1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Moliya / Buxgalteriya hisobi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XOʻJALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING XARAJATLARINI HISOBGA OLISH VA MOLIYAVIY NATIJALARINI SHAKLLANTIRISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Daromad (foyda) soligʻini hisoblab chiqishda xoʻjalik yurituvchi subyektlarga soliq yuklamasini kamaytirish, soliq solinadigan bazani yanada real aniqlash va ularning xarajatlarini hisobga olish hamda moliyaviy natijalarini shakllantirish metodologiyasini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarga:
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 2-son, 9-modda, 2003-y., 6-son, 44, 45-moddalar) bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Meʼyorlanadigan ayrim xarajatlar normativlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1999-yil 9-apreldagi 166-son qaroriga, 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisida nizom”, shuningdek unga sharhlar mazkur qarorning 1-bandi bilan kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar hisobga olingan holda eʼlon qilinishini taʼminlasin.
3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 15-oktabr,
444-son
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-oktabrdagi 444-son qaroriga 1-ILOVA
“Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisida Nizom”ga kiritilayotgan
a) oxirgi xatboshi “vazirliklar va idoralar” soʻzlaridan keyin “xoʻjalik birlashmalari (korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, kompaniyalari va boshqalar)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“1.1.2. Normal texnologiya jarayonini taʼminlash va mahsulotlarni oʻrash uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar) yoki boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlariga sarflanadigan (asbob-uskunalar, binolar, inshootlar va boshqa asosiy vositalar sinovini oʻtkazish, nazorat qilish, saqlash, tuzatish va ulardan foydalanish) uchun ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan xarid qilinadigan materiallar, shuningdek asbob-uskunalarni tuzatish uchun ehtiyot qismlar, inventarlarning, xoʻjalik buyumlarining va asosiy vositalarga kirmaydigan boshqa mehnat vositalarining qiymati”;
“1.1.5. Tabiiy xom ashyo (yer rekultivatsiyasiga ajratmalar, ixtisoslashtirilgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan yerni rekultivatsiya qilish ishlariga haq toʻlash), ildizi bilan beriladigan daraxtga haq toʻlash, korxonalar tomonidan suv xoʻjaligi tizimlaridan beriladigan isteʼmol qilinadigan suv uchun haq toʻlash. Sanoatning xom ashyo tarmoqlari uchun – yogʻoch, taxta materiallaridan yoki foydali qazilmalardan (rudadan) foydalanishga huquqlarning amortizatsiya qilinadigan qiymati yoki atrof muhitni tiklash xarajatlari”;
v) 1.1.8-banddagi “tabiiy yoʻqolish normalari doirasida va ulardan ortiqcha yoʻqotilishi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
g) 1.1.12-banddagi “bojxona bojlari va yigʻimlardan” soʻzlaridan keyin “soliqlardan (korxona keyinchalik qarz surishish, masalan, qoʻshilgan qiymat soligʻi tarzida qaytarib oladiganlardan tashqari)” soʻzlari qoʻshilsin;
“1.5.3. Ishlab chiqarish xodimlarini va ishlab chiqarish aktivlarini majburiy va ixtiyoriy sugʻurta qilish xarajatlari”;
i) quyidagi mazmundagi 1.5.11 va 1.5.12-kichik bandlar bilan toʻldirilsin:
“1.5.11. Gudvill (firma narxi)ning nomoddiy aktivi summasini hisobdan chiqarish bilan bogʻliq xarajatlar, ishlab chiqarish maqsadida boʻlmagan mol-mulk yuzasidan belgilangan tartibda;
1.5.12. Qazib oluvchi tarmoqlarda tayyorgarlik ishlari boʻyicha xarajatlar, agar ular kapital xarajatlarga tegishli boʻlmasa (yaʼni asosiy vositalar sifatida kapitallashtirilmasa). Ushbu xarajatlar “Kelgusi davrlar xarajatlari” sifatida qaraladi va ularni qaytarishning belgilangan muddati mobaynida teng ravishda ishlab chiqarish tannarxiga yoki qazib olingan mahsulotning hajmi va miqdoriga mutanosib ravishda hisobdan chiqariladi. Kelgusi davrlar xarajatlarini hisobdan chiqarishning tanlangan metodi xoʻjalik yurituvchi subyektning hisobga olish siyosatida aks ettirilishi kerak”;
