1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.04.00 Okrug va uchastka saylov komissiyalari;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.01.00 Umumiy qoidalar. Oliy Majlisga saylovlar / 01.08.01.01 Umumiy qoidalar;
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.01 Umumiy qoidalar. Mahalliy vakillik organlarini saylash tartibi;
4.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);
5.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.02.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari;
6.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.03.00 Rais (oqsoqol) va uning vakolatlari;
7.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar;
8.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.16.00.00 Meros huquqi / 03.16.03.00 Qonun boʻyicha meros;
9.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.09.00.00 Ijtimoiy muhofazaga muhtoj xodimlar mehnatini tartibga solishning qoʻshimcha kafolatlari va xususiyatlari / 05.09.03.00 Nogironlar mehnati;
10.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar;
11.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.07.00 Fond birjalari. Tovar va valyuta birjalarining fond boʻlimlari;
12.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari;
13.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.15.00 Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishga vakolatli boʻlgan organlar (mansabdor shaxslar);
14.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.16.00 Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish;
15.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.03.00 Jazo va uning tayinlanishi. Jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilish;
16.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.06.00 Jinoyatlarning alohida turlari uchun javobgarlik / 16.11.06.06 Jamoat va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar;
17.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.01.00 Umumiy qoidalar;
18.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.01.00 Umumiy masalalar;
19.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Referendumlar. Saylovlar. Saylov tizimi. Deputat;
2.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
3.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
4.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya;
5.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ommaviy axborot vositalari. Noshirlik faoliyati.;
6.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar;
7.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar);
8.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori;
9.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Fuqarolik va xoʻjalik sud ish yurituvi;
10.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Maʼmuriy javobgarlik;
11.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik;
12.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoyat-protsessual qonunchilik]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISHLAR VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
(I boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi OʻRQ-641-sonli Qonuniga asosan 2021-yil 16-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2020-y., 03/20/641/1389-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (yigʻin)]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari]
II. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 1999-yil 14-aprelda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan yangi tahriri (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 110-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda):
“20-modda. Fuqarolar yigʻini raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini saylash
Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari ikki yarim yil muddatga saylanadi. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) tegishli tuman, shahar hokimi bilan kelishilgan holda, maslahatchilar esa fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) taqdimiga binoan saylanadi.
Fuqarolar yigʻinining raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini saylash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi”.
(III boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyuldagi OʻRQ-163-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 29-30-son, 278-modda)
(IV boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi OʻRQ-544-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son)
(V boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi OʻRQ-544-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik]
VI. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda):
“59-modda. Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash
Shaxs Maxsus qismning turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki undan ortiq jinoyatni sodir etgan boʻlib, ulardan birortasi uchun ham sudlangan boʻlmasa, sud ushbu Kodeksning 54-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq har qaysi qilmish uchun jazo tayinlab, soʻngra tayinlangan yengilroq jazoni ogʻirrogʻi bilan qoplash yoxud tayinlangan jazolarni toʻla yoki qisman qoʻshish yoʻli bilan jinoyatlar majmui boʻyicha jazo tayinlaydi.
Agar jinoyatlar majmuini faqat ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatlar va uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar tashkil etsa, unda tayinlangan yengilroq jazoni ogʻirrogʻi bilan qoplash yoxud tayinlangan jazolarni toʻla yoki qisman qoʻshish yoʻli bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi. Bunda uzil-kesil tayinlangan jazo sodir etilgan jinoyatlardan eng ogʻiri uchun nazarda tutilgan eng koʻp jazo muddatidan yoki meʼyoridan ortiq boʻlmasligi lozim.
Agar jinoyatlar majmuini tashkil etuvchi jinoyatlardan loaqal bittasi ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat boʻlsa, ushbu Kodeksning Umumiy qismida shu jazo turi uchun belgilangan doirada tayinlangan jazolarni toʻla yoki qisman qoʻshish yoʻli bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi.
Jinoyatlar majmui boʻyicha har xil turdagi jazolarni qoʻshish yoʻli bilan jazo tayinlashda ushbu Kodeksning 61-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilinib, jazoning ogʻirroq turi uzil-kesil tayinlanadi.
Jinoyatlar majmui boʻyicha tayinlangan asosiy jazoga sud ayrim jinoyatlar uchun tayinlangan qoʻshimcha jazolarni ham qoʻshishi mumkin. Bunda muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qoʻshimcha jazoning uzil-kesil tayinlangan muddati ushbu Kodeksning 45-moddasida nazarda tutilgan eng koʻp muddatdan ortiq boʻlmasligi lozim.
