1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.21.00 Engil, mahalliy sanoat]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
PILLACHILIK SOHASI KORXONALARINING MOLIYAVIY FAOLIYATINI BARQARORLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, “Oʻzbek ipagi” uyushmasi rahbarlari tomonidan sohani boshqarishning zamonaviy bozor shart-sharoitlariga javob beradigan samarali tizimi taʼminlanmagan.
Sohaning iqtisodiy nochor korxonalarini isloh qilish juda qoniqarsiz amalga oshirilmoqda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, shuningdek ishlab chiqarishlarni zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash uchun chet el investitsiyalarini jalb qilish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar koʻrilmayapti. Soha mahsulotlariga jahon bozorining tendensiyalarini marketing tadqiq etishning amaliy tizimi tashkil etilmagan. Koʻpchilik korxonalarda kreditorlik qarzlar darajasi yuqoriligicha qolmoqda, natijada qoniqarsiz moliyaviy ahvol vujudga kelgan.
“Oʻzbek ipagi” uyushmasining qishloq aholisi — pilla yetishtiruvchilar oldida qarzdor ekanligi jiddiy, toqat qilib boʻlmaydigan muammo boʻlib qolmoqda.
Pillachilik sohasini barqaror rivojlantirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish, tarmoq korxonalarining moliyaviy faoliyatini barqarorlashtirish va mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.21.00 Engil, mahalliy sanoat]
1. “Oʻzbek ipagi” uyushmasi rahbarlarining pillachilik sohasini isloh qilish va rivojlantirish, korxonalarni zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash, sohaga chet el investitsiyalarini jalb qilish boʻyicha ishi qoniqarsiz deb hisoblansin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.05.00 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi “Oʻzbek ipagi” uyushmasi va tijorat banklari – kreditorlar bilan birgalikda ikki hafta muddatda 2003-yil hosilidan yetkazib berilgan pilla uchun qishloq xoʻjaligi korxonalari oldidagi qarzlar 2003-yil 1-dekabrgacha qaytarilishini taʼminlaydigan uyushma korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish tadbirlarini va jadvalini aniq ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
3. “Oʻzbek ipagi” uyushmasi korxonalarini aylanma mablagʻlar bilan toʻldirish va ularning qishloq xoʻjaligi korxonalari oldidagi qarzlarini oʻz vaqtida qaytarish uchun:
istisno tariqasida, 2003-yildan boshlab, “Oʻzbek ipagi” uyushmasi korxonalariga ipak ipning boʻsh qoldiqlarini va ishlab chiqarilayotgan quruq pillaning 50 foizgachasini jahon darajasiga muvofiq boʻlgan narxlarda eksportga, shu jumladan tovar-xom ashyo birjalari orqali erkin almashtiriladigan valyutaga va milliy valyutaga sotishga ruxsat berilsin;
“Oʻzbek ipagi” uyushmasining uyushma korxonalari tomonidan 2 yil muomalada boʻladigan 680 mln. soʻmlik korporativ obligatsiyalar chiqarilishi toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
pilla yetishtiruvchilar bilan “Oʻzbek ipagi” uyushmasi korxonalari oʻrtasidagi pilla tayyorlash uchun kontraktatsiya shartnomalari har yili 1-fevralgacha tuziladi va unda pilla yetishtiruvchilar bilan oʻz vaqtida hisob-kitob qilinmaganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq jarima jazolari qoʻllanilishi nazarda tutiladi;
tayyorlanayotgan pilla uchun avans berish ular umumiy qiymatining kamida 30 foizi miqdorida, shu jumladan fyuchers asosida ipak ipni sotishdan olinadigan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi;
“Oʻzbek ipagi” uyushmasi korxonalarining qishloq xoʻjaligi korxonalari bilan pilla uchun uzil-kesil hisob-kitobi har yili 1-noyabrdan kechikmay amalga oshiriladi.
5. “Oʻzbek ipagi” uyushmasi korxonalariga 2004—2006-yillar davrida pilla yetishtirish uchun yetishmayotgan importdan keltiriladigan ipak qurti urugʻini “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimidan foydalangan holda belgilangan tartibda olib kelishga ruxsat berilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 8-oktabrdagi 347-son va 2003-yil 17-apreldagi 185-son qarorlari talablariga muvofiq uyushma korxonalarining ustav fondidagi davlat ulushi va joylashtirilmagan aktivlar jadal sotilishini hamda sohada xususiy korxonalar har tomonlama rivojlantirilishini taʼminlasin;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
soha korxonalarini rekonstruksiya qilish va qayta jihozlashdan keyin boʻshab qoladigan maʼnaviy eskirgan asbob-uskunalar belgilangan tartibda sotilishini tashkil etsin.
9. Vazirlar Mahkamasining Isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari mavjud tutzorlar saqlab qolinishini, yangi tut daraxtlari ekilishini taʼminlasinlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi pillachilik sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 5-apreldagi 118-son qarori talablarini soʻzsiz bajarish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari M. Z. Usmonov va R. S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Qarorning bajarilishining borishi toʻgʻrisida 2004-yil yanvar oyida Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 9-sentabr,
390-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 17-18-son, 145-modda; 2007-y., 1-2-son, 13-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son, 12.12.2018-y., 09/18/1005/2302-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)