toggle_night_mode
Hujjat 01.09.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-son Qonuni)
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 16-aprel,
93-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 16-apreldagi 93-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1017-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1017/4180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-yanvardagi 17-sonli qaroriga asosan 2018-yil 13-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/17/0552-son)
3. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 101-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 4-son, 23-modda) bilan tasdiqlangan Arxiv hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish va arxiv hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 22-bandning uchinchi xatboshidagi “uch kundan kechikmay” soʻzlari “bir ish kuni mobaynida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 23-bandning oʻninchi xatboshidagi “uch kundan kechikmay” soʻzlari “bir ish kuni mobaynida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan Havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatishni tashkil etish sertifikati berish tartib toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 61-bandning beshinchi xatboshidagi “uch ish kuni” soʻzlari “bir ish kuni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 62-bandning oʻninchi xatboshidagi “uch kundan kechikmay” soʻzlari “bir ish kuni mobaynida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son)
6. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 3-son, 25-modda) bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 38-bandining oltinchi xatboshidagi “notarial tasdiqlangan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 15-son, 181-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/17/0552-son; 20.12.2019-y., 09/19/1017/4180-son; 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son; 17.10.2024-y., 09/24/679/0824-son)