toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “XIZMAT TURAR JOYLARI BERISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA” 2000-YIL 27-YANVARDAGI 24-SON QARORIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xizmat turar joylari berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2000-yil 27-yanvardagi 24-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 7-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 24-may,
178-son
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 24-maydagi 178-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xizmat turar joylari berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2000-yil 27-yanvardagi 24-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Qarorning 4-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S.Hamidov” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N.Toʻlaganov” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14-banddagi “va professional yongʻindan saqlash” soʻzlari “qoʻriqlash va professional yongʻin xavfsizligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
16 va 17-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“16. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining jazolarni ijro etish muassasalarining boshliqlari va boshliq oʻrinbosarlari.
17. Ichki ishlar organlarining xizmat koʻrsatiladigan uchastka hududidagi profilaktika boʻyicha inspektorlari”.
ilovaga quyidagi mazmundagi 22-band qoʻshilsin:
“22. Qishloq joylardagi aloqa boʻlimlarining boshliqlari va boshliq oʻrinbosarlari”.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 10-son, 79-modda)