Agar ish boʻyicha hukm chiqarilganidan keyin mahkumning ana shu ish boʻyicha chiqarilgan hukmga qadar sodir etilgan yana boshqa jinoyatda aybli ekanligi aniqlansa ham jazo oʻsha tartibda tayinlanadi. Bunday holda jinoyatlar majmui boʻyicha sud tomonidan tayinlangan jazo muddatiga birinchi hukm yuzasidan jazoning oʻtalgan qismi qoʻshiladi”;
“Ushbu Kodeks 105-moddasining birinchi qismida (qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish), 106-moddasida (kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish), 107-moddasida (zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish), 108-moddasida (ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan ogʻir shikast yetkazish), 109-moddasida (qasddan badanga yengil shikast yetkazish), 110-moddasining birinchi qismida (qiynash), 111-moddasida (ehtiyotsizlik orqasida badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazish), 113-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (tanosil kasalligini tarqatish), 115-moddasida (ayolni oʻz homilasini sunʼiy ravishda tushirishga majburlash), 116-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik), 117-moddasining birinchi qismida (xavf ostida qoldirish), 121-moddasining birinchi qismida (ayolni jinsiy aloqa qilishga majbur etish), 122-moddasida (voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash), 123-moddasida (ota-onani moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash), 125-moddasining birinchi qismida (farzandlikka olish sirini oshkor qilish), 136-moddasida (ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga toʻsqinlik qilish), 139-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (tuhmat), 140-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (haqorat qilish), 149-moddasida (mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish), 167-moddasining birinchi qismida (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 168-moddasining birinchi qismida (firibgarlik), 169-moddasining birinchi qismida (oʻgʻrilik), 170-moddasining birinchi qismida hamda ikkinchi qismining “b” va “v” bandlarida (aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan mulkiy zarar yetkazish), 172-moddasida (mulkni qoʻriqlashga vijdonsiz munosabatda boʻlish), 173-moddasining birinchi qismida (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish), 192-moddasida (raqobatchini obroʻsizlantirish), 260-moddasining birinchi qismida (temir yoʻl, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish), 266-moddasining birinchi qismida (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish), 268-moddasining birinchi qismida (transportning xavfsiz ishlashini taʼminlashga doir qoidalarni buzish), 298-moddasining birinchi qismida (mashinalarni boshqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs, agar u oʻz aybiga iqror boʻlsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.
Ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilinmaydi”;
birinchi qismining dispozitsiyasidagi “shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin yoki ancha miqdorda sodir etilgan boʻlsa” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismining sanksiyasi “uch yildan” degan soʻzlardan oldin “eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
4) quyidagi mazmundagi 2511-modda bilan toʻldirilsin:
“2511-modda. Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish
Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni oʻtkazish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash, tashish yoxud joʻnatish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish —
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar takroran yoki bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar uyushgan guruh tomonidan yoki koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni ishlab chiqarish, olish, saqlash, hisobga olish, berish, tashish yoxud joʻnatish qoidalarni buzish, agar bu ehtiyotsizlik orqasida ularning oʻgʻirlanishiga yoki boshqa tarzda jiddiy zarar yetkazilishiga olib kelgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoyat-protsessual qonunchilik]
VII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda):
1) 76-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi—sakkizinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Jinoyat ishini birinchi instansiya sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasida yoxud nazorat tartibida koʻrishda ishtirok eta olmaydi.
Jinoyat ishini apellyatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini birinchi instansiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida yoxud nazorat tartibida koʻrishda ishtirok eta olmaydi.
Jinoyat ishini kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini birinchi instansiya yoki apellyatsiya instansiyasi sudida yoxud nazorat tartibida koʻrishda ishtirok eta olmaydi.
Jinoyat ishini nazorat tartibida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok eta olmaydi.
Surishtiruvchining, tergovchining, shuningdek sud majlisi kotibining oʻz protsessual majburiyatini bajarishi, basharti ushbu ish qoʻshimcha tergov yuritish yoki sudda yangidan koʻrish uchun yuborilgan boʻlsa, ular tomonidan tegishlicha surishtiruv, dastlabki tergov yuritishga, shuningdek sud majlisi bayonnomasini tuzishga monelik qilmaydi”;
“Surishtiruv jinoyat ishini tergovchiga oʻtkazish yoki uni ushbu Kodeksning 584-moddasida nazarda tutilgan tartibda sudga yuborish bilan tamomlanadi.
Surishtiruvchi quyidagi hollarda surishtiruv yuritish muddati oʻtishini kutmasdan ishni darhol tergovchiga oʻtkazishi lozim, basharti:
1) ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat aniqlangan boʻlsa;
2) muayyan shaxsni ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish uchun asoslar aniqlangan boʻlsa;
3) ishni tugatish uchun asoslar aniqlangan boʻlsa;
4) tergovchi ishning oʻz yurituviga berilishini talab qilgan boʻlsa.
Surishtiruvchi ishni tergovchiga oʻtkazish haqida qaror chiqaradi”;
3) 471-moddasining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4) hukm ustidan ushbu Kodeksning tegishincha 4973, 4974, 499 va 500-moddalarida nazarda tutilgan apellyatsiya va kassatsiya shikoyati berish, protest bildirish tartibi, muddatlari”;
4) 498-moddasi birinchi qismining ikkinchi jumlasidagi “Ushbu Kodeksning 511-moddasida koʻrsatilgan shaxslar” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.15.00 Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishga vakolatli boʻlgan organlar (mansabdor shaxslar);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.16.00 Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Maʼmuriy javobgarlik]
VIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda):
2) 245-moddasining birinchi qismidagi “1861-moddasida (aksiz markalari bilan markalanmagan tovarlarni realizatsiya qilish hollaridan tashqari)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
3) 264-moddasining birinchi qismidagi “1861-moddasida (aksiz markalari bilan markalanmagan tovarlar realizatsiya qilingan hollarda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
4) 291-moddasi birinchi qismining “d” kichik bandidagi “1861” raqamlari chiqarib tashlansin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.16.00.00 Meros huquqi / 03.16.03.00 Qonun boʻyicha meros]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar]
IX. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda):
1) 212-moddasining toʻrtinchi qismidagi “qonun hujjatlariga muvofiq” degan soʻzlar “basharti mazkur uchastka shu shaxsga qurilgan imorat uchun belgilangan tartibda beriladigan boʻlsa” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
(X boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
XI. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda) 9-moddasining ikkinchi qismidagi “transport vositalari egalaridan olinadigan soliq” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
(XII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)
(XIII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi OʻRQ-544-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son)
(XIV boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-1015-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 03/24/1015/1087-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 27-avgust,
671–II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; 2008-y., 29-30-son, 278-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son; 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son; 15.10.2020-y., 03/20/641/1389-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 03/24/1015/1087-son)