k) 2.1.2-banddagi “ishlari xarajatlari” soʻzlari “sotish boʻyicha xarajatlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
l) 2.1.2.9-bandda “norma doirasida va undan ortiqcha” soʻzlari chiqarib tashlansin;
m) 2.1.2.11-banddagi “majburiy” soʻzidan keyin “va ixtiyoriy” soʻzlari qoʻshilsin;
n) 2.1.3-banddagi “belgilangan normativlar doirasida va undan ortiqcha” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“2.2.6. Ijara, xizmatlar koʻrsatilganligi, maʼlumotlar berilganligi uchun aloqa uzellariga haq toʻlash (ATS, uyali, yoʻldosh, peyjing aloqa, radiochastotalar ijarasi, ajratilgan kanallar, maʼlumotlarni berishning simli va simsiz tarmoqlari, Internet)”;
p) 2.2.7-banddagi “belgilangan normativlar doirasida va ulardan ortiqcha” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“2.2.11. Xodimlarni va ishlab chiqarish jarayoni bilan bogʻliq boʻlmagan mol-mulkni majburiy va ixtiyoriy sugʻurta qilish xarajatlari”;
s) 2.2.12 va 2.2.13-bandlardagi “belgilangan normalar doirasida va undan ortiqcha” soʻzlari chiqarib tashlansin;
t) 2.2.15-banddagi “shu jumladan, yoʻl qoʻyiladigan normalar doirasida va ulardan ortiqcha ifloslantiruvchi moddalarning atrof muhitga chiqarilganligi (tashlanganligi) uchun toʻlovlar” soʻzlari “tabiiy atrof muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
u) 2.3.1-banddagi “normalar doirasida va ulardan ortiqcha” soʻzlari chiqarib tashlansin;
f) 2.3.4-banddagi “shu jumladan, xoʻjalik yurituvchi subyektning qatnashchilaridan (mulkdorlardan) birining tashabbusi boʻyicha oʻtkaziladigan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
x) 2.3.10-bandda “joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan normativlar doirasidagi va ulardan koʻproq” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“2.3.14. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan va xoʻjalik yurituvchi subyekt xarajatlariga kiritiladigan budjetga majburiy toʻlovlar, soliqlar, yigʻimlar, davlat maqsadli jamgʻarmalariga ajratmalar, shuningdek hukumat qarorlariga binoan xalqaro tashkilotlarga aʼzolik badallarini toʻlash”;
ch) 2.3.15.2-banddagi “tabiiy yoʻqolish normalari doirasidagi va normalardan koʻproq” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“2.3.15.11. Xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy vositalari va boshqa mol-mulki (aktivlari)ning chiqib ketishi (balansdan chiqarish)dan koʻrilgan zararlar”;
e) quyidagi mazmundagi 2.3.16., 2.3.17., 2.3.18., 2.3.19. 2.3.20-bandlar bilan toʻldirilsin:
“2.3.16. Xodimlarga beriladigan yoki yordamchi xoʻjaliklar tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektning umumiy ovqatlanish korxonasi uchun ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) boʻyicha narx tafovutlari.
2.3.17. Gudvill (firma narxi)ning nomoddiy aktivi summasini hisobdan chiqarish bilan bogʻliq xarajatlar, ishlab chiqarish jarayoni bilan bogʻliq boʻlmagan mol-mulk boʻyicha, belgilangan tartibda.
2.3.18. Yangi texnologiyalar yaratish va qoʻllanilayotgan texnologiyalarni takomillashtirish, shuningdek ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlari olib borish, xom ashyo va materiallarning yangi turlarini yaratish, ishlab chiqarishni qayta jihozlash bilan bogʻliq mahsulotlar sifatini oshirish xarajatlari.
2.3.19. Ishlab chiqarish tusidagi ixtirochilik, ratsionalizatorlik, tajriba-eksperiment ishlari olib borish, ixtirochilik va ratsionalizatorlik takliflari boʻyicha modellar va namunalarni tayyorlash va sinash, koʻrgazmalar va koʻriklar, tanlovlarni, sertifikatlashni hamda ixtirochilik va ratsionalizatorlik boʻyicha boshqa tadbirlarni tashkil etish, mualliflar haqini toʻlash xarajatlari va boshqa xarajatlar.
