1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.06.00 Fanlar akademiyasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tuzilmasini yanada maqbullashtirish hamda respublika akademik ilm-fani va oliy taʼlimining integratsiyasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalarining tuzilmasini yanada maqbullashtirish hamda ularning faoliyati samaradorligini oshirish, oliy oʻquv yurtlarining ilmiy salohiyatini mustahkamlash va rivojlantirish, oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilar tarkibi va talabalarini ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb etishni taʼminlash, shuningdek oʻquv jarayonida ilmiy tadqiqotlar va innovatsiya ishlanmalari natijalaridan faol foydalanish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalarining tuzilmasini yanada maqbullashtirish hamda respublika oliy oʻquv yurtlarining ilmiy salohiyatini mustahkamlash boʻyicha quyidagi takliflari qabul qilinsin, unda:
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tugatilayotgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti negizida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzurida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qoʻlyozmalari markazini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tugatilayotgan Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti negizida Oʻzbekiston Milliy universiteti huzurida Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutini tugatib, mashinalar, mexanizmlar, suyuqlik va gazlar mexanikasi bloki negizida Toshkent davlat texnika universiteti huzurida Tarmoq mashinashunosligi muammolari ilmiy-tadqiqot markazini, shuningdek inshootlar seysmik mustahkamligi bloki negizida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Inshootlar seysmik mustahkamligi institutini tashkil etish nazarda tutilsin.
qadimiy sharq qoʻlyozmalari va sharq tillaridagi tarixiy hujjatlarning saqlanishini, tizimlashtirilishi va qayta tiklanishini taʼminlash, Oʻzbekistonda saqlanayotgan noyob qoʻlyozmalarning elektron bazasini tashkil etish va yuritish, yozma yodgorliklarni chuqur tizimli oʻrganishni va ularning ilmiy tavsiflarini tuzishni tashkil qilish, ilmiy sharhlangan tarjimalarini tayyorlab, mahalliy va xorijiy olimlar, mutaxassislar, oʻquvchi yoshlar keng tanishib, oʻrganishlari uchun ularni ommaviy axborot vositalarida va Internet tarmoqlarida oʻzbek tilida va xorijiy tillarda nashr etish Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qoʻlyozmalari markazining;
tabiiy va sintetik polimerlarni sintez qilish va qayta ishlashning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish va amaldagilarini takomillashtirish, nanokompozitsiyaviy polimer materiallar sohasida chuqur tadqiqotlar oʻtkazish, mahalliy polimer preparatlari hamda materiallar yaratish va iqtisodiyot tarmoqlarida joriy etish Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot markazining;
mexanika va axborot texnologiyalarining zamonaviy usullari asosida mexanizm va mashinalar nazariyasini rivojlantirish, neftgaz va kon-metallurgiya sohasida ishlab chiqarish texnologiyalarining samaradorligini oshirish, suyuqlik va gazlar mexanikasining fundamental muammolari asosida turli maqsadlardagi mashinalarning uzatmalari tizimini takomillashtirish, qishloq xoʻjaligi mashinalari va texnologik uskunalar konstruksiyalarini optimal loyihalashtirish va modellashtirish boʻyicha tadqiqotlar olib borish Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi Tarmoq mashinashunosligi muammolari ilmiy-tadqiqot markazining;
inshootlar seysmik mustahkamligini hisoblashning toʻlqinsimon jarayonlarni inobatga olgan holda samarali, amaliy usullarini ishlab chiqish, asos va poydevorlar hamda tuproq inshootlarning zilzilabardoshligini chuqur tadqiq etish va baholash, zamonaviy laboratoriya-eksperimental asbob-uskunalardan foydalangan holda modelli va tabiiy sharoitda eksperimental tadqiqotlarni amalga oshirish asosida bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash, strategik muhim va noyob obyektlarning texnik holatini baholash, ularning zilzilabardoshligi va chidamliligini taʼminlash boʻyicha konstruktiv yechimlar tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Inshootlar seysmik mustahkamligi institutining asosiy vazifalari va faoliyatining yoʻnalishlari etib belgilansin.
