toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.03.2026
Hujjat 01.01.2015 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-sentabrdagi 193-sonli qarori bilan tasdiqlangan Bosh, ixtisoslashtirilgan, tumanlararo va tuman (shahar) tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 14-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2622]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 10-martdagi 340-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3794, 19.03.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-sentabrdagi 193-sonli “Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati faoliyatini tashkil etishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-sentabrdagi 193-sonli qarori bilan tasdiqlangan Bosh, ixtisoslashtirilgan, tumanlararo va tuman (shahar) tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari roʻyxatiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq 2015-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 10-oktabr,
66-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 10-oktabrdagi 66-son buyrugʻiga
ILOVA
Bosh, ixtisoslashtirilgan, tumanlararo va tuman (shahar) tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari roʻyxatiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Quyidagi mazmundagi 91 — pozitsiya bilan toʻldirilsin:
91.‎ Psixiatriya TMEK ‎ Qoraqalpogʻiston
‎Respublikasi‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
‎psixonevrologiya dispanseri‎
2. 23 va 24-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
23.‎ Romitan tumanlararo TMEK ‎ Romitan,
‎Shofirkon va Peshku
‎tumanlari ‎
Romitan, Shofirkon va Peshku
‎TTB (tegishli hududlar boʻyicha)‎
24.‎ Gʻijduvon tumanlararo TMEK ‎ Gʻijduvon va Vobkent
‎tumanlari ‎
Gʻijduvon va Vobkent
‎TTB (tegishli hududlar boʻyicha)‎
3. 26-pozitsiya chiqarib tashlansin.
4. 46-pozitsiya chiqarib tashlansin.
5. Quyidagi mazmundagi 531 — pozitsiya bilan toʻldirilsin:
531.‎ Psixiatriya TMEK ‎ Namangan viloyati‎ Namangan viloyat
‎ psixonevrologiya dispanseri ‎
6. 101-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
101.‎ Mirzo Ulugʻbek
‎tumanlararo TMEK ‎
Mirzo Ulugʻbek va Yashnobod
‎tumanlari‎
Mirzo Ulugʻbek va Yashnobod
‎TTB (tegishli hududlar boʻyicha) ‎
7. 108-pozitsiya chiqarib tashlansin.
8. Ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2014-yil 10-oktabr,
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. ABDUHAKIMOV
2014-yil 10-oktabr,
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 42-son, 524-modda)