1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ KODEKSINI AMALGA KIRITISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING 1997 YIL 24 APRELDAGI 397- I-SON QARORIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1997-yil 24-aprelda qabul qilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi 397-I-sonli qarorning 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadini deklaratsiyalash tizimi 2003-yilda olingan daromadlardan boshlab joriy etilsin”.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2001-yil 7-dekabr,
321-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 22-24-son, 153-modda)