1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.02 Tibbiyot muassasalarining ilmiy-tadqiqot va taʼlim faoliyati]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Qarori
Toshkent davlat stomatologiya instituti faoliyatini tashkil etish va uning moddiy-texnika bazasini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent davlat stomatologiya institutini tashkil etish toʻgʻrisida” 2014-yil 22-iyuldagi PQ-2215-son qarorini ijro etish yuzasidan, shuningdek stomatologiya sohasida yuqori malakali tibbiyot kadrlari tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, Toshkent davlat stomatologiya instituti va uning filiallarining moddiy-texnika bazasini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.02.00 Fan va taʼlim (ayrim xodimlar xizmati) sohasidagi mehnatni tartibga solishning xususiyatlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
1. Toshkent davlat stomatologiya instituti va uning filiallarining faoliyatini tashkil etish va moddiy-texnika bazasini, kadrlar va ilmiy-texnik salohiyatini mustahkamlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2-ilovaga* muvofiq viloyat va shahar stomatologiya poliklinikalarini Toshkent davlat stomatologiya institutining Nukus, Andijon, Buxoro va Samarqand filiallari klinik bazalari sifatida belgilash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Toshkent davlat stomatologiya instituti filiallarining tuzilmasi va shtatdagi xodimlari soni oliy taʼlim muassasalari uchun amaldagi shtat normativlariga muvofiq belgilanadi;
Toshkent davlat stomatologiya institutining klinikasi Toshkent tibbiyot akademiyasi 3-klinikasining ixtisosli boʻlinmalari, talabalar poliklinikasi va stomatologiya poliklinikalari negizida tashkil etiladi.
Toshkent davlat stomatologiya instituti va uning filiallari faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, pulli-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Toshkent davlat stomatologiya instituti huzuridagi Stomatologiya va yuz-jagʻ jarrohligi ilmiy-amaliy markazi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, shu jumladan ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirish uchun grantlar boʻyicha ajratiladigan mablagʻlar, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat va donor tashkilotlarning grantlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari]
Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, pulli tibbiy xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan budjetdan tashqari mablagʻlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
5. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda Toshkent davlat stomatologiya instituti filiallari va talabalar yashash joylari uchun foydalanilmayotgan yoki boshqa maqsadlarda foydalanilayotgan binolarni aniqlasin va ajratsin.
6. Toshkent davlat stomatologiya instituti va uning filiallari obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha:
buyurtmachi etib — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Birlashgan qurilish direksiyasi;
bosh loyihalash tashkiloti etib — “OʻzshaharsozlikLITI” DUK;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.03 Auksion va shartnomalar va boshqa bitimlarga asosan yerga boʻlgan huquqlarning paydo boʻlishi]
bosh pudratchi tashkilot etib — tanlov savdolari asosidagi tashkilot belgilansin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.09.00 Maʼmuriy va ijtimoiy-madaniy obyektlarni qurish]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi loyihalash tashkiloti bilan birgalikda 2014-yil 1-dekabrgacha boʻlgan muddatda Toshkent davlat stomatologiya instituti yangi binolari majmuini qurish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.09.00 Maʼmuriy va ijtimoiy-madaniy obyektlarni qurish]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan oʻtkazilishini va qurilish-montaj ishlarini bajarish sifati ustidan davlat arxitektura-qurilish nazorati oʻrnatilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.14.00 Donorlik]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliyaviy institutlar, tashkilotlar va donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha idoralararo kengashning koʻrib chiqishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlari hisobiga Toshkent davlat stomatologiya institutining yangi binolari majmuini qurish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga joriy yilda mablagʻ ajratish toʻgʻrisida taklif kiritsinlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasining 2015-yilga va keyingi yillarga parametrlarini shakllantirishda Toshkent davlat stomatologiya instituti va uning filiallarining oʻquv binolarini va talabalar yashash joylarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash uchun zarur mablagʻlar kiritilishini nazarda tutsinlar.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.09.00 Maʼmuriy va ijtimoiy-madaniy obyektlarni qurish]
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzqurilishmateriallari” AK, “Oʻzmetkombinat” OAJ buyurtmachi va loyiha tashkilotining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida, tartibga solinadigan narxlar boʻyicha Toshkent davlat stomatologiya instituti obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun sement va metall prokati ajratilishini taʼminlasinlar.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi 2014-yil 1-dekabrgacha boʻlgan muddatda:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.02.00 Fan va taʼlim (ayrim xodimlar xizmati) sohasidagi mehnatni tartibga solishning xususiyatlari]
stomatologik kasalliklar diagnostikasi, profilaktikasi va ularni davolash boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani joriy etishni hisobga olgan holda stomatologiya sohasidagi amaldagi standartlar va klinik protokollarni tanqidiy tahlil qilsin va qayta koʻrib chiqsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda stomatologik asbob-uskunalar va jihozlar, yordamchi materiallar, butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni keyinchalik respublikada mahalliylashtirgan holda tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Bosh vazirning oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV