1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
4. 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 266-modda; 1996-yil № 5-6, 63-modda; № 9, 120-modda) “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni” degan soʻzlardan soʻng “El-yurt hurmati” ordeni” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 28-avgust,
664-I-son
“EL-YuRT HURMATI” ORDENI TOʻGʻRISIDAGI
NIZOM
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.21.00.00 Faxriy unvonlar, esdalik nishonlar. Faxriy yorliqlar]
1. “El-yurt hurmati” ordeni bilan mamlakat mustaqilligini, uning iqtisodiy qudratini mustahkamlashga, milliy maʼnaviyatni, madaniyatni yuksaltirishga katta hissa qoʻshgan, oʻz mehnati, ilmiy, jamoat ishi, mehnatsevarligi va vatanparvarligi bilan jamoatchilikning izzat-hurmatiga sazovor boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari mukofotlanadilar.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.21.00.00 Faxriy unvonlar, esdalik nishonlar. Faxriy yorliqlar]
“El-yurt hurmati” ordeni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham mukofotlanishlari mumkin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.21.00.00 Faxriy unvonlar, esdalik nishonlar. Faxriy yorliqlar]
2. “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlashga taqdim etish, mukofotlash va uni topshirish “Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
3. “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar eng kam ish haqining qirq karra miqdoridagi bir yoʻla pul mukofotini oladilar. “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlardan foydalanadilar.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.21.00.00 Faxriy unvonlar, esdalik nishonlar. Faxriy yorliqlar]
4. “El-yurt hurmati” ordeni koʻkrakning chap tomoniga taqib yuriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.21.00.00 Faxriy unvonlar, esdalik nishonlar. Faxriy yorliqlar]
5. “El-yurt hurmati” ordeni bilan vafotidan keyin mukofotlangan taqdirda orden, mukofotlash toʻgʻrisidagi hujjat va bir yoʻla pul mukofoti mukofotlanganning oilasiga topshiriladi.
“EL-YuRT HURMATI” ORDENI
T A V S I F I
“El-yurt hurmati” ordeni 1 mikron qalinlikdagi oltin qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanadi, u ikki yoqlama nurlar taraluvchi sakkiz qirrali yulduz shakliga ega. Yulduz burchaklari orasida zangori rangdagi shaffof emal qoplangan taraluvchi nur tutamlari joylashgan. Yulduzning qarama-qarshi qirralari oraligʻidagi masofa 57 millimetr. Nurlarni oʻz ichiga olgan doira diametri — 52 millimetr.
Ordenning markazida chiqayotgan quyosh, vodiylar va togʻlar fonida Registon arxitektura majmui tasvirlangan. Fon rangli emal bilan qoplangan.
Tasvir atrofi 5 millimetr kenglikdagi aylana bilan hoshiyalangan. Hoshiyaning yuqori qismida, oq fonda “EL-YURT HURMATI” soʻzlari, hoshiyaning pastki qismida – yashil shaffof emal bilan qoplangan dafna shoxlari joylashgan.
Orqa tomonida, pastki qismida orden raqami 1 millimetr kattalikdagi botiq shrift bilan yozilgan.
Orden Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi ranglaridagi muhayyar lenta oʻralgan qadagʻichga ilmoqcha va halqa yordamida ulanadi.