1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XUSUSIYLASHTIRISHDAN TUSHADIGAN MABLAGʻLARNI TAQSIMLASH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli “Boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini xatlovdan oʻtkazish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki:
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlarni, shu jumladan sotib olinadigan davlat aktivlari haqini boʻlib-boʻlib toʻlashni nazarda tutuvchi shartnomalar boʻyicha tushadigan mablagʻlarni taqsimlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan har oyda, qonun hujjatlarida belgilangan nisbatlarda amalga oshiriladi;
xususiylashtirilayotgan korxonalar Hukumatning qarorlari boʻyicha ixtiyorida qoldiriladigan mablagʻlarni oʻtkazish ushbu korxonalar tomonidan maxsus depozit hisob raqamining bank rekvizitlari koʻrsatilgan holda taqdim etilgan yozma soʻrovlar asosida amalga oshiriladi. Korxona tomonidan soʻrov sotilayotgan davlat aktivlari uchun yakuniy hisob-kitoblar qilingan vaqtdan boshlab bir oy oʻtgungacha taqdim etilmagan taqdirda koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlar davlat budjetiga oʻtkaziladi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-244-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 386-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 18-noyabrdagi 477-son va 1998-yil 17-dekabrdagi 525-son qarorlarini bajarish yuzasidan javobgarlikni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 20-maydagi 258-son qarorining 10-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2001-2002-yillarda xorijiy investorlarni jalb etgan holda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻyicha kelgusidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 9-martdagi 119-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 17-modda) 2-bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshidagi “keyinchalik xarajatlarni obyektlarni (aksiyalarni) sotish tushumlaridan qoplagan holda” soʻzlari chiqarib tashlansin.