1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA QOʻSHIMCHA VA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 1-may,
150-son
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 1-maydagi 150-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 25-oktabrdagi 270-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1991y., 10-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi haqidagi Nizomning 14-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“xavfli yuklar, qurol-yarogʻlar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlar, shuningdek harbiy tarkiblar tranziti chogʻida qonunchilikka muvofiq xulosalar beradi va nazoratni amalga oshiradi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 2-noyabrdagi 278-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1991y., 11-son, 38-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati toʻgʻrisidagi Nizomning II boʻlimi quyidagi mazmundagi 13-band bilan toʻldirilsin:
“13. Xavfli yuklar, qurol-yarogʻlar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlar, shuningdek harbiy tarkiblar tranziti chogʻida qonunchilikka muvofiq xulosalar beradi va nazoratni amalga oshiradi”.
13 va 14-bandlar tegishli ravishda 14 va 16-bandlar deb hisoblansin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-oktabrdagi 368-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 20-son, 159-modda)
4. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 16-martdagi 140-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 3-son, 16-modda; 1999-y., 3-son, 12-modda; 2000-y., 10-son, 68-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi toʻgʻrisidagi Nizomning 4-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“qurol-yarogʻlar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlar, shuningdek harbiy tarkiblar tranziti chogʻida qonunchilikka muvofiq xulosalar beradi va nazoratni amalga oshiradi”.
5. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, boʻlishlari, yuk olib oʻtishlari va undan chiqib ketishlari tartibi toʻgʻrisida” 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qarorida:
— 2-banddagi “Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 7-sentabrdagi 415-31-son qarori bilan tasdiqlangan xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishlarining vaqtinchalik qoidalariga” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son va 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qarorlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
— 4-band “shuningdek berilgan buyurtmanomalarga muvofiq avtomobil transportida tashiladigan maxsus yuklarni kuzatib borishni amalga oshirsin” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 11-apreldagi 143-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi toʻgʻrisida Nizomning 5-bandi quyidagi mazmundagi xat boshi bilan toʻldirilsin:
“xavfli yuklar, qurol-yarogʻlar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlar, shuningdek harbiy tarkiblar tranziti chogʻida qonunchilikka muvofiq xulosalar beradi va nazoratni amalga oshiradi”.
7. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 7-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi toʻgʻrisida Nizomning 8-bandi yigirma beshinchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“xavfli yuklar, qurol-yarogʻlar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlar, shuningdek harbiy tarkiblar tranziti chogʻida qonunchilikka muvofiq xulosalar beradi va nazoratni amalga oshiradi”.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-fevraldagi 90-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 8-son, 99-modda)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 11-iyuldagi 296-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi toʻgʻrisidagi Nizomning 7-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“avtomobil transportida xavfli yuklar, qurol-yarogʻlar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlar, shuningdek harbiy tarkiblar tranziti chogʻida xulosalar berish”.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi toʻgʻrisidagi Nizomning 8-bandi qirq beshinchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“qonun hujjatlariga muvofiq xavfli yuklar, qurol-yarogʻlar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlar, shuningdek harbiy tarkiblar tranziti chogʻida xulosalar beradi va nazoratni amalga oshiradi”.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 7-apreldagi 130-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 4-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi toʻgʻrisidagi Nizom:
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 3-martdagi 109-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi Nizomning 5-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“temir yoʻl transportida xavfli yuklar, qurol-yarogʻlar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlar, shuningdek harbiy tarkiblar tranziti chogʻida xulosalar berish”.