi‎‎

042‎‎

soʻm‎‎

‎‎
‎‎* Hisobot yilida bir marotaba, 20___ yilning 1-fevraliga qadar taqdim etiladi.
‎** Ijobiy farq mavjud boʻlganda toʻldiriladi.

‎‎‎‎Rahbar

___________________‎‎

(imzo)‎‎

‎‎Bosh buxgalter

___________________‎‎‎‎

(imzo)‎‎

‎‎M.Oʻ.”.
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlarga
2-ILOVA
“Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
‎‎STIR 2 ‎‎-varaq

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining 15-moddasiga muvofiq mehnatda mayiblanganlik yoki kasb
‎kasalliklari boʻyicha tayinlangan pensiyalar toʻlovi xarajatlarini qoplash
‎uchun toʻlangan mablagʻ boʻyicha
‎HISOB-KITOB

Koʻrsatkichlar‎‎‎

Sat�
‎kodi‎‎

Oʻsib boruvchi yakun bilan‎‎

Mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalliklari boʻyicha tayinlangan nogironlik pensiyalarini toʻlashga hisoblangan xarajatlarni qoplash summasi‎‎

010‎‎

‎‎

Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan

020‎‎

‎‎

Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan qoplanish summasi‎‎

030‎‎

‎‎

Rahbar‎‎

_____________________‎‎‎

(imzo)‎‎

Bosh buxgalter‎‎

_____________________‎‎

(imzo)‎‎

‎‎M.Oʻ.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 21-son, 280-modda)