1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
[TSZ:
1.Moliya / Investitsiyalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“Navoiy viloyatidagi “Kasaba” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Navoiy viloyatining sugʻoriladigan yerlarida dehqonchilikni barqaror rivojlantirishni taʼminlash, shuningdek Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar uchun Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) Hukumati tomonidan berilayotgan kredit mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilayotgan investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida amalga oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan “China IPPR International Engineering Corporation” (XXR) kompaniyasi oʻrtasida “Navoiy viloyatidagi “Kasaba” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida texnologiya uskunalari, ehtiyot qismlar yetkazib berish, shef-montajni amalga oshirish, sozlash va xodimlarni oʻqitish uchun qiymati 4 405,9 ming AQSH dollariga teng shartnoma tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.06.00 Vaqtinchalik soliq imtiyozlari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki orqali qayta moliyalashtiriladigan, 20 yil muddatga, shu jumladan 5 yil imtiyozli davr bilan, yillik 2,2 foiz stavkali, qayta moliyalashtiriladigan bankning 0,2 foiz marjasini hisobga olgan holda, beriladigan 4,18 mln AQSH dollari miqdoridagi XXR Eksimbankining qarz mablagʻlari hisobiga;
ekvivalenti 8,76 mln AQSH dollari, shu jumladan soliq va bojxona toʻlovlaridan ozod etish tarzida 2,24 mln AQSH dollari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, qarzga olingan mablagʻlardan maqsadli foydalanish va “Navoiy viloyatidagi “Kasaba” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasining samarali amalga oshirilishiga javob beruvchi buyurtmachi va ijro etuvchi organ hisoblanadi;
“Oʻzsuvloyiha” OAJ mazkur loyihaning bosh loyihachisi hisoblanadi;
asosiy qarzni uzish, kreditga xizmat koʻrsatish va moliyalashni tashkil etish bilan bogʻliq foizlar, komissiyalar va xarajatlarni toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
loyiha uch yil (2014 — 2016-yillar) davomida amalga oshiriladi.
4. Quyidagilar:
“Navoiy viloyatidagi “Kasaba” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasining texnik-iqtisodiy asosi va obyektni ishga tushirish muddati 2016-yilning IV choragiga belgilangan holda uning asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari 1-ilovaga* muvofiq;
“Navoiy viloyatidagi “Kasaba” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirishni moliyalashtirish rejasi 2-ilovaga* muvofiq;
“Navoiy viloyatidagi “Kasaba” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasi boʻyicha XXR Eksimbanki qarz mablagʻlari boʻyicha asosiy qarzni uzish, foizlar va komissiyalarni toʻlashning prognoz jadvali 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1 — 3-ilovalar berilmaydi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki “Navoiy viloyatidagi “Kasaba” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasini moliyalashtirishni tashkil etish uchun:
XXR Eksimbanki bilan individual qarz bitimini;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan XXR Eksimbanki qarz mablagʻlarini qayta moliyalashtirish boʻyicha kredit shartnomasini tuzsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan:
XXR Eksimbankiga — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining toʻlov majburiyatlari boʻyicha;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining XXR Eksimbanki kreditlari boʻyicha toʻlov majburiyatlari yuzasidan haq undirmagan holda kafolatlarni imzolash vakolati berilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining kafolatlari boʻyicha belgilangan tartibda qarz bitimida nazarda tutilgan shaklda yuridik xulosalar bersin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.06.00 Vaqtinchalik soliq imtiyozlari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.05.00.00 Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib oʻtilganda undiriladigan soliqlar va yigʻimlar / 10.05.07.00 Bojxona yigʻimlari]
8. “Navoiy viloyatidagi “Kasaba” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasi amalga oshiriladigan davrda va amalga oshirilgandan soʻng bir yillik kafolat muddati davomida:
loyihani amalga oshirish doirasida olib kelinadigan, shu jumladan “vaqtincha olib kirish” rejimida olib kelinadigan uskunalar, maxsus texnika, ehtiyot qismlar va materiallar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari);
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari — yuridik shaxslarning foyda soligʻini toʻlashdan (loyiha bajaruvchilari);
loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari — jismoniy shaxslarning daromad soligʻini toʻlashdan;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida loyihani amalga oshirish doirasida sotib olinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etilsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza]
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi loyiha hujjatlarining davlat ekspertizasini amalga oshirsin va “Navoiy viloyatidagi “Kasaba” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida qurilish-montaj ishlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi shakllantirilishida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga “Navoiy viloyatidagi “Kasaba” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasi amalga oshirilishida Oʻzbekiston Respublikasining hissasini moliyalashtirish uchun markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlarini nazarda tutsin.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining talabnomalari boʻyicha ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga konsullik va boshqa yigʻimlar undirmagan holda kirish vizalarini rasmiylashtirishni taʼminlasin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
12. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining talabnomalari boʻyicha ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirmagan holda belgilangan tartibda koʻp martalik vizalarni rasmiylashtirib berish va muddatini uzaytirish, shuningdek ularni yashash joyi boʻyicha vaqtinchalik propiska qilishni va propiska muddatini uzaytirishni taʼminlasin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining talabnomalari boʻyicha ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb qilishga belgilangan tartibda ruxsatnomalar berishni (muddatini uzaytirishni), shuningdek ularga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga tasdiqnoma berishni taʼminlasin.
14. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.