1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.08.00.00 Xalqaro tashkilotlar va ittifoqlar / 19.08.10.00 Boshqa davlatlararo ittifoqlar va tashkilotlar]
[TSZ:
1.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Xalqaro va xorijiy tashkilotlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ISLOM TARAQQIYOT BANKIGA AʼZOLIGI TOʻGʻRISIDA
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Oʻzbekistonning Islom taraqqiyot bankiga aʼzo boʻlish niyati toʻgʻrisida Islom taraqqiyot bankiga rasmiy maktub bilan murojaat qilganligi va ushbu niyat Bank rahbariyati tomonidan maʼqullanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]
2. Islom taraqqiyot bankini tashkil etish toʻgʻrisida 1974-yil 12-avgustdagi Bitim moddalari qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qoʻllash va sharhlash]
Oʻzbekiston Respublikasi Islom taraqqiyot bankini taʼsis etish toʻgʻrisidagi Bitimni qabul qilganligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Islom taraqqiyot bankiga maʼlum qilinsin.
3. Islom taraqqiyot banki ustav sarmoyasiga Oʻzbekiston Respublikasi badallarini toʻlash jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilangan tartibda:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
nominal qiymati 10000 Islom dinori/SDR boʻlgan 250 aksiyaga yozilishni;
mazkur qaror bilan tasdiqlangan toʻlov jadvaliga muvofiq badallar toʻlanishini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi A.I. Axmedxodjayev Oʻzbekiston Respublikasidan Islom taraqqiyot banki boshqaruvchisi etib;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisi Z. S. Mirxoʻjayev Oʻzbekiston Respublikasidan Islom taraqqiyot banki boshqaruvchisining oʻrinbosari etib tayinlansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E. M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 27-avgust,
371-son
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-avgustdagi 371-son qaroriga ILOVA
Islom taraqqiyot banki ustav sarmoyasiga Oʻzbekiston Respublikasi badallarini toʻlash