1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Surxondaryo viloyatida sportning milliy kurash turini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida
Surxondaryo viloyatida sportning milliy kurash turini yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni milliy kurash bilan muntazam shugʻullanishga faol jalb etish, ularning sport mahoratini oshirish hamda shu asosda mamlakatimiz terma jamoalari uchun ishonchli zaxirani shakllantirish borasida zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Surxondaryo viloyati hokimligining 2015/2016 oʻquv yilidan boshlab Boysun tumanida sobiq 20-son umumtaʼlim maktabi negizida Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi Sportning milliy kurash turiga ixtisoslashtirilgan maktab-internat (keyingi oʻrinlarda maktab-internat deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv;
4.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
2. Quyidagilar maktab-internatning asosiy vazifalari etib belgilansin:
kurashchilarni milliy kurash sohasidagi eng yangi ilmiy-metodik tavsiyanomalar asosida tayyorlash boʻyicha oʻquv-mashq jarayonini yuqori darajada tashkil qilish;
oʻquvchilarning nazariy tayyorgarligi va texnik-taktik koʻnikmalarini takomillashtirish, ularda sportchilarga xos professional fazilatlarni shakllantirish;
oʻquvchilarni tarbiyalash, madaniy-maʼrifiy va sport-sogʻlomlashtirish faoliyatini tashkil etish.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
maktab-internat yuridik shaxs hisoblanadi, muassis — Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan davlat taʼlim muassasasi sifatida tashkil etiladi;
maktab-internatning umumiy kontingenti 100 nafar 5 — 9-sinf oʻquvchilarini tashkil etadi. Maktab-internat jismoniy jihatdan tayyorlangan, sport maktablarida dastlabki tayyorgarlikdan oʻtgan, milliy kurash bilan shugʻullanishda zarur sport koʻnikmasiga ega boʻlgan, umumtaʼlim maktabining 4-sinfini tugatgan (10-11 yosh) va tanlov imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilardan toʻldiriladi;
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
maktab-internatga har yili tanlov asosida 20 nafar qobiliyatli oʻquvchilar 5-sinfga qabul qilinadi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
maktab-internatga qabul qilingan oʻquvchilarning umumtaʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim olishi yaqin atrofdagi umumtaʼlim maktabida amalga oshiriladi;
maktab-internat oʻquvchilarining ovqatlanishi uchun Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi futbol boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari oʻquvchilarini oziq-ovqat bilan taʼminlash normativlari tatbiq etiladi.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.01.00 Umumiy qoidalar;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
4.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi uch oy muddatda:
maktab-internatning ustavi tasdiqlanishini, shuningdek uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan birgalikda oʻquv-mashgʻulotlar rejasi, oʻquvchilarni maktab-internatga tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishini;
Madaniyat va sport ishlari vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda maktab-internat oʻquvchilarining yashab turishi uchun jihozlar, sport anjomlari va jihozlari, shuningdek sport kiyim-boshi bilan taʼminlash normativlari ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishini;
maktab-internat yuqori malakali mutaxassislar bilan butlanishini, zarur oʻquv-metodik adabiyotlar va oʻquv-mashgʻulot xonalari sport inventarlari bilan jihozlanishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.01.00 Umumiy qoidalar;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari;
5.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
5. Surxondaryo viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda 2015-yil 1-aprelga qadar maktab-internat binosida oʻquvchilarning yashashi va ovqatlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida tegishli rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish manbalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, ota-onalar toʻlovlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar maktab-internat faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida “Taʼlim” sohasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida 2015-yilda maktab-internatning taʼminoti uchun zarur mablagʻlarni ajratsin, 2016-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida ularni nazarda tutsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 3-mart,
41-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 9-son, 101-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2018-y., 09/18/410/1304-son, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son; 13.08.2020-y., 09/20/480/1168-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 09/22/731/1141-son; 26.06.2024-y., 09/24/353/0448-son; 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)