Quyidagilar oliy oʻquv yurtlari huzurida tashkil etilayotgan markazlarning asosiy vazifalari deb hisoblansin:
oʻtkazilayotgan ilmiy va amaliy taqdiqotlarga mazkur oliy oʻquv yurti va boshqa ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasalari oʻqituvchi va talabalarini keng jalb etish;
oʻtkazilayotgan tadqiqotlarning natijalari asosida oʻquv fanlarini oʻqitish sifati va saviyasini oshirishga yoʻnaltirilgan, mamlakatning ixtisoslashgan oliy oʻquv yurtlarining oʻquv rejalari va dasturlariga joriy etish uchun ilmiy va oʻquv-uslubiy materiallarni ishlab chiqish.
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qoʻlyozmalari markazining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq;
Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot markazining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq;
Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi Tarmoq mashinashunosligi muammolari ilmiy-tadqiqot markazining tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga* muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Inshootlar seysmik mustahkamligi institutining tashkiliy tuzilmasi 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, qayta tashkil etish natijasida tashkil qilingan yuqorida koʻrsatib oʻtilgan ilmiy muassasalar Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tugatilayotgan ilmiy muassasalarining huquqlari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadilar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining qayd etilgan ilmiy muassasalarini tugatish ishlarini muvofiqlashtirish va respublika oliy oʻquv yurtlari huzurida ilmiy-tadqiqot markazlarini tashkil etish uchun 5-ilovaga* muvofiq tarkibda ishchi guruh tashkil etilsin.
5. Ishchi guruh (R.S. Azimov) Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qoʻlyozmalari markazi, Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi Tarmoq mashinashunosligi muammolari ilmiy-tadqiqot markazi, Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot markazining ustav hujjatlari ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini hamda ularning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Fanlar akademiyasining tugatilayotgan ilmiy muassasalari xodimlarining attestatsiyadan oʻtkazilishini tashkil qilsin va tashkil etilayotgan ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Inshootlar seysmik mustahkamligi institutini malakali va tashabbuskor ilmiy xodim va mutaxassislar bilan toʻldirilishini taʼminlasin;
tashkil etilayotgan ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy tadqiqotlar mavzularini, ularning zamonaviy talablarga va jahon ilmiy yutuqlari darajasiga muvofiqligini tanqidiy tahlil qilib, qayta koʻrib chiqsin, unda ilmiy tadqiqotlarning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari vazifalarini yechishga, ularning amaliyotga yoʻnaltirilganligi va samaradorligini kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratsin.
6. Belgilansinki, mazkur qarorga muvofiq oliy oʻquv yurtlari huzurida tashkil etilayotgan Markazlar xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari qoʻllaniladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Fanlar akademiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda begʻaraz asosda, tasarruf etish huquqisiz quyidagilarning:
Toshkent shahri, Abdulla Qodiriy koʻchasi, 7-b-uyda joylashgan Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti binolarini Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining balansidan Oʻzbekiston Milliy universiteti balansiga;
Toshkent shahri, M. Ulugʻbek tumani, Mirzo Ulugʻbek koʻchasi, 81-uyda joylashgan Abu Rayhon Beruniy nomli Sharqshunoslik instituti binolarini Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining balansidan Toshkent davlat sharqshunoslik instituti balansiga topshirilishini-qabul qilib olinishini taʼminlasin.
Tugatilayotgan Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining binolari, laboratoriya korpuslari va tutash hududi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Inshootlar seysmik mustahkamligi instituti tasarrufida saqlab qolinsin.
Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi Tarmoq mashinashunosligi muammolari ilmiy-tadqiqot markazi Toshkent shahri, Doʻrmon yoʻli koʻchasi, 31-uyga;
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Mikrobiologiya instituti Toshkent shahri, Abdulla Qodiriy koʻchasi, 7-b-uyga joylashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Oʻmon Sultonligi Hukumati oʻrtasida imzolangan Bitimga muvofiq Oʻmon Sultonligi tomonidan begʻaraz ajratiladigan texnik koʻmak (grant) mablagʻlari hisobiga Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qoʻlyozmalari markazi fondining yangi kutubxona binosi qurilishi amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oʻmon Sultonligi tomonidan begʻaraz ajratiladigan texnik koʻmak (grant) mablagʻlari hisobidan xarid qilinadigan va olib kiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha bojxona toʻlovlaridan (jumladan, bojxona yigʻimlaridan), qoʻshilgan qiymat soligʻidan, davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalardan, shuningdek Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻimlar toʻlashdan ozod qilinsin.
mazkur qaror qoidalaridan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda, Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi respublika budjeti xarajatlarining tasdiqlangan roʻyxatiga tegishli oʻzgartishlar kiritsin;
ushbu qarorga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimida tashkil etilayotgan ilmiy muassasalarni moliyalashtirishning amaldagi tartibini saqlab qolsin.
11. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qoʻlyozmalari markazi faoliyatini tashkil etish va yangi kutubxona binosi qurilishini jadallashtirish boʻyicha qaror qabul qilsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 8-iyul,
PQ-2204-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PQ-2204-son qaroriga 1-ILOVA
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qoʻlyozmalari markazining
TAShKILIY TUZILMASI
Izoh.
Xodimlarning cheklangan umumiy soni — 76 nafar, shu jumladan ilmiy xodimlar — 46 nafar.
Yordamchi xodimlar soni normativlar boʻyicha belgilanadi.
Shuʼba mudiri lavozimi boʻyicha boʻlim mudiriga tenglashtiriladi.
Ilmiy-texnikaviy loyihalarni amalga oshirish uchun mutaxassislar va olimlar shartnoma asosida jalb etiladi.
LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PQ-2204-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot markazining
TAShKILIY TUZILMASI
Direktor
Ilmiy kengash
Direktorning ilm-fan va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari
Direktorning umumiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari
Ilmiy kotib
Hisob-moliya va iqtisodiyot boʻlimi
5
“Istiqbolli polimerlar sintezi” laboratoriyasi
Axborot-tahlil xizmati
1
Xoʻjalik va muhandislik-texnika xizmati
15
Kadrlar boʻyicha inspektor
1
“Nanotarkibiy kompozitsion polimer materiallar va polimerlar fizikasi” laboratoriyasi
Maxsus boʻlim
1
Kutubxona
2
“Tadqiqotlarning fizika va fizika-kimyoviy usullari”
laboratoriyasi
“Polimerlar kimyosi va fizikasining nazariy asoslari” laboratoriyasi
“Sellyuloza va uning hosilalari kimyosi va texnologiyasi” laboratoriyasi
Xodimlarning umumiy soni bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlari hajmiga qarab 97 nafargachani, shu jumladan ilmiy xodimlar 55 nafargachani tashkil etadi.
LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PQ-2204-son qaroriga 3-ILOVA
Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi Tarmoq mashinashunosligi muammolari ilmiy-tadqiqot markazining
TAShKILIY TUZILMASI
Direktor
“Mexanizm va mashinalar nazariyasi” laboratoriyasi
Marketing va mahsulotni ilgari surish boʻlimi
1
“Suyuqlik, gaz va �idrouzatish tizimlari mexanikasi” laboratoriyasi
Buxgalteriya
2
“Qishloq xoʻjaligi mashinalari va qishloq xoʻjaligi ekinlarini yigʻishtirish va qayta ishlash uskunalarini modellashtirish jarayonlari” laboratoriyasi
Kadrlar boʻyicha inspektor
1
Maxsus boʻlim
1
Maʼmuriy-xoʻjalik xizmati
2
Xodimlarning umumiy soni bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlari hajmiga qarab 48 nafargachani, shu jumladan ilmiy xodimlar 40 nafargachani tashkil etadi.
LexUZ sharhi
3-ilova norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PQ-2204-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Inshootlar seysmik mustahkamligi institutining
TAShKILIY TUZILMASI
Direktor
Ilmiy kengash
Ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari
Ilmiy kotib
Buxgalteriya
2
“Inshootlar seysmik mustahkamligini hisoblashning ilmiy asoslari va amaliy usullarini takomillashtirish” laboratoriyasi
Axborot-tahlil xizmati
2
Kadrlar boʻyicha inspektor
1
“Tuproq qatlami, asos va poydevorlarning seysmik mustahkamligi” laboratoriyasi
Axborot-resurs markazi
2
Maxsus boʻlim
1
“Konstruksiyalarni modellashtirish va inshootlar seysmik mustahkamligining texnik holatini baholash”
laboratoriyasi
“Inshootlarni seysmik mustahkamligi” jurnali
Maʼmuriy-xoʻjalik xizmati
15
“Inshootlar seysmik mustahkamligining modelli va tabiiy sharoitda eksperimental tadqiqotlarini tashkil etish” laboratoriyasi
Xodimlarning umumiy soni bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlari hajmiga qarab 67 nafargachani, shu jumladan ilmiy xodimlar 41 nafargachani tashkil etadi.
LexUZ sharhi
4-ilova norasmiy tarjima
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 32-son, 396-modda; 2017-y., 23-son, 447-modda)