1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.10.00 (Кучини йукотган) Soliq imtiyozlarini qoʻllashning umumiy shartlari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING 2002 YIL 13 NOYABRDAGI 390-SON QARORINING 1 VA 2-ILOVALARIDA NAZARDA TUTILGAN SOLIQ IMTIYOZLARI JORIY ETILADIGAN ISTEʼMOL TOVARLARI ROʻYXATIGA QOʻShIMChA KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishni koʻpaytirishni ragʻbatlantirish, ular bilan ichki isteʼmol bozorini yanada toʻlaroq toʻldirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 13-noyabrdagi 390-son qarorining 1 va 2-bandlarida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari joriy etiladigan isteʼmol tovarlari roʻyxatining 3-bandida (Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-martdagi 164-son qaroriga ilova) “Soliq imtiyozlari joriy etiladigan tovarlar nomi” ustunida “musiqa asboblari” soʻzlaridan keyin “gugurt” soʻzi qoʻshilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 1-dekabr,
536-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 23-son, 231-modda)