toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASIGA RESPUBLIKADA MILLIY VALYuTA JORIY ETISh TOʻGʻRISIDA QARORLAR QABUL QILISh VAKOLATINI BERISh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning maʼruzasida bayon qilingan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlaridagi pul islohoti masalalariga doir xulosalar va takliflar toʻla-toʻkis qoʻllab-quvvatlansin. Rossiya va Qozogʻiston bilan kelishilgan holda Oʻzbekistonni rubl zonasida saqlab qolish hamda 1961—1992-yillarda chiqarilgan pullarni 1993-yilda chiqarilgan pullarga almashtirish yuzasidan barcha zarur chora-tadbirlar koʻrilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga zarurat boʻlsa milliy valyuta joriy etish yuzasidan uzil-kesil qaror qabul qilish vakolati berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1993-yil 3-sentabr,
952-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 352-modda)