1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Moliya / Valyutani tartibga solish. Qimmatbaho metallar (toshlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VALYUTA OPERATSIYALARINI YANADA ERKINLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ichki valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 16-iyuldagi 317-son va “Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda valyuta operatsiyalarini erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 15-avgustdagi 355-son qarorlarini bajarish yuzasidan, shuningdek qonun hujjatlarini qabul qilingan qarorlarga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.13.00 Valyuta operatsiyalari (shuningdek, 07.27.00.00ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.03.00 Valyuta operatsiyalari (bitimlari) / 07.27.03.01 Joriy xalqaro operatsiyalar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.03.00 Valyuta operatsiyalari (bitimlari) / 07.27.03.02 Kapitalning harakatlanishi bilan bogʻliq valyuta operatsiyalari]
1. Xalqaro valyuta fondi Bitimi Moddalarining VIII moddasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan majburiyatlar qabul qilinishi bilan valyuta operatsiyalari koʻplab ayirboshlash kurslari amaliyotini yoki cheklovchi (kamsituvchi) valyuta chora-tadbirlarini qoʻllanmasdan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
2. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston respublika valyuta birjasida operatsiyalar hajmini kengaytirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1994-yil 23-noyabrdagi 566-son qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2000-yil 5-dekabrdagi 467-son qaroriga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Markaziy bank raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 1-oktabr,
420-son
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-oktabrdagi 420-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda xorijiy valyutadagi mablagʻlardan foydalanish ustidan nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 13-martdagi 95-son qarorida:
Import kontaktini hisobga olish va uning harakatini nazorat qilish sxemasi (Import operatsiyalari boʻyicha kontraktlarni hisobga olish va ularning bajarilishini nazorat qilish toʻgʻrisidagi nizomga ilova) ilovaga muvofiq tahrirda bayon qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Barter asosidagi eksport-import operatsiyalarini qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 13-avgustdagi 280-son qarorida:
1-bandning ikkinchi xatboshidagi “MDH va Baltiya mamlakatlariga” soʻzlari chiqarib tashlansin;
2-bandning uchinchi xatboshidagi “shuningdek valyuta mablagʻlarining bir qismi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga sotilishi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
3-banddagi “shuningdek valyuta mablagʻlarining bir qismi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga majburiy ravishda sotilishi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovar bozorlari konyunkturasini oʻrganish markazini Oʻzbekiston Respublikasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi huzuridagi Tovar bozorlari konyunkturasini oʻrganish respublika markaziga aylantirish toʻgʻrisida” 1996-yil 14-avgustdagi 286-son qaroriga 1-ilova II boʻlimining 2-bandi oʻn ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 29-iyundagi 245-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 33-modda):
qarorga 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish va valyuta almashtirish operatsiyalarini kengaytirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 30-iyundagi 250-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 34-modda):
2-bandning oltinchi va yettinchi xatboshi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan almashtirilsin:
“jismoniy shaxslarga yoʻl cheklari vakolatli banklar tomonidan almashtirish punktlarida operatsiyani amalga oshirish kunidagi sotib olish kursi boʻyicha ularning xohishiga koʻra naqd milliy valyutaga yoki naqd xorijiy valyutaga almashtiriladi”;
2-ilova 12-bandining yettinchi va sakkizinchi xatboshi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan almashtirilsin:
“jismoniy shaxslarga yoʻl cheklari vakolatli banklar tomonidan almashtirish punktlarida operatsiyani amalga oshirish kunidagi sotib olish kursi boʻyicha ularning xohishiga koʻra naqd milliy valyutaga yoki naqd xorijiy valyutaga almashtiriladi”;
3a-ilova (maxfiy) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 22-iyundagi 263-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 30-modda) 8-bandining uchinchi xatboshidagi “asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, xom ashyo, materiallar” soʻzlari “tovarlar” soʻzi bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 10-iyuldagi 294-son qaroriga 2-ilovada (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 7-son, 38-modda):
2-bandning “v” kichik bandidagi “isteʼmol tovarlari, asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, xom ashyo, materiallar” soʻzlari “tovarlar” soʻzi bilan almashtirilsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga ILOVA
Import kontraktini hisobga olish va uning harakatini nazorat qilish
sxemasi
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 178-modda; 2013-y., 14-son, 180-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 09/22/210/0345-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)