1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.08.00 Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.06.00.00 Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish (shuningdek, 03.02.08.00ga qarang);
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Nikoh va oila. Fuqarolik holati dalolatnomalari]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
“Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 24-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2397-2]
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 23-oktabrdagi 234-mh-son “Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2397, 2012-yil 23-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 43-son, 501-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi (D. Yakubova) hamda Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (J. Achilov) ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Usmanov zimmasiga yuklansin.
Vazir M. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 24-aprel,
121-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 24-apreldagi 121-mh-son buyrugʻiga ILOVA
“Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“Tegishliligiga” degan soʻz “Dalolatnoma yozuvining qogʻoz shaklida tegishliligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Dalolatnoma yozuvining elektron shaklida maʼmuriy-hududiy birlikning nomi tanlash orqali kiritiladi, dasturda mavjud boʻlmagan shaharcha, qishloq, ovul va boshqa joy nomlari toʻgʻridan toʻgʻri yoziladi.”;
“Dalolatnoma yozuvining qogʻoz shaklida oliy taʼlim muassasasini tugatgan shaxslar uchun “oliy”, oliy taʼlim muassasasida tahsil olayotgan, lekin oʻqishni tugatmagan shaxslar uchun “toʼliqsiz oliy”, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejini tugatgan shaxslar uchun “oʼrta maxsus, kasb-hunar”, umumiy oʻrta taʼlim muassasasini (I — IX sinflar) tugatgan shaxslar uchun “umumiy oʼrta”, umumiy oʻrta taʼlim muassasasini tugatmagan shaxslar uchun “toʼliqsiz oʼrta” va maʼlumoti boʻlmagan shaxslar uchun “maʼlumotsiz” soʻzlarining tagi chiziladi, dalolatnoma yozuvining elektron shaklida tegishli soʻz tanlash orqali kiritiladi.”;
4) 13-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Dalolatnoma yozuvining elektron shakliga oʻzgartirish, tuzatish yoki qoʻshimchalar kiritilganda, tegishli ustunga yangi yozuv kiritiladi. Bunda oldingi maʼlumot avtomatik ravishda saqlanib qolinadi.”;
5) 14-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Dalolatnoma yozuvining elektron shakli, uning chop etilgan nusxalariga imzolar va gerbli muhr qoʻyish orqali tasdiqlanadi.”;
“16. “4. Jinsi” ustunida dalolatnoma yozuvining qogʻoz shaklida “erkak”, “ayol” yoki “nomaʼlum” soʻzlaridan birining tagi tegishliligiga qarab chiziladi, dalolatnoma yozuvining elektron shaklida tegishli soʻz tanlash orqali kiritiladi.”;
7) 19-bandning birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8-ustunda dalolatnoma yozuvining qogʻoz shaklida “tirik” yoki “oʼlik” soʻzlaridan birining tagi chiziladi, dalolatnoma yozuvining elektron shaklida tegishli soʻz tanlash orqali kiritiladi”.
“29. “11. Oilaviy ahvoli” ustunida dalolatnoma yozuvining qogʻoz shaklida “nikohda boʼlmagan”, “tul” yoxud “ajrashgan” soʻzlaridan birining tagi chiziladi, dalolatnoma yozuvining elektron shaklida tegishli soʻz tanlash orqali kiritiladi.”;
“40. “11. Nechanchi nikohi” ustunida dalolatnoma yozuvining qogʻoz shaklida nikohdan ajraluvchilarning nechanchi nikohi ekanligiga qarab “birinchi”, “ikkinchi”, “uchinchi va undan ortiq” soʻzlaridan birining tagi chiziladi, dalolatnoma yozuvining elektron shaklida tegishli soʻz tanlash orqali kiritiladi.”;
10) 43-bandning ikkinchi jumlasi quyidagi mazmundagi jumlalar bilan almashtirilsin:
“Agar 18 yoshga toʻlmagan bolalari boʻlmasa, “yoʼq” deb yoziladi. Bunda dalolatnoma yozuvining qogʻoz shaklidagi katakcha ichiga chiziq tortiladi.”;
“Pasport seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi koʻrsatiladi, agar pasport FHDY organiga taqdim etilmagan boʻlsa, ushbu qatorga “Taqdim etilmadi” deb yoziladi va “19. Belgilar uchun” ustunida taqdim etilmaganlik sababi koʻrsatiladi.”;
toʻrtinchi xatboshidagi “yoziladi” degan soʻz “yoziladi, agar guvohnoma FHDY organiga taqdim etilmagan boʻlsa, ushbu qatorga “Taqdim etilmadi” deb yoziladi va “19. Belgilar uchun” ustunida taqdim etilmaganlik sababi koʻrsatiladi.” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“katakchalarida”, “katakchalariga” va “katakchalari” degan soʻzlar tegishlicha “qatorida”, “qatorida” va “qatorlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“55. “12. Oilaviy ahvoli” ustunida dalolatnoma yozuvining qogʻoz shaklida “nikohda boʼlmagan”, “beva (tul)” yoxud “ajrashgan” soʻzlaridan birining tagiga chiziladi, dalolatnoma yozuvining elektron shaklida tegishli soʻz tanlash orqali kiritiladi.”.
3. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan.
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. TOʻRAYEV
2015-yil 21-aprel
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2015-yil 21-aprel
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. VAXABOV
2015-yil 21-aprel
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
2015-yil 21-aprel
“Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 1-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 23-oktabrdagi 234-mh-son buyrugʻiga 1a-ILOVA
“Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 2-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 23-oktabrdagi 234-mh-son buyrugʻiga 2a-ILOVA
“Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 3-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 23-oktabrdagi 234-mh-son buyrugʻiga 3a-ILOVA
“Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 4-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 23-oktabrdagi 234-mh-son buyrugʻiga 4a-ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 16-son, 202-modda)