1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish]
[TSZ:
1.Moliya / Xorijdan mablagʻ jalb qilish]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Xorijdan mablagʻ jalb qilish toʻgʻrisida
1-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
“xorijdan mablagʻ jalb qilish” — Oʻzbekiston Respublikasi yoki uning rezidenti tomonidan xorijiy davlatlar yoki norezidentlar aktivlarining (kreditlar, zayomlar va boshqalarning) mazkur xorijiy davlatga yoki norezidentga yoxud ularning talabiga koʻra uchinchi shaxsga shartlashilgan davrda adekvat aktivlarni, shu jumladan aktivlardan foydalanganlik uchun toʻlovlarni taqdim etish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan holda jalb etilishi;
“davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishi” — aktivlarni chet el manbalaridan (xorijiy davlatlar, ularning yuridik shaxslaridan va xalqaro tashkilotlardan) jalb etish hamda buning natijasida Oʻzbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning oʻz kreditlari (zayomlari)ni toʻlashiga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga kelishi;
“rezidentning tashqi qarzi” — uning xorijdan mablagʻ jalb qilishi natijasida yuzaga kelgan majburiyatlari yigʻindisi;
“davlat tashqi qarzi” — davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishi natijasida yuzaga kelgan Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari yigʻindisi;
“umumiy tashqi qarz” — rezidentlarning davlat tomonidan kafolatlanmagan tashqi qarzlari hamda davlat tashqi qarzi summasi;
“qarz oluvchi” — xorijdan mablagʻ jalb qilgan yoxud xorijdan mablagʻ jalb qilish niyatini hujjat bilan tasdiqlagan Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ish koʻruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki rezident;
“kredit beruvchi” — xorijdan mablagʻ jalb qilish toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha aktivlar bergan yoki aktivlar berish niyatida boʻlgan xorijiy davlat yoki norezident (xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari). Agar norezidentlar bir nechta boʻlsa, u holda kreditorlar guruhidagi vakolatli boshqaruvchi vazifasini bajaruvchi norezident kredit beruvchi hisoblanishi mumkin.
2-modda. Xorijdan mablagʻ jalb qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Xorijdan mablagʻ jalb qilish bilan bogʻliq munosabatlar ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida Oʻzbekiston Respublikasining xorijdan mablagʻ jalb qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida bayon etilganidan koʻra boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnomalar qoidalari qoʻllanadi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish]
3-modda. Xorijdan mablagʻ jalb qilish
Xorijdan mablagʻ quyidagi yoʻllar bilan jalb qilinadi:
davlat yoki Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlmish yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan zayomlar, tovarlar yoki xizmatlarni import qilish shaklida kreditlar jalb etilishi;
norezidentlar mablagʻlarining Oʻzbekiston Respublikasi moliya institutlari tomonidan depozitlarga jalb etilishi;
lizing operatsiyalari;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va rezidentlarning obligatsiyalar, veksellar hamda boshqa xil qimmatli qogʻozlar chiqarib, chet el bozorlarida joylashtirishi;
boshqa tur va shakllardan foydalanish.
4-modda. Xorijdan mablagʻ jalb qilish toʻgʻrisidagi shartnoma
Davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi nomidan shartnomalar tuzish huquqiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ egadir.
Davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishi toʻgʻrisidagi shartnomalarni tuzish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qarz oluvchi rezident xorijdan mablagʻ jalb qilish toʻgʻrisidagi shartnomaga binoan oʻz toʻlov majburiyatlarini bajarmagan taqdirda uning qarzini toʻlash haqida olingan majburiyat Oʻzbekiston Respublikasining kafolati hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan kafolatni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakil qilgan organ qarz oluvchi bilan tuzilgan shartnoma shartlari asosida beradi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻzi bergan kafolatlar bilan bogʻliq toʻlovlarni amalga oshirgach, ana shu toʻlovlar summasi hamda u bilan bogʻliq xarajatlarni qarz oluvchidan soʻzsiz undirib olish huquqiga ega.
Qarz oluvchi kafil oldidagi oʻz shartnoma majburiyatlarini bajarmasa, u kafil bilan kelishmasdan foydani taqsimlashga hamda boshqa qarzlar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishga haqli emas.
Kafolatlarni berish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-noyabrdagi 534-sonli “Jalb etiladigan xorijiy kreditlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlarini berish tartibi toʻgʻrisida”gi va 2004-yil 8-yanvardagi 7-sonli “Jalb etiladigan xorijiy kreditlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlari berilganligi uchun toʻlov undirish tartibi toʻgʻrisida”gi qarorlari.
