1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
KIChIK VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRIShNI RAGʻBATLANTIRISh BOʻYIChA RESPUBLIKA MUVOFIQLAShTIRUVChI KENGAShI FAOLIYATINI FAOLLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 252-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini taʼminlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 15-fevraldagi PQ-5343-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Iqtisodiy islohotlarni yanada erkinlashtirish va chuqurlashtirishga doir vazifalardan kelib chiqqan holda kichik biznesni rivojlantirishni ragʻbatlantirishni kuchaytirish, tadbirkorlar faoliyatini faollashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning qonuniy huquqlari va manfaatlarining ishonchli kafolatini taʼminlash, kichik va xususiy tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(kirish qismi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
1. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonovga Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi faoliyatini sust tashkil etganligi koʻrsatib oʻtilsin.
(2 va 3-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 7-noyabrdagi 244-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 45-son, 341-modda)
4. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi oʻz faoliyatida eʼtiborni quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishga qaratsin:
qonun hujjatlariga qatʼiy rioya qilinishi ustidan monitoring oʻtkazish, tadbirkorlarning ular faoliyatiga hokimiyat va boshqaruv organlarining asossiz aralashuvidan ishonchli himoya qilinishini taʼminlash;
tadbirkorlarga kredit va kichik kredit olishda koʻmaklashish, investitsiya loyihalari va takliflari tanlov asosida saralab olinishini taʼminlash;
tadbirkorlarga moddiy-texnika resurslari olishda hamda ularning mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda sotishda koʻmaklashish;
kichik biznes korxonalarini rivojlantirish monitoringini amalga oshirish, mavjud muammolarni chuqur oʻrganish hamda tadbirkorlikning huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga va uni rivojlantirishni ragʻbatlantirishni kuchaytirishga yoʻnaltirilgan qonun hujjatlari va meʼyoriy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
tadbirkorlar oʻrtasida axborot va tushuntirish ishlarini tashkil etish, kichik biznes uchun konsalting, lizing, sugʻurta xizmatlari va boshqa xizmatlar koʻrsatish tizimini rivojlantirish;
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
kichik biznes subyektlari uchun kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash boʻyicha bozor infratuzilmasi tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish.
(4-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
5. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi ishchi organi funksiyalarining tadbirkorlarni huquqiy himoya qilishga oid qismi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuklansin.
6. Adliya vazirligi tuzilmasida Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida esa — tegishli boʻlimlar tashkil etilsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
8. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 28-fevraldagi 116-son qarori 5-bandining birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov boshchiligida” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 14-iyuldagi 335-f-son farmoyishi va Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 27-martdagi 118-f-son farmoyishi 1-bandining birinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari, Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi raisi B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)