2.3.20. Ijaraga berilgan asosiy vositalarni taʼminlash xarajatlari”;
“3.1. Banklar va boshqa moliya-kredit tashkilotlari kreditlari boʻyicha foizlar (investitsiya davrida kapital qoʻyilmalar tarkibiga kiruvchi investitsiyalarga olingan bank va boshqa moliya-kredit tashkilotlari kreditlari boʻyicha foizlardan tashqari), shu jumladan, muddati oʻtgan va uzaytirilgan ssudalar boʻyicha foizlar”.
3. “V” boʻlimning 2.6-bandi quyidagi mazmundagi gap bilan toʻldirilsin:
“Tovar-moddiy boyliklarni toʻliq baholash summasi mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishiga koʻra soliq solinadigan daromadga kiritiladi)”.
“1.11. “Tabiiy atrof muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari”;
j) 1.13-banddagi “va marketing” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“1.15. Ijara, xizmatlar koʻrsatilganligi, maʼlumotlar berilganligi uchun aloqa uzellariga haq toʻlash (ATS, uyali, yoʻldosh, peyjing aloqa, radiochastotalar ijarasi, ajratilgan kanallar, maʼlumotlar berishning simli va simsiz tarmoqlari), Internetdan tashqari”;
i) quyidagi mazmundagi 1.17-1-band bilan toʻldirilsin:
“1.17-1. Boshqaruv xodimlariga tegishli nodavlat pensiya jamgʻarmalariga ajratmalar”;
“1.21. Xodimlarni va mol-mulkni ixtiyoriy sugʻurta qilishga hamda ixtiyoriy sugʻurtaning ishlab chiqarish jarayoni bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa turlariga qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha xarajatlar”;
l) 1.22-banddagi “va normalardan ortiqcha” soʻzlari chiqarib tashlansin;
m) 1.32-bandga “xodimning jarohatlanishi yoki boshqa tarzda sogʻligʻiga shikast yetkazilishi va xodim oila aʼzolarining vafoti munosabati bilan beriladigan moddiy yordamdan tashqari” soʻzlari qoʻshilsin;
“1.39. Xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy vositalari va boshqa mol-mulki (aktivlari)ning chiqib ketishi (balansdan chiqarilishi)dan koʻrilgan zararlar, xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan uch yildan ortiq ishlatilgan asosiy vositalarni sotishdan koʻrilgan zarardan tashqari”;
“1.45. Banklar va boshqa moliya-kredit tashkilotlarining uzoq muddatli kreditlari boʻyicha foizlar (investitsiya davrida kapital qoʻyilmalar tarkibiga kiradigan investitsiyalarga olingan bank va boshqa moliya-kredit tashkilotlari kreditlari boʻyicha foizlar, shuningdek lizing obyektini sotib olish uchun olingan kreditlar boʻyicha belgilangan boshqa toʻlovlar foizlaridan tashqari)”;
s) “Tovar-moddiy zaxiralarni qayta baholash bilan bogʻliq xarajatlar moddalari” kichik boʻlimi chiqarib tashlansin;
“13. Jadallashtirilgan metod bilan hisoblangan amortizatsiya summasi va belgilangan normalar boʻyicha hisoblangan amortizatsiya summasi oʻrtasidagi farq:
a) asosiy vositalar boʻyicha – soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq;
b) nomoddiy aktivlar boʻyicha – boshlangʻich qiymatidan va foydali ishlatish muddatidan kelib chiqqan holda xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan hisoblab chiqilgan normalarga muvofiq”.
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-oktabrdagi 444-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Meʼyorlanadigan ayrim xarajatlar normativlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1999-yil 9-apreldagi 166-son qaroriga kiritilayotgan
savdo, xarid va taʼminot-sotish korxonalari uchun – yalpi daromadning yillik hajmidan;
iqtisodiyotning qolgan tarmoqlari korxonalari uchun – mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan tushumning yillik hajmidan, qoʻshilgan qiymat soligʻini qoʻshgan holda”.
2. “Reklama uchun yillik xarajatlar normativlari” nomli 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 183-modda; 2009-y., 10-11-son, 115-modda)