Agar rezidentlarning qarz majburiyatlari kafolatlangan boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasi ular yuzasidan javobgar boʻlmaydi.
Davlatning tashqi qarzi boʻyicha qarz majburiyatlari yuzasidan toʻlovlarni bajarish uchun kafolat fondi tuziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oʻzi kafolatlagan tashqi qarz boʻyicha majburiyatlari bilan bogʻliq barcha toʻlovlar kafolat fondi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Kafolat fondining mablagʻlari yetishmagan taqdirda, yetishmayotgan summa davlat budjeti hisobidan toʻldiriladi.
Kafolat fondini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.02.00 Investitsiya faoliyati subyektlari]
7-modda. Qarz oluvchining majburiyatlari
Qarz oluvchi quyidagilarni bajarishi:
oʻzi tuzgan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishi;
xorijdan mablagʻ jalb qilish toʻgʻrisida tuzilgan shartnomalar hamda ular yuzasidan operatsiyalar haqida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga, kafolatlangan qarzlar boʻyicha esa Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga ham hisobotlar taqdim etishi;
har bir alohida tashqi qarz boʻyicha qarzning toʻliq toʻlanganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga xabar berishi shart.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining vakolatlari
Xorijdan mablagʻ jalb qilish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
xorijdan mablagʻ jalb qilish masalalari yuzasidan xalqaro moliya tashkilotlari bilan muzokaralar olib borish;
davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishi boʻyicha loyihalarni baholash;
davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishi boʻyicha shartnomalarni va kafolatlarni roʻyxatga olish;
davlat tashqi qarzini hisobga olish va kuzatib borish;
davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishi boʻyicha toʻlovlar balansini yuritish, jalb etilgan mablagʻlardan foydalanish va ularni toʻlash ustidan nazoratni amalga oshirish;
davlat tashqi qarzi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga axborot taqdim etish;
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalari]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining vakolatlari
Xorijdan mablagʻ jalb qilish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
xorijdan mablagʻ jalb qilish masalalari boʻyicha xalqaro moliya tashkilotlari bilan muzokaralar olib borish;
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan kafolatlanmagan xorijdan mablagʻ jalb qilish toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatga olish;
xorijdan mablagʻ jalb qilishga doir operatsiyalarni hisobga olish va kuzatib borish;
umumiy tashqi qarzning hisobini yuritish;
davlat tashqi qarzlariga hisob-kitob-bank xizmati koʻrsatilishini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan kafolatlangan xorijdan jalb qilingan mablagʻlarga hisob-kitob-bank xizmatlari koʻrsatish yuzasidan vakolatli banklarga agentlik vakolatlarini berish;
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.08.00.00 Xalqaro tashkilotlar va ittifoqlar / 19.08.01.00 Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT). BMT tizimiga kiruvchi tashkilotlar: (Jahon meteorologiya tashkiloti (VMO), Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (VOZ), Jahon intellektual mulk tashkiloti (VOIS), Jahon pochta ittifoqi (VPS), Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (MAR), Xalqaro moliya korporatsiyasi (MFK), Xalqaro taraqqiyot va rivojlanish banki (MBRR), Investitsiya kafolatlari boʻyicha koʻp tomonlama agentlik (MAIG), Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (MVF), Xalqaro dengiz tashkiloti (IMO), Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO), Xalqaro mehnat tashkiloti (MOT), Xalqaro elektr aloqa ittifoqi (MSE), Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi (MFSR), YuNESKO, Xalqaro rivojlanish boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti (YuNIDO), BMT ning oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO))]
10-modda. Xalqaro moliya tashkilotlariga axborot taqdim etish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xalqaro moliya tashkilotlariga Oʻzbekiston Respublikasining tuzilgan shartnomalarga muvofiq xorijdan mablagʻ jalb qilishi toʻgʻrisida axborot taqdim etadi.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.01.00.00 Davlatlararo aloqalarda umumiy masalalar / 19.01.03.00 Xalqaro nizolarni hal qilishning tinch usullari]
11-modda. Xorijdan mablagʻlarni jalb qilish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan bahslarni hal etish
Xorijdan mablagʻ jalb qilish toʻgʻrisidagi shartnomalar bilan bogʻliq masalalar yuzasidan qarz beruvchi bilan qarz oluvchi oʻrtasida chiqqan bahslar, agar xalqaro shartnomalarda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, sud tartibida yoki taraflarning kelishuviga koʻra — xolislar tekshiruvi tartibida hal etiladi.
12-modda. Qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Xorijdan mablagʻ jalb qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 29-avgust,
263-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 126-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-son, 686-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 01.05.2023-y., 03/23/836/0232-son)