toggle_night_mode
Hujjat 06.04.2015 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-son Qonuni)
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-son Qonunining 6-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 31-mart,
76-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi 76-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-apreldagi 188-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 31-modda) bilan tasdiqlangan Tarkibiy oʻzgartiriladigan korxonalarning, shuningdek ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qoʻllanilgan korxonalarning mol-mulkini baholash va sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 19-bandning ikkinchi xatboshidagi “Korxona” soʻzi “Tarkibiy oʻzgartiriladigan korxona” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 20-banddan “toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 21-banddagi “142-1 va 143-moddalarida” soʻzlari “143-moddasida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 27-banddagi “sakkizinchi va toʻqqizinchi” soʻzlari “oltinchi va yettinchi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiy nochor korxonalarning sud boshqaruvchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 23-martdagi 138-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 33-modda) 1-ilovaning 55-bandi yettinchi xatboshidagi “142-1 va 143-moddalarida” soʻzlari “143-moddasida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 13-son, 157-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 09/19/765/3739-son)