toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
1929-yil 12-oktabrda Varshavada imzolangan va 1955-yil 28-sentabrda Gaagada tuzilgan Protokol bilan oʻzgartirilgan Havo orqali xalqaro tashishning ayrim qoidalarini birxillashtirishga doir Konvensiyaga oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi 4-Monreal protokoliga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1929-yil 12-oktabrda Varshavada imzolangan va 1955-yil 28-sentabrda Gaagada tuzilgan Protokol bilan oʻzgartirilgan Havo orqali xalqaro tashishning ayrim qoidalarini birxillashtirishga doir Konvensiyaga oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi 4-Monreal protokoliga qoʻshilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1996-yil 27-dekabr,
363-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 62-modda)