1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.06 Ona va bola salomatligini muhofaza qilish;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning qishloq tumanlarida onalar va bolalarning reproduktiv salomatligini mustahkamlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2010-yil 22-iyuldagi 156-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2014 — 2018-yillarda Oʻzbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va oʻsmirlar sogʻligʻini muhofaza qilish borasidagi davlat dasturi toʻgʻrisida” 2014-yil 1-avgustdagi PQ-2221-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek ayollar, bolalar va oʻsmirlar oʻrtasida mikronutriyent yetishmovchiligining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning qishloq tumanlarida onalar va bolalarning reproduktiv salomatligini mustahkamlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2010-yil 22-iyuldagi 156-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 7-son, 39-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 27-oktabr,
297-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-oktabrdagi 297-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning qishloq tumanlarida onalar va bolalarning reproduktiv salomatligini mustahkamlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2010-yil 22-iyuldagi 156-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi uchun olib kiriladigan, tarkibida, shu jumladan, foli kislotasi ham mavjud boʻlgan 1-ilovaga kiritilgan umumiy quvvatlantiruvchi polivitaminlar maxsus komplekslari 2017-yil 1-yanvargacha bojxona toʻlovlari (bojxona yigʻimlari bundan mustasno) toʻlashdan ozod qilinsin”.
5. Qarorga 1-ilovaning nomidagi “2010 — 2014” raqamlari “2010 — 2016” raqamlari bilan almashtirilsin.