1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.01.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasining umumiy qoidalari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.03.00 Axborot va axborotlashtirish sohasini litsenziyalash;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TELEKOMMUNIKATSIYALAR SOHASIDAGI FAOLIYATNI LITSENZIYALASH TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2002-yil 28-iyundagi 236-son qaroriga muvofiq, shuningdek telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 11-son, 73-modda) bilan tasdiqlangan Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi:
ikki hafta muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida xulosalar tayyorlash yuzasidan ekspert komissiyaning tarkibini va komissiya haqidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
2004-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni amalga oshirishga ilgari berilgan litsenziyalarni xatlovdan oʻtkazsin hamda litsenziatlar oʻz faoliyatini mazkur qarorga binoan litsenziya talablari va shartlariga muvofiqlashtirishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 27-sentabr,
413-son
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-sentabrdagi 413-son qaroriga ILOVA
Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 3-bandning birinchi xatboshida “qurilishi” va “ulardan foydalanish” soʻzlari quyidagi mazmundagi havolalar bilan toʻldirilsin:
“*Qurilish, shuningdek telekommunikatsiyalar tarmoqlarini rekonstruksiya qilish (kengaytirish, qayta jihozlash) bilan bogʻliq ishlarni ham oʻz ichiga oladi.
**Foydalanish, shuningdek telekommunikatsiyalar tarmoqlariga texnik xizmat koʻrsatish ishlarini ham oʻz ichiga oladi”.
2. 5-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“radiotelefon, peydjing tarmoqlaridan telekommunikatsiya xizmatlari koʻrsatmasdan ishlab chiqarish-texnologiya maqsadlarida foydalaniladi”.
“j” kichik bandning toʻrtinchi xatboshida “(tele-radio eshittirishlarni tarqatish toʻgʻrisidagi xulosasi (translyatsiya qilishga) va radiotelefon aloqasi xizmatlari koʻrsatishga litsenziyalar olishda)” soʻzlari “(radioaloqa vositalaridan foydalanish bilan bogʻliq faoliyatga litsenziya olishda)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
band quyidagi mazmundagi “z” kichik band bilan toʻldirilsin:
“z) jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar) uchun – faoliyatning litsenziyalanadigan ayrim turlarini amalga oshirish uchun talabgorning tegishli bilimlari mavjudligini tasdiqlovchi hujjatning (diplom, sertifikatning) nusxasi taqdim etiladi.”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻz tarmogʻini yaratish huquqisiz maʼlumotlarni uzatish tarmoqlari, shu jumladan Internet, maʼlumotlarni uzatish operatorlari tarmogʻi orqali provayder xizmatlari koʻrsatishga litsenziya olishda mazkur bandning “g”, “d” va “e” kichik bandlarida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilmaydi”.
“Litsenziyalar berish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish va ular boʻyicha xulosa tayyorlash uchun litsenziyalovchi organda ekspert komissiyasi tashkil etiladi. Ekspert komissiyasiga Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining oʻrinbosari rahbarlik qiladi, litsenziyalash masalalari uning funksional vazifalariga kiradi. Ekspert komissiyasi tarkibiga telekommunikatsiyalar texnikasi va texnologiyasi, yurisprudensiya, radiochastota spektoridan foydalanish, bozor qayta oʻzgartirishlari, telekommunikatsiyalar sohasida nazorat organi va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha mutaxassislar kiritiladi. Ekspert komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom va uning shaxsiy tarkibi litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi. Ekspert komissiyasi bir oyda kamida bir marta majlis oʻtkazadi.
Ekspert komissiyasi litsenziya talabgorining barcha zarur hujjatlar bilan birgalikdagi arizasi olingan kundan boshlab 20 kundan oshmaydigan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va ular boʻyicha litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi ekspert xulosasini tayyorlaydi.
Litsenziyalovchi organ oʻn kun muddatda ekspert komissiyasining xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi”;
“22. Litsenziyalar litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlangandan hamda litsenziya talabgori va litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya bitimi imzolangandan keyin bir kun muddatda beriladi”.
7. 26-band band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ekspert komissiyasi olti kundan oshmaydigan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni takroran koʻrib chiqadi va ular boʻyicha litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida ekspert xulosasini tayyorlaydi.
Litsenziyalovchi organ toʻrt kun muddatda ekspert komissiyasining xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.”.
“28. Litsenziyalar maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi (3-ilova). Litsenziyalar blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Litsenziyalar blankalari litsenziyalovchi organning buyurtmasi boʻyicha “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Litsenziyalovchi organning rahbari litsenziya blankalari hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun belgilangan tartibda javob beradi”.
9. 31-bandning yigirma beshinchi xatboshida “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin”.
ikkinchi xatboshida “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 17-18-son, 158-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)